3. Mayl qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) ijro maylidagi fe’l buyruq mayli o‘rnida keladi: Qani, ketdik, bolalar.
2) ijro mayli shart mayli o‘rnida keladi: Kelaman dedingmi, kelish kerak.
4. Nisbat qo‘shimchalari sinonimiyasi:
1) birgalik nisbati qo‘shimchasi ko‘plik qo‘shimchasiga sinonimdir: Ular kelishdi – Ular keldilar.
2) nisbat qo‘shimchalari ichida o‘zaro sinonimlikni hosil qiladiganlari ham bor: -l, il,-n, -in, -sh, -ish; -t, -tir, -dir, -ir, -giz; -kiz, -kaz, -qiz, -qaz.
5. Fe’l yasovchi qo‘shimchalar sinonimiyasi:
1) ba’zi yasama fe’llar iboralarga sinonim bo‘ladi: gulladi – gulga kirdi.
2) qo‘shimcha yordamida yasalgan fe’llar qo‘shma fe’llarga sinonim bo‘ladi: himoyaladi – himoya qildi.
3) fe’l yasovchilar o‘zaro sinonim bo‘ladi: sizlamoq – sizsiramoq, suvsamoq- suvsiramoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |