T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism 1. Salomlashish. 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash.
Q o’ng’iroq chalinadi va sinfga qo’ng’iroq kiyimida o’quvchi kirib keladi.
Qo’ng’iroq:Ichimga sig’may quvonch,
Maktabga shoshdim yana.
Yangi o’quv yilini
Intizor kutdim qancha….
O’qituvchi:Quchib o’g’il-qizlarni,
Dos’tlar bilan ovungin,
Yoz ham o’tdi,birpasda,
Bolalarni sog’inding.
Shu o’rinda qo’ng’iroq sinfdagi davomat haqida axborot beradi.
Q o’ng’iroq:O’qing,bilim oshiring,
Maktab tomon shoshiling.
Fanlar bizda xilma-xil,
Bilimingiz oshar yilma-yil.
O’quvchilar:Salom,jonajon maktab,
Bag’ringga keldik quvnab.
Chalinganda qo’ng’iroq,
Sho’xliklar ketdi yiroq.
Madhiya kuylanadi
O’qituvchi:Yurtda shodiyona.Mamlakatimiz bayramlar og’ushida.Har sohada bunyodkorlik.Quvonchlar qo’sha-qo’sha.Kecha orzu qilganimiz shirin xayollar bugun haqiqatga aylandi.Boshimizga baxt qushi qo’ngan yorug’ kun-xalqimizning dil muddaosi,eng ulug’,eng aziz oliy ne’mat-Mustaqillik kuni barchangizga muborak bo’lsin!
Qo’ng’iroq:Mustaqillik-o’zlikni,o’zni anglash degani,
Mustaqillik-o’z qalbing hissin tinglash degani.
Mustaqillik degani nurli dunyo degani,
Mehr-la shu dunyoga sochgil ziyo degani.
II.O’tilgan mavzuni so’rash
O’qituvchi:Qo’ng’iroqjon,bugungi ilk sabog’imiz bilan Vatanni sevmoq,uni ardoqlamoq,unga munosib farzand bo’lib ulg’aymoq orzusi,bolajonlarning jajji yurakchalaridan chuqur joy oladi degan umiddaman.
O’qituvchi:Bolajonlar bayramlar nimasi bilan fayzli?
O’quvchilar:Sovg’alari bilan
O’qituvchi:Ha har bir bayramda tabriknoma va sovg’alar tayyorlanadi.Bugungi darsimizda ham men barchangizga sovg’a tayyorladim.
Qo’ng’iroq sovg’alarni ulashadi
“Tilak ” mashqi o‘tkaziladi.
Bunda o‘quvchilar aylanma shaklda turib, yonidagi sherigiga “Men sizga chin yurakdan (baxt,taxt,omad, xush kayfiyat) tilayman”, deydi. Sinfdagi barcha o‘quvchilar o‘z sheriklariga tilaklarini bildiradi.
“Soat mashqi”
Bunda o‘quvchilar bir-ikki-uchga sanalib, ikkilar bir qadam oldinga,uchlar bir qadam orqaga chiqadi.Sinf uch guruhga ajratib olinadi. Ular o‘qituvchi belgilagan muddatda qo‘llarini bir – biriga urgunga qadar sheriklariga Vatan,O‘zbekiston davlati,davlat ramzlari haqida ma’lumot beradilar. Demak, hosil qilingan aylana bo‘ylab mashg’ulot davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |