Mustaqil o`qish uchun adabiyotlar:
Azizxo`jaеva N.N. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat. -T.: TDPU, 2003.
Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари.- Т.: “Ўқитувчи” 2004.
Толипов Ў., Усмонбоева М.. Педагогик технология: назария ва амалиёт. –Т.: «Фан» 2005.
Фарберман В.Л. Илғор педагогик технологиялар.- Т.: «Фан», 1999.
Н.С.Сайидахмедов. Педагогик маҳорат ва педагогик технология. –Т.ЎзМУ қошидаги ОПИ.- 2003
3-ilova
4-ilova
Interfaol metodlarning ta`lim samaradorligini oshirishdagi ahamiyati.
Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish ijtimoiy zarurat bo’lib qolgan hozirgi kunda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishda ijobiy natijalar bermoqda. Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi jarayonida har bir pedagogik texnologiyaning o’ziga xos jihatlari mavjudligi namoyon bo’lmoqda.
Masalan, didaktik o’yinli texnologiyalardan ijodiy o’yinlar metodi, o’quvchilarni ijodiy izlanishi, mantiqiy fikrlashishni rivojlantiradi va bilim olishga bo’lgan ehtiyojini qondiradi, konferensiya darslari talabalarni bilish faoliyatini kuchaytirishga, ilmiy dunyoqarashni kengaytirishga, ilmiy adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini orttirishga yordam bersa, muammoli ta’lim texnologiyasi o’quvchilarning faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilish va aqliy faoliyatini rivojlantirishga yordam beradi.
Dars jarayonida mazkur interfaol usullarning qo’llanilishi mashg`ulotlarga jo’shqinlik baxsh etish bilan birga talabaning bahs- munozara san’atini o’zlashtirishga, o’z fikrini boshqa kishiga bemalol erkin tarzda ayta olishga hohlagan ekstremal holatdan chiqish yo’lini topish, fikr almashish, argumentatsiya, o’z raqiblarini o’zining fikri to’g`ri ekanligiga ishontira olish qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, talabalarning diqqat e’tiborini mustaqil bilim olishga va o’z-o’zini tarbiyalash masalalariga jalb qiladi. Ularda bilimdonlik, xushmuomalalik, notiqlik, vaqtga rioya qilish, boshqalar fikrini hurmat qilish kabi fazilatlarni shakllantiradi. O’quvchilar darsda o’z fikrlarini tortinmay, baralla aytishga o’rganishadi. O’quvchilarda mustaqil fikrlash qobiliyati va analitik mushohada qilish ko’nikmalari rivojlantiriladi.
Qo’llanilayotgan texnologiyalar o’quvchilarning nazariy bilimlarni ixtiyoriy o’zlashtirishlariga, o’z ustida tinimsiz ishlashga, nazariy ma’lumotlarning mohiyatini to’g`ri anglay olish, materiallarni tanqidiy o’rganish, talabalarda tadqiqot ko’nikmalarini shakllanishi kabilarga olib keladi.
5-ilova
“Qarorlar shajarasi”
“6x6x6”
Do'stlaringiz bilan baham: |