O‘zbekiston Respublikasi
Yoshlar ishlari agentligi
direktorining o‘rinbosari
Toshkent sh.
2021 yil “___” - may
______-son
|
|
D.Kattaxanova
|
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirining o‘rinbosari
Toshkent sh.
2021 yil “___” - may
______-son
|
|
Yu.Absoatov
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi
raisining o‘rinbosari
Toshkent sh.
2021 yil “___” - may
______-son
|
|
Sh.Zaynitdinov
|
O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi rahbari
Toshkent sh.
2021 yil “___” - may
______-son
|
|
Sh.Abidova
|
|
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta-maxsus
taʼlim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasining 2021-yil “__” - maydagi
________/________/________/________-son
qo‘shma qaroriga
1-ilova
|
Oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik markazlarini
tashkil etish bo‘yicha Respublika ishchi guruh
TARKIBI
1.
|
D.Kattaxanova
|
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o‘rinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari
|
2.
|
Yu.Absoatov
|
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari
|
3.
|
Sh.Abidova
|
O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi direktori
|
4.
|
I.Xoldarova
|
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari
|
5.
|
B.Aralbayeva
|
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruhi kotibi
|
Izoh: Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki vazifalarni bajarish zimmasiga yuklatilgan xodimlar kiritiladi.
|
Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta-maxsus
taʼlim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
Markaziy Kengashi va O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasining 2021-yil “__” - maydagi
________/________/________/________-son
qo‘shma qaroriga
2-ilova
|
Oliy ta’lim muassasalarida Volontyorlik markazlarini
tashkil etish to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1.1 O‘zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 18-yanvardagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Volontyorlik markazlari ijtimoiy tarbiya, fuqarolikni
va vatanparvarlikni shakllantirish, professor - o‘qituvchilar va talabalarning mehnati hamda ijtimoiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yosh fuqarolarning kasbiy, shaxsiy va boshqarish ko‘nikmalari rivojlanishiga imkon yaratish,
shuningdek, yoshlarning mehnat va ijtimoiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun oliy ta’lim muassasalarida Volontyorlik markazi (keyingi o‘rinlarda matnda - Markaz deb yuritiladi) tashkil etiladi.
1.2 Ushbu Markazlarda har 2 oyda kamida bir marotaba turli soha mutaxassislar o‘qituvchi sifatida ishlab, yangi volontyorlarning malakasini oshirishadi. Volontyorlik markazi a’zolari erkin ishlashi uchun oliy ta’lim muassasalari rahbariyati tomonidan barcha sharoitlar yaratib beriladi.
1.3 Ushbu Markazni yuqori saviyada tashkil qilish uchun
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus taʼlim vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda O‘zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi mas’ul tashkilotlar hisoblanadi.
II. Markazning asosiy maqsad va vazifalari
2.1 “Volontyorlik markaz”larini ochishning asosiy maqsadi - yosh talabalarni markazlarda ixtiyoriy ishlashga jalb qilish, buning natijasida yoshlar ma’lum ish qobiliyatlarini o‘rganish, shuningdek, kasbiy malakasini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
2.2 Markaz quyidagi yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini olib boradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |