Eshitish.Eshitish qobiliyatining eng yuqori darajasi 14-15 yoshlarga to’gri
keladi,undan keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Ko’pgina
138
olimlarning fikricha,inson yoshining ulg’ayishi bilan eshitishning zaiflashuvi
mo’tadil xolat xisoblanib, organizimning biologik kirishi bilan uzviy bog’liq
ravishda kechadi. Ishlab chiqarishdagi kuchli shovqin odamning eshitish
qobilyatini yomonlashtiradi.Eshitish o’quvini yo’qotish erkaklarda ayollarga
qaraganda ko’p uchraydi.
Tam bilish sezgisida xam yosh ulg’ayishi va keksalik tufayli ayrim
o’zgarishlar vujidga keladi. Masalan, nordon, shirin va achchiqni sezish 50
yoshgacha keskin o’zgarmasada, lekin undan keyingi o’sish davrida maza
surg’ichlari miqdorining kamayishi eveziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir
bo’ladi.
Xid sezgilarining o’zgarishiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida
karaxlikning boshlanishidir. Bundan tashqari, xid bilish sezgirligi kamayishining
sabablari xavoning ifloslanishi, zaharli va qo’lansa hidli moddalar bilan nafas
olish, chekish, oziq-ovqatda A vitamini yetishmasligidir.
Keksayganda og’riq teri-tuyish sezgilari ham pasayadi. Tebranish sezgirligi
ham yosh o’tgan sari yomonlashadi, orqa miyaning orqa qismlaridagi deganativ
o’zgarish anashu holatni keltirib chiqaradi.
Keksayish davriga 61 (56)-74 yoshli erkak va ayollar kiradilar. Bu davrdagi
kishilar xilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh
avrlardagidan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkita katta
guruhga ajratish mumkin: a)mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo’lmagan
erkak va ayollar; b) nafaqaxo’r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu
jabhalarida faoliyat ko’rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar.
Ularning his-tuyg’ulari yashahs muvofiq nomoyon bo’ladi. Ularning his-tuyg’ulari
vujudga kelishi jihatidan ikki xildir: 1) barqaror kayfiyat, xotirjamlik tuyg’usiga
ega bo’lgan o’z qadr-qimmatini saqlayotgan, nufuz talab erkak va ayollar; b)
kayfiyati barqaror, osoyishta xulq-atvorli oila muhitining sardoriga aylangan.
Tabiat va jamiyat go’zalliklaridan barhamand bo’layotgan, ijtimoiy faoliyatdan
qariyb uzoqlashgan, qarilik gashtini surayotgan kishilar. Ularning bir guruhi
moddiy boylikni ma’naviyat bilanqo’shib olib borishga intilsalar, boshqalari
139
to’plangan moddiy boylik bilan qanoat hosil qiluvchilar, qolgan umrining
xotirjam, zaxmat chekmay o’tkazishga axtu-paymon qilgan erkak va ayollardan
iboratdir. Mazkur yoshda yuzaga keladigan inqiroz ham mana shu ikkala
omillarning mahsuli hisoblanadi.
Keksayish davrida biologik organning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham
o’zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo
bo’ladi. Erkak va ayollar o’rtasidagi farqlar borgan sari yaqqol ko’zga tashlana
boshlaydi. Bu farqlar bilish jarayonlari 9sezgi, idrok, xotira, tafakkur), axloqqacha
(farosatlilik, xushyorlik, xozirjavoblik, topqirlik) va aql-zakovat (aql, bilim,
ijtimoiy tajriba, mahorat, ijodiy faoliyat, barqaror, malaka) kabi ruhiy holatlarda
o’z aksini topadi. Ayollarning zaifa deb nomlanishi ham bejiz emas, chunki
jismoniy zaiflikdan tashqari boshqa ruhiy kechinmalarda ham beqarorlik sezilib
turadi (ko’z yoshi quvonchdan bo’lsa-irodaning zaifligini ko’rsatadi, g’am-g’ussa,
o’kunish, tug’yon sababli bo’lsa his-tuyg’uni boshqarish imkoniyati yo’qligini
ko’rsatadi). Ayollarning tabiiy azobdan (tug’ish, bola tarbiyasi) tashqari xizmat,
oila tashvishi, yumushi, mehr-muhabbatga otashligi, nozik qalbi tashqi
qo’zg’atuvchilarga tez javob beruvchanligi jihatdan ertaroq qarishga olib keladi
(asab siztemasining buzilishi, irodaviy zo’riqish, aqliy tanglik holatlari).
Psixologlar keksayish davridagi erkak va ayolarning ruhiy dunyosini
o’rganish bo’yicha tadqiqot ishlari olib borganlar. Amerikalik V.Shevruk mazkur
yoshdagi odamlarning ijtimoiy faoliyatida qatnashishi xususiyatini tekshirib, 65
yoshlilarning 24,1 foizi, 70 yoshlilarning 17,4 foizi, 75 yoshlilarning 7,7 foizi
ijtimoiy faoliyatdan voz kechganligini aniqlagan. Oliy maktab muallimlarining
ilmiy maxsuldorligi dinamikasini tadqiq qilgan M.D.Aleksandrova matematika,
fizika, biologiya, psixologiya va boshqa sohalarning vakillari o’rtasida
keksayishning birinchi bosqichida (61-66 yoshlarda) bir oz farq mavjud bo’lsada,
unung ikkinchim bosqichida (67-72 yoshlarda) o’sha tafovut ham yo’qolib
borishini ta’kidlaydi. L.I.Zaxarova esa keksayish davridagi erkak va ayollarning
oliy nerv faoliyatini tekshirib, ularda ranglarni ko’rish maydoninig chegarasi
uchun quyidagilar muhim rol o’ynashini uqtiradi: 1)ko’rish yo’llari analizatori
140
chekka qismnlarining holati; 2)markaziy nerv sistemasining umumiy faolligi;
3)insonning yoshi; 4)ko’rish analizatorining faoliyat ko’rsatish sharoiti;
5)insonning jinsi.
Amerikalik psixolog D.Veksler keksayishda aqlni o’lchash uchun 1939 yilda
maxsus test ishlab chiqqan va “Katta kishilar aqlini o’lchash va baholash” nomli
kitobida test o’tkazish usuliyatini batafsil bayon qilgan.
Keksalik ijtimoiy muammo sifatida. Ijtimoiy nazariyalarga “erkinlik” hamda
“o’yindan chiqish” nazariyalari misol bo’la oladi. Jamiyatdan uzoqlashuv,
motivatsiyaning o’zgarishi, kommunikativlikning pasayishi, o’z ichki dunyosiga
o’ralshib qolish kabilarda kuzatiladi. Jamiyatdan uzoqlashish ilgarigi ijtimoiy
rollarning yo’qotilishi, sog’liqning yomonlashuvi, topish-tutishning kamayishi,
yaqin kishilarning yo’qotilishi yoki uzoqlashishida namoyon bo’ladi. Sub’yektiv
ravishda bu kerak emaslik tuyg’usi, qiziqishlar doirasining pasayishi, uning o’ziga
qaratilishida namoyon bo’ladi. Bu jarayon insonning nafaqaga chiqishi bilan
boshlanadi, lekin qari inson ishxonada nimalar bo’layotgani bilan qiziqib turadi,
lekin bu sekin-asta sun’iy xarakterga ega bo’la boradi, sekinlik bilan bu ham
to’xtaydi. Insonga keladigan ma’lumotlar kamayib boradi, qiziqishlar doirasi
torayadi, faolligi pasayadi, qarish jarayoni tezlashadi
2
.
Keksayishning kompleks nazariyalari. Kompleks nazariyalar keksayishning
biron jihatiga urg’u beradigan nazariyalarga qarshi chiqadi. Keksayish ko’p qirrali
jarayon bo’lib, u o’zaro biologik, ijtimoiy va psixologik jarayonlar bilan
bog’liqdir. Har bir insonga o’ziga xos keksayish yo’li xos. Dj.Terner, D.Xelms uch
o’zaro bog’liq jarayonni ajratib ko’rsatadilar:
Psixologik keksayish-individ o’zi keksayish jarayonini qanday tasavvur qiladi
va his qiladi, boshqalarning keksayishi bilan o’zini taqqoslab keksayish jarayoniga
qanday munosabatda bo’ladi.
______________
2
Краснова О.В. Социальная психология старения как основная составлуающая социальной геронтологии.//
Мир психологии. 1999. №2. С.96-106
141
Biologik keksayish-yosh o’tishi bilan organizmda o’zgarishlarning sodir
bo’lishi;
Ijtimoiy keksayish-individ keksayishni jamiyat bilan, ijtimoiy rollarni bajarish
bilan qanday bog’laydi.
Qarilikning yosh chegaralarini turli olimlar turlicha tavsiflashadi, lekin
ko’pchilik 60-65 yoshni qarilikning boshlanishi sifatida e’tirof etishadi. Misol
sifatida bir necha olimlarning qarishlarini keltiramiz:
Chexiyalik professor B.Prijigoda: 60-75-qarilik, 75-100 yosh keksalik.
Dj.Birren: 50-75 yosh so’ngi yetuklik, 75-yoshdan keyin qarilik.
D.B. Bromley qarilikning 3 bosqichini ko’rsatib o’tadi: 65-70-yosh sevimli
ishdan uzoqlashish; 70 yoshdan keyin keksalik; 110 yoshgacha-munkilaganlik,
qarib kasalga chalinish va o’lim.
Rossiya gerontologiyasi asoschilaridan biri I.V.Davidovskiy keksalik
boshlanishining aniq sanasi mavjud emas, degan fikrni bildirgan. Boshqa mashhur
gerontolog N.F.Shaxmatovaning ta’kidlashicha, keksayish muammolariga biologik
nuqtai nazardan yondashib, psixik keksayishni markaziy nerv sistemasining oliy
bo’limlarida yoshga iod destruktiv o’zgarishlar natijasi sifatida qaraydi. Keksayish
yoshga oid muqarar jarayon bo’lishiga qarab har kimda har xil individual kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |