Sintaktik uslubiyat
Gap bo’laklarining uslubiy xususiyatlari
1) sifatlovchi aniqlovchilar ot bilan ifodalansa, majoziy ma’no ifodalaydigan bo‘lib qoladi: Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo‘ynida uxlab yotadi. (Uyg‘un)
2) sifatlovchi aniqlovchilar turli so‘z turkumlaridan tuzilib, sifatlash vazifasini bajargan ibora va so‘z birikmalari bilan ifodalanadi: Osmon o‘par tog‘lar, bag‘ri keng inson, cheki yo‘q qirlar, fikri tiniq insonlar.
3) sifatlovchi-aniqlovchi takroriy so‘zlar bilan ifodalanganda ma’no kuchayishi yuz beradi: Baland-baland binolar tez uchray boshladi.
4) izohlovchi ham uslubiy vazifa bajaradi. Ma’lumki, izohlovchi laqab, qarindoshlik, o‘xshatish kabi ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi. Bunda ma’lum shaxsga nisbatan munosabat seziladi, ya’ni uslubiy ma’no yuzaga keladi: Mamajon quruq, Ali tajang, Soli sovuq va h. O‘xshashlik ma’nosidagi izohlovchi jumlaga ko‘tarinkilik(pafos) xususiyatini kiritadi: ona-Vatan, gulchalar-qizchalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |