Ўзбекистон республикаси халқ


O`quv dasturiga uqtirish xati



Download 254,5 Kb.
bet8/75
Sana11.01.2017
Hajmi254,5 Kb.
#151
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75
O`quv dasturiga uqtirish xati
Umumiy o‘rta maktablarning boshlang‘ich sinflarida «Meh­­­nat ta’limi» o‘quv fani asosan o‘quvchilarda kundalik turmush­da uchraydigan yumush­larni bajara olish ko‘nikma va malakalarini yanada rivojlan­tirishda, yangi ish tajribalari bilan boyitishda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar dars jarayonida o‘zlashtirgan turli mehnat ko‘nik­malari va usullaridan keyinchalik o‘z hayotiy tajribalarida foydala­nish­­lari mumkin. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarni milliy- badiiy mehnat meroslarini o‘z­lash­tirishlari ham­da umumin­soniy qadriyatlar bilan yaqindan tani­shishlari uchun imkon yaratadi.

Mehnat ta’limi darslari jara­yonida o‘quvchilar xilma-xil mahsulotlar tayyorlash va mate­riallarga oddiy ishlov berish kabi sodda ish usullarini o‘zlash­tiradilar. Bu ishni nazariy va amaliy jihatdan o‘rgatish uchun o‘quv­chi­larning mehnat ko‘nik­ma­lari shakillantiriladi. Ijodiy bilish qobi­liyatlarini yanada shakllanti­rish va takomillashtirish niyatida ularga turli materiallar hamda asbob-uskunalar to‘g‘risi­da tu­shun­cha­lar beriladi. O‘quvchilarning mehnat va uning kishi hayotida tutgan o‘rnini aniqroq tushuntirish maqsadida har bir darsdan asosiy maqsad va uni amalga oshirish uchun qanday bilim, ko‘nikma va malakalar kerak bo‘lishini o‘rganib boradilar.

O‘quvchilarni o‘z Ona-Vatan­i­ni yanada yaxshiroq bilishlari, hozirga qadar bizgacha yetib kelgan qadimiy me’morchi­lik yodgorliklari va shu kabi milliy qadriyatlarimiz namunalarini ko‘z qorachig‘iday asrashga o‘z hissalarini qo‘shish, ajdodlarimiz mehnati mahsuliga hurmat bilan qarash va shu orqali ularda vatanparvarlik hislarini uyg‘otish asosiy omillardan biri­dir.

Maktabda mehnat ta’limidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar quyi­dagi vazifalarni amalga oshi­rishni nazarda tutadi:

-boshlang‘ich sinf o‘quvchi­larida dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajribalarini hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada kengay­tirish, ularni kishilar mehnati va umummehnat jarayoniga nisba­tan ijobiy munosabatda bo‘lishga tayyor­lash;

- o‘ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, mehnatning o‘ziga xos madani­yati va uning nazariy asoslarini egallash, o‘z ishini va o‘rtoqla­rining ishlarini rejalash­tirish hamda tashkil eta bilishni o‘rgatish;

- o‘quvchilarni mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida aqlli, odobli, yaxshi axloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismonan sog‘lom qilib tarbiya­lashni amalga oshirish.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchila­ri­ni dastlabki mehnat jarayoniga yo‘llashda, ularning yosh xususi­yatlari, o‘zlarida shu vaqtgacha to‘plangan oddiy texnik bilimlari doirasi, mehnat ko‘nikmalarini hisobga olgan holda unchalik murakkab bo‘lma­gan yumushlarni bajar­tirish maqsadga muvofiqdir.

Boshlang‘ich sinf o‘quv­chilarining yosh xususi­yatlari, imkoniyat darajalari hamda qiziqishlaridan kelib chiqqan holda dastlab ular oddiy o‘quv qo‘llanmalarini (masalan, o‘qish, ona tili, matematika, tasviriy san’at darslari uchun), turli kichik modellar va hara­katlanadigan yoki harakatlan­maydigan o‘yin­choq­larni tayyor­lash­ni o‘rgana­dilar. Yumshoq o‘yin­choq­larni andaza­larga aso­san bichish-tikishni, tayyor qism­lar­dan turli o‘yin­choq­lar, trans­port vositalari va shu kabilarning modelini yig‘ishni o‘rganadilar. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishning asosi bilan ham yaqindan tanishib boradilar.

O‘tiladigan mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarni mehnat ta’limiga qiziqtirish o‘z navbatida mazkur o‘quv fanining samarali bo‘lishidagi muhim omillardan biridir.

Mehnat ta’limi mashg‘ulotlari o‘ziga xos ish bajarish usullari va o‘quv topshiriqlari hamda ularni bajarish texnologiyalarining xilma-xilligi bilan o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otishi hamda samarali va ijodiy ishlar qilishlari uchun ilhom manbai bo‘lishi lozim.

Ushbu o`quv dasturlari umumiy o`rta ta`lim maktablarida Davlat ta`lim standarti asosida mehnat ta`limi fanini o`qitishning mazmun-mohiyatini, maqsad va vazifalarini belgilaydi.

Mehnat ta`limi fanini o`qitishning maqsadi – o`quvchilarni aqliy va jismoniy mehnat turlari, jarayonlari hamda kasblar bilan tanishtirish, ularda dastlabki mehnat ko`nikma, malakalarini, mehnatga qiziqish, mehnatsevarlikni shakllantirish, ularni mehnat va kasblarni qadrlashga, ahamiyatini tushunishga o`rgatish hamda kasb tanlashga tayyorgarliklarini amalga oshirishdan iborat.

Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta`limiy – tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo`ladi:





Download 254,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti