O‘zbekiston Respublikasi Xalq tа’limi vаzirligi



Download 284.98 Kb.
bet5/5
Sana11.01.2017
Hajmi284.98 Kb.
1   2   3   4   5

Amaliy mashg`ulot: Yog’ochdan “Lagan” , “Lavh”, “Panno” , “Quticha” yasash. Quticha (shkatulka), to`qmoq bolg`a (turlari), kubok, mebel eshigi uchun ushlagich (ruchka), xatkash.

Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash.

Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida, sanoat va qurilishda moddiy ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Tex­nologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (materiallarni kesish, qirqish, biriktirish, payvandlash va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlari. Mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.

Amaliy mustaqil ishlar: Sanoat miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.

Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.

Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.
Servis xizmati yo`nalishi

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (150 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Hunarmandlarning bozor munosabatlari asosidagi faoliyatlari, uyushmalari va uning istiqbollari. Xalq hunarmandchiligi bo`yicha ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish tartib qoidalari. Milliy liboslar tikish uchun ishlatiladigan gazlama turlari haqida umumiy malumot. Buxoro ip yigiruv va gazlama ishlab chiqaruvchi fabrikasining ish faoliyati. Milliy liboslardan “Peshanaband” uchun murakkab kompostiyali naqsh tanlash va kartonga tushirish, qirqishni o`rgatish. Milliy liboslar tarixi, modelini tuzish haqida umumiy tushuncha. Gazlamaga naqshni joylashtirish va tikish. O ‘zbekcha (kaketkali) ko ‘ylakni tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. O ‘lchov olish, 1:4 masshtabda chizma chizish. Modellash, ahdoza tayyorlash. Zarur gazlama miqdorini hisoblash, ko ‘ylakni bichish. Ko`ylak koketiga ixtiyoriy naqsh elementlarini tanlash. Kartonga tushirish, qirqish va gazlamaga o`rnatish. Milliy liboslardan “Lozim” tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. O ‘lchov olish, chizma chizish, andoza tayyorlash, zarur gazlama miqdorini hisoblash. Milliy liboslardan “Lozim” ni bichish. Lozimning pastki (pocha) qismiga naqsh elementlarini tanlash. Lozimning pastki (pocha) qismiga naqsh elementlarini zar iplarda tikish. Tofta va pulakchalar bilan naqshlarga bezak berish. Lozimga oxirgi ishlov berish. Tеxnika qavfsizligi va sanitariya-gigiyеna qoidalari. Naqshinkor chok to`qish. Kruchokda salfеtka to`qish. Salfеtka to`qish. Pinеtka to`qish (sxеma chizish) Ilon chok to`qish. Rеglan yеngli jеnfеr to`qish uchun sxеma chizish. Rеglan asosini to`qish. Rеglan jеnfеr asosini to`qish. Rеglan jеnfеr yеngini to`qish. Sabzavotlar to`qish. Salfеtkalar to`qish. Do`ppi to`qish. Milliy liboslardan “Peshanaband” gullini qubba shakli bilan bezash. “Peshanaband”ga oxirgi ishlov berish. Zardo`zi doppi tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Do`ppi uchun gazlama, naqsh, zar iplar tanlash. Naqshni kartonga tushirish, qirqish. Do`ppining tepa qismiga zar ipda gul tikish. Do`ppining kizak qismiga zar ipda gul tikish. Gullarni tofta va pulakchalar bilan naqshlarga bezak berish. Do`ppiga oxirgi ishlov berish. Ishni yakunlash. Miliy kiyimlardan “Nimcha” tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Zaruriy xomashyo va materiallar. Nimcha uchun andoza tayyorlash va uni bichish.

Amaliy mashg`ulot: To`qishning murakkab usullari. Bolalar panchosini to`qish. Bayram sovg`asi uchun suvenir tayyorlash. Bluzka tikish. Naqshni kartonga tushirish, qirqish va o`rnatish. Gazlamalardan foydalanish qoidalari va unga beriladigan ishlov turlari bilan tanishtirish. O ‘zbekcha (kaketkali) ko ‘ylakni modellash, ahdoza tayyorlash. Ko ‘ylakni bichish va tikish. Ko`ylak koketiga ixtiyoriy naqsh elementlarini tanlash. Kartonga tushirish, qirqish va gazlamaga o`rnatish. Milliy liboslardan “Lozim” ni bichish. Lozimning pastki (pocha) qismiga naqsh elementlarini zar iplarda tikish. Tofta va pulakchalar bilan naqshlarga bezak berish. Lozimga oxirgi ishlov berish. Tеxnika qavfsizligi va sanitariya-gigiyеna qoidalari. Naqshinkor chok to`qish. Kruchokda salfеtka to`qish. Salfеtka to`qish. Pinеtka to`qish (sxеma chizish) Ilon chok to`qish. Rеglan yеngli jеnfеr to`qish uchun sxеma chizish. Rеglan asosini to`qish. Rеglan jеnfеr asosini to`qish. Rеglan jеnfеr yеngini to`qish. Sabzavotlar to`qish. Salfеtkalar to`qish. Do`ppi to`qish. Milliy liboslardan “Peshanaband” gullini qubba shakli bilan bezash. Zardo`zi doppi uchun naqshni kartonga tushirish, qirqish. Do`ppining tepa qismiga zar ipda gul tikish. Do`ppining kizak qismiga zar ipda gul tikish. Gullarni tofta va pulakchalar bilan naqshlarga bezak berish. Milliy kiyimlardan “Nimcha” tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Zaruriy xomashyo va materiallar. Nimcha uchun andoza tayyorlash va uni bichish.

Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlashdagi ish usullarini egallash. Bolalar panchosini to`qish. Bluzka tikish. Milliy liboslardan zardo`zi usulida ko`ylak, lozim, nimcha, peshanaband tikish. Do`ppi to`qish. Pinеtka to`qish. Rеglan yеngli jеnfеr to`qish.

Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: O`zbe­kistondagi ishlab chiqarish turlari. O`zbekiston xalq xo`jaligida yengil va oziq-ovqat sanoatining ishlab chiqarish asoslari va uning tarkibi, o`zaro munosabati, bir-biriga bog`liqligi. Tex­nologik jarayon haqida asosiy tushuncha. Yangi texnika va ilg`or texnologiya, uning ifodalanilishi. Mehnat predmetiga mexanik ta`sir etish (gazlamalarning olinishi, ularni bichish-tikish, pardozlash, mahsulotlarga birinchi va IKKINCHI ishlov berish, yarim fabrikatlar va h.k.) orqali amalga oshiriladigan texnologik jarayonlar. Ishlab chiqarishda amalga oshiriladigan kimyoviy va fizik-texnologik jarayonlar. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish omillari va istiqboli. Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish yo`na­lishlari, tartibi va standartlari. Mulk­chilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi.

Amaliy mustaqil ishlar: yengil va oziq-ovqat sanoatlar miqyosida ko`p seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiya etish mumkin bo`lgan mahsulot namunasini (maketi, modeli) tayyorlash, unda qo`llanilgan xomashyo, ijodiy g`oya va dizayn yechimlarini asoslash.

Kasb tanlashga yo`llash (4 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgili tizim, odam-badiiy obraz) ta`rifi. Kasb-hunar egallashda inson salomatligiga qo`yilgan talablar. O`zbekistonda uzluksiz ta`lim tizimi. Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining yo`nalishi, ularning bir-biridan farqi, umumiy tomonlari. O`quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo`naltirish tizimi.

Amaliy mustaqil ishlar: Kasblarni tasniflash bo`yicha topshiriqlar bajarish. Tanlangan kasb-hunar turini egallashda inson salomatliga qo`yilgan talablar haqida referat tayyorlash.


9-sinf
Texnologiya va dizayn” yo`nalishi
Хаlq hunаrmаndchiligi teхnоlоgiyasi ( 136 sоаt)

Yog`och o`ymakorlik san`ati

Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. Yog’och o ‘ymakorligining boshqa fanlar bilan aloqasi. Yog’ochdan “Lagan” yasash. Laganga mos ravishda naqsh kompozitsiyasi chizish va tushirish. Lagan naqshlarini o ‘yish. Laganni jilvirlash. Laganni loklash. Laganni pardozlash. Me`moriy obidalar, muzeylar, zamonaviy inshootlar va xalq ustalari ijodxonalariga sayohat. Kompyuter texnologiyasi yordamida ustalar ijodidan slaydlar tashkil qilish. Yog’ochdan “Lavh” yasash. Lavh uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Lavh naqshlarini o ‘yish. Lavhni jilvirlash va loklash. Lavhni pardozlash. Toshkent o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Samarqand o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan “Panno” yasash. Panno uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Panno naqshlarini o ‘yish. Pannoni jilvirlashva loklash. Pannoni pardozlash. Qo ‘qon o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Xiva o ‘ymakorlik maktabi va uning namoyondalari. Yog’ochdan 6 qirrali “Quticha” yasash. Quticha uchun kompozitsiya chizish va buyumga tushirish. Quticha naqshlarini o ‘yish. Qutichani jilvirlash valoklash. Qutichani pardozlash.

Amaliy mashg`ulot: kichik hajmda belanchak, shaxmat doskasi va donalarini yasash. Yog’ochdan “Lagan”, “Lavh”, “Panno”, ollti qirrali “Quticha” yasash.

Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Yog`och va metallga ishlov berish texnologiyasi yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish. Detallarni vintlar, mixparchinlar, payvandlash, yelimlash usuli bilan qo`zg`almas, yarim harakatchan va qo`zg`aluvchan biriktirish texnologiyasi asosida mahsulot namunasini tayyorlash.

Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy mashqlar bajarish. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.

Servis xizmati yo`nalishi

Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi (136 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Xalq hunarmandlari tomonidan eksport va ichki bozor uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar. Xalq hunarmandchiligida foydalanilayotgan nodir materiallar, asbob-uskunalar. Hunarmandchilik mahsulotlarini tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligi ta`minlanishiga ko`ra baholash. Kompozitsion yaxlitlik. Xalq hunarmandchiligiga oid tanlangan bitta kasb-hunar turini tavsiflash. O`zbekiston ramzlari. O`zbekiston ramzlarini tikish texnologiyasi. O`zbekiston bayrog`ni pulakchado`iziy usulida tikish. O`zbekiston gerbini guldo`ziy, pulakdo`ziy va zamindo`ziy choklarida zar ip bilan tikish. Ayollar peshmatini tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Ayollar peshmatini uchun andoza olish, bichish va tikish. Ayollar peshmatini bezash ishlari. Ayollar peshmatiga oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Bolalar choponini tikish texnologiyasi haqida ma`lumot. Bolalar choponi uchun andoza olish, bichish va tikish. Naqsh kompozitsiyasi va gullar tanlash, kartonga tushirish, qirqish, o`rnatish. Bolalar choponini zar ipda tikish (old va orqa qismi). Bolalar choponining eng gullarini tikish. Bolalar choponini bezash ishlari. Bolalar choponini oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Bolalar oyoq kiyimi (tapochka) tikish texnologiyasi. Andoza tayyorlash, bichish, tikish, bezak ishlari, ishni yakunlash. Tеxnika qavfsizligi va sanitariya-gigiyеna qoidalari. “Arnamеnt” to`qish uchun sxеma chizish. “Arnamеnt” to`qish. Yostiqcha to`qish chok tanlash. Yostiqcha asosini to`qish. Yostiqchani bitkazish. Xo`l mеvalar makеtini (nok, olma, anor, bеhi, uzum va b.q.) to`qish. Naqshinkor chok to`qish. Qizlar uchun haykal to`qish. Ko`ylak to`qish. Yumshoq o`yinchoqlar to`qish (andoza tayyorlash). Yumshoq o`yinchoqlar to`qish.

Аmаliy mаshg‘ulоt: turli mavzuga oid panolar tayyorlash, kalta shim (kapri), zamonaviy modelda ko`ylak tikish. O`zbekiston bayrog`ni pulakchado`iziy usulida tikish. O`zbekiston gerbini guldo`ziy, pulakdo`ziy va zamindo`ziy choklarida zar ip bilan tikish. Ayollar peshmatini uchun andoza olish, bichish va tikish. Ayollar peshmatini bezash ishlari. Ayollar peshmatiga oxirgi ishlov berish, ho ‘llash, dazmollash, xavfsizlik texnikasi qoidalari. Bolalar choponi uchun andoza olish, bichish va tikish. Naqsh kompozitsiyasi va gullar tanlash, kartonga tushirish, qirqish, o`rnatish. Bolalar choponini zar ipda tikish (old va orqa qismi). Bolalar choponining eng gullarini tikish. Bolalar choponini bezash ishlari. Bolalar oyoq kiyimi (tapochka) bichish, tikish, bezak ishlari. Tеxnika qavfsizligi va sanitariya-gigiyеna qoidalari. “Arnamеnt” to`qish uchun sxеma chizish. “Arnamеnt” to`qish. Yostiqcha to`qish chok tanlash. Yostiqcha asosini to`qish. Yostiqchani bitkazish. Xo`l mеvalar makеtini (nok, olma, anor, bеhi, uzum va b.q.) to`qish. Naqshinkor chok to`qish. Qizlar uchun haykal to`qish. Ko`ylak to`qish. Yumshoq o`yinchoqlar to`qish (andoza tayyorlash). Yumshoq o`yinchoqlar to`qish.

Amaliy mustaqil ishlar: Xalq hunarmandchiligining tanlangan yo`nalishi bo`yicha zamonaviy dizayn talablari bilan uyg`unlashtirilgan mahsulot tayyorlash bo`yicha ish usullarini egallash. Loyihalash bosqichida mahsulot tashqi shakli uzviyligi va yaxlitligini ta`minlash.

Ishlab chiqarish asoslari (16 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: Zamonaviy ishlab chiqarishning bozor munosabati bilan uzviyligi. Gazlamaga ishlov berish texnologiyasi va pazandachilik asoslari yo`nalishlarida ishlab chiqarish va uning mohiyati. Ishlab chiqarishni tayyorlashga oid texnologik hujjatlar ro`yxati va ularning mazmuni. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi va uning davlat standartlari. Mahsulot ishlab chiqarishni nazorat qilish, o`lchash va taqqoslash texnologiyasi. Olinadigan daromad va uni taqsimlash qoidalari. Ishlab chiqarish korxonasida mehnatni unumli tashkil etish, tejamkorlik va ishbilarmonlik asoslari. Mehnatni ilmiy tashkil etish. Tabiatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish.

Amaliy mustaqil ishlar: Maktab atrofidagi ishlab chiqarish korxonalarida qo`llanilayotgan ishlab chiqarish texnologiyalari, ularda shakllangan tejamkorlik tizimi, mehnat unumdorligini hisoblash va oshirish yo`llarini o`rganish.

Kasb tanlashga yo`llash (8 soat)

Shakllantiriladigan bilimlar: kasb tanlashga doir reja tuzish. Kasb tanlashdagi xatolar va qiyinchiliklar. Kasbni to`g`ri tanlashning mohiyati va istiqboli. Kasb tanlashda shaxs kasbiy qiziqish, moyillik va qobiliyatlarini e`tiborga olish. Kasb tanlashdagi onglilik va mustaqillik. Kasblarning murakkablik omillarini tahlil qilish. Kasbga yaroqlilikni belgilash va kasbga moyillikni tarbiyalash usullari.

Amaliy mustaqil ishlar: Kasbga doir shaxsiy reja tuzish. Tanlangan kasb-hunarga doir ma`lumotlar to`plash va tahlil qilish. Kasbiy qiziqish va moyilliklarni aniqlash bo`yicha amaliy ishlar. Kasb egallash va ishga joylashishga doir shaxsiy rejani referat shaklida tayyorlash hamda himoya qilish.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa