ADABIYOTLAR
I. O`zbеkiston Rеspublikasi Qonunlari, Prеzidеnt asarlari hamda mе'yoriy hujjatlar
-
O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi.-T.: «O`zbеkiston», 2000.
-
O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» gi Qonuni.- T.: 1997. 29-avgust.
-
O`zbеkiston Rеspublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» - T.: 1997. 29-avgust.
-
Karimov I.A. Erishilgan yutuqlarni, yangi marralar sari izchil harakat qilishimiz lozim. «Xalq so`zi» gazеtasi. 2006 yil 10 fеvral.
-
Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni dеmokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modеrnizatsiya va isloh etishdir.-T., «O`zbеkiston», 2005.
-
Karimov I.A. O`z kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan qurmoqdamiz. –T.: «O`zbеkiston» 1999.
-
Karimov I.A. O`zbеkistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li. -T.: «O`zbеkiston» 1992.
-
Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. - T.: «O`zbеkiston», 2000 y.
-
Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asrga intilmoqda.-T.: «O`zbеkiston» 1999.
-
I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: “Ma’naviyat”, 2008.
-
I.A.Karimov. Eng asosiy me’zon – hayot haqiqatn aks ettirish.- T.: “O’zbekiston”, 2009
-
И.А.Каримов. “Юксак билимли ва интеллектуал ривожланган авлодни тарбиялаш- мамлакатни барқарор тараққий эттириш ва модернизация қилишнинг муҳим шарти” мавзусидаги халқаро конференциянинг очилиш маросимидаги нутқи. Халқ сўзи, 2012 йил, 18 февраль.
-
И.А.Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остоноасида. Т., “Ўзбекистон”, 2012, 384 б
-
И.А.Каримовнинг “Ўзбекистон мустақиликка эришиш остонасида” китобини ўрганиш бўйича ўқув-услубий қўлланма.-Т., “Ўқитувчи”, 2012, 176 б
-
И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Ўзбекистоннни ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор йўналишларига бағишланган Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги “2012 йил ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади” мавзусидаги маърузасини ўрганиш бўйича ўқув қўлланма. –Т., “Ўқитувчи”, 2012 й
II. Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalar
-
.R. A.Mavlonova M.Arabova ,G` Saloxiddinova “Pedagogik texnologiya” T-2008. Fan.
-
J Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари.- Т.: “Ўкитувчи” 2004.
-
Сайидахмедов. Янги педагогик технологиялар.- Т.: «Молия» 2003.
-
Толипов Ў., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг тадбиқий асослари. – Т.: 2005.
-
Мадиярова С.А., Омонов Ҳ.Т., Ходжаев Н.Х., Эшхонов Е.У. Педагогик технологиялар ва педагогик маҳорат. Т.: “Igtisod-moliya”, 2009, -240 бет.
-
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Дарслик. Н.Т.Омонов, Н.Х.Хожаев, С.А.Мадиярова, Е.И.Эшкулов. Т.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009, 240 бет.
III. Qo`simcha adabiyotlar
-
Azizxo`jaеva N.N. Pеdagogik tеxnologiya va pеdagogik mahorat. -T.: TDPU, 2003.
-
Волжский А. Методика воспитательной работи с молодежью. – М. 2003.
-
Зиёмуҳаммадов Б., Абдуллаева Ш. Илгор педагогик технология: назария ва амалиёт. «Маънавият асослари» дарси асосида ишланган услубий қўлланма - Т.: 2001.
-
Замонавий таълим технологиялари: мазмуни, лойиxалаштириш ва амалга ошириш. Экспресс қyлланма. -Т. 2001. ТАСИС лойиhаси.
-
Ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar asosida dars o`tish yo`llari. O`quv uslubiy ishlanmalar to`plami. -T.: TDIU. 2005.
-
X.Ibragimov.Sh.Abdullayeva.Pedagogika nazariyasi. T., “Fan”, 2008 y
-
Ишмуҳамммедов Р. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йўллари. – Т.: ТДПУ, 2005.
-
Ишмуҳамедов Р.Ж. Болаларни тарбиялаш ва соғломлаштириш ишларида педагогик технологиялар (ўзбек ва рус тилларида). – Т.: УДАП,2004.
-
Калдибекова А.С., Ходжаев Б.Х. Ўқувчиларнинг билиш фаоллигини ошириш йўллари – Т.: ТДПУ, 2006.
-
Котов В. Воспитательная работа в школе: опиoт и проблемoи. – СПб: Сев.сияние 2003.
-
Колеченко А. К. Энциклопедия педагогических технологий – СПб.: КАРО, 2005
-
Новый педагогические и информационные технологии в системе образования. М. «Академия», 2002
-
Основы педагогического мастерства. Под.ред. И.А.Зязюна. – М.:, 1987.
-
Очилов М. Янги педагогик технологиялар. Q. “Насаф” 2000.
-
Педагогик ва ахборот технологиялари: ютуклар ва истиqболлари. -Т.: O`зПФИТА. 2003.
-
Педагогика В.А.Сластенин, И.Ф.Исаев, А.И.Михенко, Е.Н.Шиянов. Москва. «Школьная пресса». 2004
-
Педагогические технологии / Под. ред. Кукушина В. С. – М.: 2006.
-
Подласый И. П. Педагогика В 2 кн. – М.: ВЛАДОС, 2003.
-
Решетников П. Е. Нетрадиционная технологическая система подготовки учителей: рождения мастера. -М.: «Владос». 2000.
-
Pеdаgogikа. M.H.Tohtаhodjаеvа, S.Nishanova, J.Hasanboev v.b. (M.H.Tohtаhodjаеvаning umumiy tаhriri ostidа.). –T.: O’zbеkiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010.-400 b.
-
Pеdаgogikа (Pedagogika nazariyasi va tarixi). Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. J.Hasanboev v.b, O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: Noshir, 2011.- 456 b.
-
Xoliqov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2011.- 425 b.
-
Селевко Г. Педагогические технологии на основе дидактического и методического усовершенствования УВП – М.: 2005.
-
Селевко Г. Педагогические технологии авторских школ – М.: 2005.
-
Тожиев М., Салахутдинов Р., Баракаев М., Абдалова С. Таълим жараёнида замонавий ахборот технологиялари.-Т.: ТДИУ,2001.
-
Толипов Ў., Усмонбоева М.. Педагогик технология: назария ва амалиёт. –Т.: «Фан» 2005.
-
Фарберман Б. Л. Передовие педагогические технологии. -Т. «Фан», 2000.
-
Фарберман Б. Л. Раздаточные материалы методического семинара по передовым педагогическим технологиям. Т. 13-14-15 июня 2005.
-
Hуркова Н. Е. Педагогическая технология. М. “Педагогическое обшество России”. 2002
IV. Intеrnеt saytlar
-
www.bilim.uz.
-
http.philosophy.albertina.ru.
-
www.history.ru.
-
www.gov.uz - Хукумат сайти
-
www.edu.uz - Вазирлик сайти
-
www.ziyo.edu.uz - Вазирлик сайти
-
www.performance.edu.uz - Вазирлик сайти
-
www.tseu.fan.uz - ТДИУ сайти
-
www.tseu.uz - ТДИУ сайти
-
http://www.edustorng.ru/main/book/pedagogtechno.htm
-
http://dl.nw.ru/theories/technologies
V. Virtual kutubxona elеktron darsliklari va o`quv qo`llanmalari.
-
Очилова Г. Педагогика. электрон дарслик.- Т.: ТДИУ, 2005.
-
Хайитов О. Психодиагностика ва амалий психология” электрон дарслик. -Т.: 2005.
12. TAYANCH KONSPEKT
1-MAVZU:
1-MAVZU: KIRISH. «TA’LIM TO`G`RISIDA»GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI»NI AMALGA OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR.
Reja:
-
O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar.
-
Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi va yangi ta`lim modeli.
-
“Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari
2-Mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH-IJTIMOIY ZARURAT. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.
REJA:
1. Pedagogik texnologiya-ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi.
2. Ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari.
3. Pedagogik texnologiya fanining maqsad va vazifalari.
4. Pedagogik texnologiya taraqqiyoti tarixi.
5. Ta`lim va tarbiya texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
Texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya tarixi, ta`lim texnologiyasi,tarbiya texnologiyasi, pedagogik texnologiya darajalari.
Nazorat uchun savollar
1. Pedagogik texnologiya mohiyati nimada?
2. Pedagogik texnologiya fanini maqsad va vazifalari?
3. Texnologiyani bugungi kundagi muammolari qanday ?
3- MAVZU: TA’LIM JARAYONIGA TEXNOLOGIK YONDOSHUV TAMOYILLARI, TURLARI VA ISHLAB CHIQISH BOSQICHLARI
Rеja:
1.Ta'lim-tarbiyaga an'anaviy yondashuv.
2.Ta'lim-tarbiyaga tizimli yondashuv va pеdagogik tizim.
3.Ta'lim –tarbiyaga tеxnologik va tadqiqiy-ijodiy yondashuv.
4. Pеdagogik tеxnologiyaning tamoyillari
5. Ta'lim jarayoni maqsadini bеlgilash tеxnologiyasi
Tayanch tushunchalar: an'anaviy yondashuv, tizimli yondashuv va pеdagogik tizim, ta'lim –tarbiyaga tеxnologik yondashuv, tadqiqiy-ijodiy yondashuv, rеproduktiv, produktiv.
Talabalarning o`z-o`zini tеkshirish uchun savol va topshiriqlar
1.Pеdagogika fanining bugungi kundagi yuksalishining asosiy sabablari nimalardan iborat?
2.Pеdagogika fanining maqsadi va vazifalari shakllanishiga nima asos bo`lmoqda?
3.O`quv tarbiya jarayonini tashkil еtishga qanday yondashuvlar mavjud?
4.An'anaviy yondashuv qanday yondashuv va uning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?
5.Tizimli yondashuv dеganda nimani tushunasiz?
6.Pеdagogik fanlar tizimiga qaysilar kiradi?
7.Tеxnologik yondashuv haqida tushuncha bеring?
8.Tadqiqiy-ijodiy yondashuvning asosiy maqsadi nimalardan iborat?
4-Mavzu: ТA’LIMNI TASHKIL ETISHGA INNOVATSION YONDASHUV. O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATI
REJA:
-
Ta`lim jarayonida shaxs. o’quvchi shaxsining ta`lim jarayonidagi o’rni, faoliyati.
-
Innovatsiya haqida tushuncha
-
Pedagogning innovatsion faoliyati
-
Darslarda interfaol innavatsion usullardan foydalanish
Mavzu bo’yicha tayanch so’zlar:
SHaxs rivoji, biologik omil, sotsial omil, ta`lim-tarbiya, jismoniy, aqliy, ma`naviy kamol topish, sog’lom avlod, biologik, psixologik asoslar.
5 -MAVZU: ZAMONAVIY TA`LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYASI MASOFALI O`QITISH TEXNOLOGIYASI
Reja:
-
Axborot texnologiyasining maqsad va vazifalari.
-
YAngi axborot texnologiyalarining tiplari.
-
O’qituvchining komp’yuterli yangi pedagogik texnologiyalari.
-
Masofali ta`lim haqida tushuncha. Masofali o’qitish tizimida o’qituvchining o’rni.
-
Internet: masofalai ta`limning asosiy bo’g’ini. Masofali ta`lim tizimiga yondoshuv va ayrim muammolar.
Tayanch iboralar:
Axborot texnologiya, Zamonaviy axborot texnologiyasi, yangi axborot texnologiyasi, o’qitishning yangi axborot texnologiyasi, o’qituvchining axborot madaniyati, telekommunikatsiya vositalari, hisoblash texnikasi vositalari, axborot texnologiyasining noan`anaviy manbalari, komp’yuterli texnologiyalar, universal tipdagi axborot texnologiyalar. Masofadan o’qitish, masofadan o’qitishning turlari, masofadan o’qitishning afzalliklari, masofadan o’qitishning kamchiliklari, elektron qo’llanma, WEB – sayt sahifasi, elektron qo’llanmaning imkoniyatlari.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Axborot texnologiyasini maqsadi nima?
2.O’qitishning yanggi axborot texnologiyasining (UYAAT) vazifasi nimalardan iborat?
3.YAngi axborot texnologiyasining (YAAT)asosiy manbalari nima?
4.Hozirgi zamon o’qituvchisining axborot texnologiyasi deganda nimani tushunasiz?
5.YAngi axborot texnologiyalarini (YAAT) tiplarga ajrating?
6.Universal tipdagi axborot texnologiyalarini sanang?
7.Kasbiy axborot deganda nimani tushunasiz?
8.Axborotni qanday uzatiladi?
9.O’qituvchining axborot madaniyati nima?
10.O’quvchiniki-chi?
11. Masofali ta`lim nima?
12. Masofali o’qitishning o’ziga xos xususiyatlarini ayting.
13. Masofali ta`limdan foydalanishning qanday shartlari bor?
6-mavzu: TEST TEXNOLOGIYASI
REJA:
1.Test texnologiyasining vujudga kelishi.
2.Test tarixi.
3.Test topshiriqlari va ularning bankini yaratish.
4.Testga qo’yiladigan didaktik talablar.
5.Test rejasini ishlash.
7-Mavzu: TA`LIMNING INTERAKTIV METODLARI
REJA:
-
Interaktiv metod haqida tushuncha
-
Interaktiv metodning usullari
-
Interfaol ta`limning ilmiy asoslari
4. Interfaol texnologiya usullari
8-mavzu: HAMKORLIK PEDAGOGIKASI TEXNOLOGIYASI
Reja:
-
Didaktikada hamkorlik o’qitish g’oyasining kelib chiqishi.
-
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining afzalliklari va istiqbollari.
-
Hamkorlikda o’qitish texnologiyalari.
-
Guruhli o’qitish metodikasi.
Tayanch iboralar:
Hamkorlikda o’qitish, komandada o’qitish, kichik guruhlarda o’qitish, hamkorlik shakllari, taqlid harakatlari, madad harakatlari, o’zini-o’zi boshqarish, interaktiv harakatlar.
9 - MAVZU: BOSHLANG`ICH TA’LIMDA O`YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
REJA:
1. O`yinli tеxnologiyalar.
2. O`yinli tеxnologiyalarni funksiyalari.
3. O`yin strukturasi.
4. Pеdagogik o`yinlar tasnifi.
5.Pеdagogik o`yinlarni amalga oshirishning asosiy yo`nalishlari.
Didaktik o’yin tehnologiyalaridan foydalanish.
2. “Tarmoqlar” yoki “Klaster” usuli
3. Ekskursiya darsi integratsiyasi
Tayanch tushunchalar
O`yinli tеxnologiyalar, o`yin funktsiyalari, nazariy aspеkt, o`yin tuzilmasi, pеdagogik o`yin, tadbirkorlik o`yinlari, sotsial-psixologik muammolar.
10-Mavzu: BOSHLANG`ICH TA’LIMDA MUAMMOLI O`QITISH TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Reja:
-
Muammoli ta`limning nazariy asoslari.
-
Muammoli ta`limning maqsad va vazifalari.
-
Muammoli ta`lim texnologiyasi vositalari.
-
Muammoli dars strukturasi.
Tayanch iboralar:
Muammoli ta`lim, rivojlanuvchi ta`lim, muammoli ta`lim maqsadi, vazifalari, vositalari, muammoli ta`lim darajalari, muammoli dars strukturasi.
Nazorat savollari:
-
Muammoli ta`lim nima?
-
Muammoli ta`lim nazariyasi asoschilari kimlar?
-
Muammoli o’qitishning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
-
Qaysi vositalar yordamida muammolita`lim yo’lga qo’yiladi?
-
An`anaviy va muammoli ta`lim dars strukturasini izohlab bering?
11-MAVZU: TARBIYA TEXNOLOGIYALARI, BOSHLANG`ICH TA’LIM FANLARIDAN SLAYDLAR VA ELEKTRON DARSLIKLAR YARATISH
Rеja
-
Tarbiyaviy tеxnologiyalar.
-
Tarbiyaviy tеxnologiyalar turlari.
-
Tarbiyaviy tеxnologiyalarga o`qitish.
Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, tarbiya tеxnologiyalari, tabaqalashtirilgan yondoshuv, jamoaviylik.
Adabiyotlar:
-
Karimov. “Barkamol avlod – O`zbеkiston taraqiyotining poydеvori”. T.,1997.
-
Yo`ldoshеv.J.G`.Yangi pеdagogik tеxnologiya yo`nalishlari, muammolari, yеchimlari. “Xalq ta'limi”, 1999, №4. B.4-11.
-
Saidaxmеdov N. «Yangi pеdagogik tеxnologiyalar moxiyati”. “Xalq ta'limi” jurnali. 1999,1-son
-
Farbеrman. B.L. Ilg`or pеdagogik tеxnologiyalar. T.,2001
-
Ochilov M.Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. “Nasaf” nashriyoti. 1999.
-
Sayidaxmеdov. N. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. T.,”Moliya”, 2003. 171 b.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ
TA’LIMI VAZIRLIGI
NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA KAFEDRASI
“BOSHLANG’ICH TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALAR”
Fanidan
MA’RUZA MATNI
Navoiy – 2011
Pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mo’ljallangan mazkur ma’ruza matnida boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining asoslari, Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, ta’lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning Yangi metod va formalariga quyiladigan zamonaviy talablar, O`zbekiston Respublikasida ta’limning rivojlanishi va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi, ta’lim jarayonida o`quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi, o`qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko`nikma hosil qilish. Innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyati, boshlang`ich ta’limda zamonaviy redagogik texnologiyalarga ilmiy- nazariy yondoshuv, turli didaktikachi pedagoglarning pedagogik texnologiyalari haqida ma’lumot, pedagogik texnologiyalarning YuNESKO e’tirof etgan tavsifi, pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari, klassifikatsiyasi va ilmiy asoslari, o`qitishning axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, o`qitishning takomillashib borish texnologiyasi, o`yinli texnologiyalar, modul texnologiyasi, interaktiv texnologiyalar, bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi xususida so’z yuritiladi.
Ma’ruza matni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti “Umumiy pedagogika” kafedrasida ishlab chiqilgan dastur talablariga muvofiq yaratildi.
Tuzuvchi muallif: Axatova Durdona Aktamovna
OLIY TA’LIMNING
140000 -“O’qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani”ta’lim sohasi
5141600 – Boshlang’ich ta’lim va sport − tarbiyaviy ish bakalavriat yo’nalishi 4 kurs talabalari uchun
(Ma’ruzalar matni NavDPI Pedagogika kafedrasining 2009 yil 28- avgustdagi №1 yig’ilishida muhokama qilingan )
KIRISH
Ilm-fan, texnika ishlab chiqarish hamda texnologiya sohalarida erishilayotgan yutuqlar uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasalari uchun yangi avlod darsliklarini yaratishni taqozo etmoqda. Bu kabi o’quv manbalarining yaratilishiga qo’yilayotgan talablardan eng muhimi – ularning mazmunida mavjud ilmiy bilimlar o’z ifodasini topibgina qolmay, shu bilan birga O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida olib borilayotgan davlat siyosatining mohiyati ham ochib berish sanaladi.
Pedagogika oliy o’quv yurtlari uchun mo’ljallangan ma’ruza matni amaldagi o’quv dasturida ilgari surilgan talablarga muvofiq yaratildi. Ma’ruza matnining maqsadi – boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining nazariy-metodologik asoslarini ochib berish, bo’lajak pedagoglar tomonidan ularning chuqur o’zlashtirilishiga erishish, talabalarda pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli tashkil eta olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat.
Ma’ruza matnining tarkibiy tuzilmasidan o’rin olgan mavzular o’z mazmuni va yo’nalishiga ko’ra zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida umumiy ma’lumot, zamonaviy pedagogik texnologiya tushunchasi, o`quv jarayoni, ta’lim muassasalarida o`quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga quyiladigan zamonaviy talablar, innovatsion faoliyat tizimi va pedagogning innovatsion faoliyati, boshlang`ich ta’limda zamonaviy redagogik texnologiyalarga ilmiy- nazariy yondoshuv, turli didaktikachi pedagoglarning pedagogik texnologiyalari haqida ma’lumot, pedagogik texnologiyalarning YUNESKO e’tirof etgan tavsifi, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya: o`kuvchi shaxsiga yo`naltirilgan texnologiya, muammoli o`kitish, dasturli o`qitish, o`qitishning axborot texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, o`kitishning takomillashib borish texnologiyasi, o`yinli texnologiyalar, modul texnologiyasi, interaktiv texnologiyalar, bilimlarni nazorat qilish texnologiyasi kabilardan foydalanish barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Matnni yaratishda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” kabi me’yoriy hujjatlarda ilgari surilagan fikrlarga tayanildi.
Fanni o`qitish semestrlari va uslubiy ko`rsatmalar.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fani bakalavriat bosqichida 4 kurs 7-8- semestrda o`qitiladi va yakuniy nazorat bilan yakunlanadi.
Dastur mazmuniga kirmay qolgan ayrim mavzular mustaqil ish sifatida o`rganiladi. Asosiy va qo`shimcha adabiyotlardan foydalanib mavzular taxlil qilib beriladi.
Umumiy va o`quv ishlari bo`yicha soatlar hajmi.
Kunduzgi o`quv bo`limida umumiy o`quv soati xajmi 58 - soat bo`lib, ulardan 22 soat ma’ruza, 36 soati amaliy mashg`ulot darslaridir.
1-MAVZU: KIRISH. «TA’LIM TO`G`RISIDA»GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI VA «KADRLAR TAYYORLASH MILLIY DASTURI»NI AMALGA OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR.
Reja:
-
O’zbekistonda ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar.
-
Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi va yangi ta`lim modeli.
-
“Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari” fanining maqsad va vazifalari
Mamlakatimiz rahbari I. A. Karimov ta`kidlaganidek: «mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim-tarbiya, ilm-fan, kasb-hunar o’rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zaruriyat sezila boshlandi»1. Yurtimizning kelajagi, uning ertangi taqdiri, ozod va obod jamiyat qurilishiga erishishimiz ham ma`lum ma`noda shu islohatlarning natijasiga boglik edi. «Chunki ta`lim-tarbiya- ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta`lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad- ozod va obod jamiyat barpo etib bo’lmaydi»2 degan yurtboshimizning fikrlaridan ta`lim-tarbiya islohati, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga erishish mamlakatimiz taraqqiyotini ta`minlovchi asosiy omillardan biri ekanligini bilib olishimiz mumkin.
Ta`lim-tarbiya tizimini, jumladan, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilishning muhim omillari Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko’rsatib berildi va ular quyidagilardan iborat:
-
respublikaning demokratik huquqiy va adolatli fuqarolik jamiyati qurish yo’lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
-
mamlakat iqtisodiyotida tub o’zgarishlarning amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyotining kengayayotganligi;
-
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta`lim ustuvorligi qaror topganligi;
-
milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftixor tuyg’usining shakllanayotganligi, boy milliy madaniy-tarixiy an`analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat;
-
O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi, respublikaning jahondagi mavqei va obru-e`tiborining mustahkamlanib borayotganligi3
Ta`lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan tub islohatlarning asosiy yo’nalishlari:
-
ta`lim tizimini, mazmunini isloh qilish;
-
ta`lim-tarbiya boshqaruvini isloh qilish;
-
ta`limning bozor iqtisodiyotiga asoslangan mexanizmini yaratish;
-
ota-ona, o’qituvchi. O’quvchining ta`lim jarayoniga bo’lgan yangicha qarashlarini shakllantirish;
-
va bu islohatlarning bosh harakatlantiruvchi kuchi yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
Yangi ta`lim modeli. Ta`lim islohatlarini amalga oshirish va ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun ta`limning yangi modeli yaratildi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uning tarkibiy qismlari ko’rsatib berildi va ular quyidagilardan iboratdir:
shaxs- kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub`ekti va ob`ekti, ta`lim sohasidagi xizmatlarning iste`molchisi va ularni amalga oshiruvchi;
davlat va jamiyat - ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta`lim- malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta`limning barcha turlarini, davlat ta`lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan- yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi;
ishlab chiqarish- kadrlarga bo’lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy texnika jihatidan ta`minlash jarayonining qatnashchisi4.
Ta`lim sohasidagi «portlash effekti» nazariyasi. «Ta`lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ta`lim-tarbiya sohasidagi islohatlar va ta`limning yangi modeli amalga oshib borsa, mamlakatimizda juda katta o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkinligini yurtboshimiz quyidagicha ko’rsatib beradi:
«Ishonchim komil: agar bu islohotni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshira olsak, tez orada biz hayotimizda ijobiy ma`nodagi «portlash effekti» ga, ya`ni uning samarasiga erishamiz»
Bu samara natijasida esa quyidagilar yuz berishi nazarda tutiladi:
Birinchidan, ta`lim qonuni va Milliy dasturimizda nazarda tutilgan vazifalar to’liq amalga oshgan taqdirda ular ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamalakatimizda mavjud muhit butunlay o’zgaradi.
Ikkinchidan, ta`limning yangi modeli ishga tushgach, insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi.
Uchinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib keladi.
To’rtinchidan, ta`limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro’yobga chiqarishda katta ahamiyat kasb etadi, har bir inson o’zining qobiliyat, iste`dodini ishga sola oladi.
Beshinchidan, fuqarolik jamiyati qurilishi ta`minlanadi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng tarannum etishga erishiladi5.
Prezidentimiz I.A. Karimov ta`kidlagan «portlash effekti»ga etib borish yo’lida uchraydigan qiyinchiliklarni engib o’tib borish va ularni hal etish masalalari faqat o’qituvchi- pedagoglarninggina vazifasi bo’lib qolmasdan, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Har bir fuqaro tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishishi, yangi pedagogik vosita, usul va texnologiyalar bilan ta`minlanishi hozirgi kun talabidir.
Milliy dasturni amalga oshirish bosqichlarida pedagogik texnologiya muammolari. Ta`lim tizimi va o’quv-tarbiya ishlari sohasiga turli o’zgarish, yangilik va pedagogik texnologiyalarni jalb qilish muammolari «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni ro’yobga chiqarish bosqichlarida o’ziga xos tarzda ko’rsatib berilgan. Mazkur dasturni ro’yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001 yillar) da - «o’quv-uslubiy majmualarning hamda ta`lim jarayonini didaktik va axborot ta`minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish», ikkinchi bosqich (2001- 2005 yillar)da - «ta`lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlashni davom ettirish, o’quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash, uzluksiz ta`lim tizimini axborotlashtirishni amalga oshirish», uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) da «ta`lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustaxkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslu-biy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan tulik ta`minlash» vazifalari belgilab qo’yilgan. (Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.)
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fani pedagogika institutlarining boshlang`ich ta’lim fakultetning o`quv rejasiga kiritilgan bo`lib, mutaxassislik o`quv predmeti sifatida o`qitish ko`zda tutilgan.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fani yuzasidan tuzilgan mazkur dastur bo`yicha ishlashdan maqsad bo`lg`usi boshlang`ich ta’lim o`qituvchilariga, yordamchi maktab o`qituvchilariga pedagogik texnologiya fani yuzasidan nazariy bilim berish talabalarning pedagogik texnologiya fani bo`yicha savodxonligini oshirishdan iboratdir.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning asoslarini, asosiy operatsiyalarini, kategoriyalarini puxta o`zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarning boshlang`ich ta’lim, defektologiya fakulьtetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo`llanmalar materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fanidan olib boriladigan darslar jarayonida talabalarning pedagogik texnologiya muammolarini taxlil qilish, kategoriyalarini puxta egallashlariga, mustaqil va ijodiy ishlash qobilyatlarini mumkin qadar rivojlantirishga, ilmiy izlanish, tadqiqot ishlari, malakalarini shakllantirishga ham e’tibor berish ko`zda tutilgan.
Shuningdek, ta’lim tizimini kadrlar tayyorlashni yangi vazifalarini mavjud o`qitish usullarini pedagogik texnologiya asosida qayta tashkil etish, auditoriyada, sinfda, darsda va darsdan tashqarida o`quv-tarbiyaviy ishlarni bajarishga kirishganda pedagogik jarayonning natijasini kafolatlash ham maqsad qilib olingan.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiya fanini chuqur o`rganish uchun pedagogika, pedagogik mahorat, psixologiya fanlaridan xabardor bo`lish talab etiladi.
Boshlang`ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyani puxta o`rgatish maqsadida o`qituvchining dars jarayonida slaydlar, prorektor, diaprorektorlar kabi zamonaviy texnologik vositalardan moxirona foydalanish maqsadga mufoqdir.
Texnik vositalar talabalarga o`qitilayotgan fanning mohiyatini chuqur anglashga imkon beradi, mashg`ulotning qiziqarliroq bo`lishiga, o`tilgan mavzuni eslab qolishga, vaqtni tejab qolishga imkon beradi.
2-Mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYATNI TEXNOLOGIYALASHTIRISH-IJTIMOIY ZARURAT. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING ILMIY ASOSLARI.
REJA:
1. Pedagogik texnologiya-ta`lim taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi.
2. Ta`limni rivojlantirishning yangi bosqichida pedagogik texnologiya mohiyati va muammolari.
3. Pedagogik texnologiya fanining maqsad va vazifalari.
4. Pedagogik texnologiya taraqqiyoti tarixi.
5. Ta`lim va tarbiya texnologiyasi.
Tayanch iboralar:
Texnologiya, pedagogik texnologiya, pedagogik texnologiya tarixi, ta`lim texnologiyasi,tarbiya texnologiyasi, pedagogik texnologiya darajalari.
O’zbekistonda ta`lim – tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta`lim ustivorligi»dir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan bu modelni amalga oshirish bilan hayotimiz jabhalarida ro’y beradigan «portlash effekti» natijalari ro’yi-rost ko’rsatib berildi, ya`ni:
- ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta`sir qiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muhit butunlay o’zgaradi.;
- insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi;
- jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi;
- jamiyatimizning potentsial kuchlarini ro’yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi;
- fuqarolik jamiyati qurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyodan munosib o’rin olishga, o’zbek nomini yanada keng yoyib tarannum etishga erishiladi
«Portlash effekti» sari shijoat bilan qadam tashlash, yo’llarda uchraydigan qiyinchiliklarni bosqichma-bosqich va izchil hal etish masalalari nafaqat pedagog nazariyachi va amaliyotchilarni junbushga keltiradi, balki jamiyatimizni to’liq pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chiqaradi. Demak, jamiyatimizning har bir fuqarosini tarbiya asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson qilib voyaga etkazish jarayonini yangi pedagogik «qurol» va vositalar bilan ta`minlash davr taqazosidir.
Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta`lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, o’qituvchi faoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi.
Ma`lumotlilik asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoritar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan, sabrbardoshli, qanoatli, o’zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllan-tirishni ko’zda tutgan insonparvarlik hisoblanadi. Bu masalaning echimi qaysi darajada ta`limni texnologiyalashtirish bilan bog’liq?
Dastlab «texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so’z tenikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872 yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – «texnos» (techne) – san`at, hunar va «logos» (logos) – fan so’zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma`nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallarni (operatsiyalarni) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon – bu mehnat qurollari bilan mehnat ob`ektlari (xom ashyo)ga bosqichma-bosqich ta`sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina)-ning faoliyatidir. Ana shu ta`rifni tadqiqot mavzusiga ko’chirish mumkin, ya`ni: PT – bu o’qituvchi (tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan sharoitda ta`sir ko’rsatishi va aks ta`sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir.
Yuqorida keltirilgan ta`rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta`riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma`lumot texnologiyasi» va hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma`noni anglatmaydi, chunki u ma`lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir.
PT esa ma`lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o’qituvchi – moddiy muhit – o’quvchi (talaba)» funktsional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalar-ni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k.
PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta`minlay-di. Yohud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta`limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’indisidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan metodikadan farqlanib turadi.
Shu bilan birgalikda ma`lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta`minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e`tirof etiladi.
Ob`ektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta`siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. SHuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan .
PTni fan sifatida e`tirof etish G.K.Selevko tomonidan ham ma`qullandi: «Pedagogik texnologiya o’qitishning birmuncha oqilona yo’llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta`limda qo’llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o’qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir» . Olimning ta`kidlashicha «pedagogik texnologiya» tushunchasi ta`lim amaliyotida uch ierarxik darajada ishlatiladi:
1) Umumpedagogik (umumdedaktik) daraja; umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma`lum mintaqada, o’quv yurtida, ma`lum o’qitish bosqichida yaxlit ta`lim jarayonini tavsiflaydi.
2) Xususiy metodik (predmetli) daraja: xususiy predmetli PT «xususiy metodika» ma`nosida qo’llaniladi, ya`ni ta`lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig’indisi sifatida bir predmet, sinf, o’qituvchi doirasida qo’llaniladi (fanlarni o’qitish metodikasi, o’qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi).
3) Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o’zida o’quv-tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar echimini o’zida mujassamlashtiradi (alohida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, alohida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, Yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa).
I.Ya.Lernerning fikricha, PT – «o’quvchilar harakatlarida aks etgan o’qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va Aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqazo etadi» .
Yuqorida keltirilgan ta`riflardan ko’rinib turibdiki, PT belgilangan boshlang’ich maqsad va mazmun asosida o’quv jarayonini loyihalash sifatida talqin etilayapti. Bu bir jihatdan to’g’ri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko’zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda o’quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo’lib akademik V.P.Bespal’ko payqadi va o’zining yirik asarida «PT – bu o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir» deb ta`rifladi .
Bu ta`rif mazmunidan muhim ilmiy printsiplarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin:
- PT o’quvchi (talaba)larda ma`lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi;
- loyihalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o’qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi;
- yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi.
PT tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta`riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada echilganligini ko’rsatsa, ikkinchi tomondan, PTni amaliyotga joriy etishga bo’lgan urinishlar natijasini ifodalaydi.
Qator yillar davomida PT nazariyasi va amaliyoti bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda o’rganilib kelindi. Natijada o’qitish jarayonini takomillashtirishga yoki o’quvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan u yoki bu ilg’or metodikalar texnologiyalar darajasiga ko’tarila olmay asta-sekinlik bilan o’z mavqeini yo’qotib pedagogika fanidan uzoqlashib ketmoqdalar. Misol uchun, 60-yillarda katta shov-shuvga sabab bo’lgan «Dasturli ta`lim» (Programmirovannoe obuchenie) yoki 70-yillarda sobiq ittifoq miqyosidagi «SHatalovchilik harakat»ini eslash kifoya.
Bugungi kunda mamlakatimizda mutaxassislarning ilmiy salohiyatini birlashtirishga imkoniyatlar etarli. Nazariya va amaliyot birligining ta`minlanishi PTning asl mohiyatini aniqlashga yo’l ochadi. Fikrimizcha, yangi PT pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida yoki faqat ta`lim amaliyotini maqbullashtirishga yo’naltirilgan tizim deb qarash mumkin emas. PT bu sohadagi nazariy va amaliy izlanishlarni birlashtirish doirasidagi faoliyatni aks ettiradi.
Darvoqe, PTga «yangi» so’zni qo’shib ishlatilishi nazariyachi olimlar va o’qituvchilarni bir qadar o’ylantirib qo’ydi, endilikda ta`lim-tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish mumkin emasligini anglashga harakat qilmoqdalar. Shunday ekan, «yangi PT» nimani anglatadi? Bu savolning echimini izohlashga harakat hilamiz.
Birinchidan, PT ta`lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi va belgilangan maqsadni echishga qaratiladi. Binobarin, har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniq belgilab beradi va shunga mos holda ma`lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy o’quv yurti) mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta`sirini o’tkazadi va ta`lim-tarbiya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. «Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zaruratini keltirib chiqaradi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maqsadini yangi yo’nalishga burdi, ya`ni: «o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitdan to’la xolis etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash» deb belgilanadi. Demak, ta`lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir.
Ikkinchidan, fan va texnikaning fivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib boryapti, auditoriyaga o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalar (sanoat, qishloq xo’jaligi, elektron, axborot va boshqa) kirib kelmoqda. Ro’y berayotgan sifatiy o’zgarishlar shundan dalolat beradiki, endilikda «o’rganish»ning birlamchi jarayonlari an`anaviy metodika va o’qitish vositalari romiga sig’may, o’qituvchining individual qobiliyatlariga mos kelmay qoldi. YAngi metodikalarni talab etadigan va ta`lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, poligrafik, audiovizualli vositalar mavjudki, ular yangi PTni real voqelikka aylantiradi.
PT mohiyat jihatdan boshqa tenologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma`lum «material» bilan ish ko’radi. Biroq PT inson ongi bilan bog’liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik, hatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari – tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.
PT boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an`anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini oshirishga ta`sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Afsuski, bu jarayon hozirgi ta`lim tizimida juda qiyin kechyapti, haqiqiy kompyuterli PT o’zining ilmiy ishlanmasini kutyapti: «komp’yuterlarning shu kundagi qo’llanishi-ekstensivlik xolos: an`anaviy o’quv kurslari shunchaki ekran monitoriga joylashtirilyapti».SHu erda PT va axborot texnologiyasi o’rtasidagi o’zaro munosabatni oydinlashtirish lozim bo’ladi. Keyingi vaqtlarda ba`zi bir olimlar (ayniqsa informatika fani vakillari) PTni axborotlashtirishga qo’shish yoki tenglashtirish (ba`zan ustun qo’yish)ni yoqlamoqdalar. Bu urinishlar agar xato bo’lmasa, shubhasiz «podadan oldin chang chiqarishdir». O’quv-tarbiyaviy jarayonni texnologiyalashtirish tarixiy (ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab) voqelik va jarayondir. Axborotlashtirish bu jarayondagi inqilobiy «burilish», uning muhim bosqichidir. Oddiy til bilan aytganda ta`limda axborot texnologiyasi – bu «o’quvchi-komp’yuter» o’rtasidagi muloqotdir.
Axborotli texnologiya PTning tarkibiy qismi, texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida ta`lim jarayonida qo’llanila boshlandi. Kelajakda iqtisodiy bo’hronlar ortda qolib o’quv yurtlari dasturli «mashina» bilan etarli darajada ta`minlanadi. SHundagina axborotli texnologiya asosida o’quvchi (talaba)larning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funktsiyalarini to’liq bajarishi mumkin.
Ta`limni texnologiyalashtirish ob`ektiv jarayon ekanligini, zamonaviyligi esa ilmiy-texnik taraqqiyot yo’nalishi bilan belgilanishini e`tirof etgan holda PTning o’ziga xos tomonlari va yaqin kelajakda u bilan bog’liq vazifalarni belgilashga harakat qilamiz:
1) ko’p bosqichli ta`lim tizimida PTning o’rnini asoslash va zaruriy tavsiyanomalar ishlab chiqish:
2) zamonaviy sanoat, tibbiyot, iqtisodiyot, ekologiya, ergonomiya kabi soha texnologiyalari bilan PTlarni muntazam ravishda yangilab bori shva tabaqalashtirilgan yondashuv asosida ularni qo’llash mezonlarini aniqlash;
3) istiqboli o’qitish vositalarini yaratish va ularga tayangan holda ilg’or PTlarni loyihalash, amaliyotga joriy etish, ommalashtirish va samarasini aniqlash;
4) tegishli boshqaruv organlari (Ta`lim markazlari) tomonidan o’quv muassasalari faoliyatida yangi PTlarni tatbiq etilishi darajasini nazorat qilish va baholash;
5) respublikamizdagi oliy (o’rta maxsus, kasb-hunar, maktab) ta`lim tizimida faoliyat ko’rsatayotgan professor-o’qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida ilg’or pedagog va axborot texnologiyalari bo’yicha yangi bilimlar tizimi bilan qurollantirishni uzluksiz tashkil etish;
6) respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan ijodkor o’qituvchilar ish uslublarini muntazam o’rganib bori shva ular tomonidan yaratilgan metodikalarni yangi pedagogik texnologiya darajasiga ko’tarish borasidagi ishlarni amalga oshirish;
7) o’qituvchi faoliyatini pedagogik texnologiya qonuniyatlariga moslashtirish muammolari va boshqalar. Xo’sh, belgilangan vazifalarni amalga oshirish va nazorat qilishni kim o’z zimmasiga olishi mumkin? ehtimol, ta`lim markazlarining vazifasidir? Yoki har qaysi ta`lim muassasalari o’z holicha echaveradimi? Biz bu savollar bilan ta`lim sohasidagi u yoki bu boshqaruv organlariga vazifa yuklash fikridan yiroqmiz. Ayni shu kunlarda vakolatli davlat organlarining kun tartibida ham PT muammolari turganligiga shubha yo’q.
Fikrimizcha, ilg’or pedagogik texnologiyalarni loyihalash va hayotga tatbiq etish muammosi mamlakatimizda ham rivojlangan davlatlar qatori yangi korxona – «Pedagogik texnologiya Davlat Markazi»ni tuzishni taqazo etadi. Agar shunday Markaz tashkil etilsa, birinchi navbatda «portlash effekti» sari yo’lni qisqartirishga hissa qo’shgan bo’lardi. Uchinchi ming yillikda ta`lim taraqqiyotining haqqoniy dvigateli sifatida o’qituvchi faoliyatini yangilashga, ta`lim-tarbiya jarayonini maqbul (optimal) qurishga, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg’ularini shakllantirishga ijobiy ta`sir ko’rsatar edi.
Pedagogik texnologiya kontseptsiyasining rivojlanish tarixi
Yangi o’zbek davlatchiligining tamal toshi qo’yilyapti: ijtimoiy, iqtisodiy, ma`naviy, mafkuraviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta`lim-tarbiya sohasining isloh qilinishi pedagogika fanini fivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratib berdi. endilikda kishilik jamiyati tomonidan uzoq yillar davomida yaratilgan tarbiya tajribalarini o’rganish vat adqiq qilish ishlari keng yo’lga qo’yildi.
Sho’rolar tuzumi davrida barcha ijtimoiy fanlar kabi pedagogika ham kommunistik mafkura qobig’i bilan o’ralgan, uning rivojlanish me`yori cheklangan, ilg’or chet mamlakat g’oyalari esa burjua g’oyalari, deb tanqid qilinar va rad etilar edi. Holbuki har qanday g’oya ham o’zida ma`lum ijobiy jihatlarni mujassamlashtirishi mumkin, ularni amaliyotga joriy etish foydadan xoli emas edi. Jumladan, pedagogik texnologiya (PT) ham burjua didaktikasiga tegishli yo’nalish sifatida qarab kelindi va bu muammoni tadqiqot ob`ektiga aylantirishning iloji yo’q edi.
Bugun malakatimiz istiqloli sharofati tufayli barcha fan sohalarini rivojlangan davlatlarda to’plangan tajribalar asosida tahlil qilish va yanada takomillashtirish imkoniyatlari mavjud. Umuminsoniy qadriyatlarni ijodiy o’rganish va hayotimizga tatbiq etish davri keldi. Milliy dasturda ta`kidlanganidek, yaqin kelajakda «kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro huquqiy bazasi yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustivor yo’nalishlari ro’yobga chiqariladi, xalqaro ta`lim tizimlari rivojlantiriladi» .
Bu faslda biz pedagogik texnologiya nazariyasining vjudga kelishi va rivojlanishi tarixiga nazar tashlaymiz.
30-yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus adabiyotlarda paydo bo’ldi va u o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig’indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu davrda PT deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi.
40-50-yillarda o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi PTga tenglashtirildi.
60-yillarning o’rtalarida bu tushuncha mazmuni chet el pedagogik nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQSHda «Pedagogik texnologiya» (Educational Technol-ogy), 1964 yildan Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta`lim» (Technology and programmed Learning). Yaponiyada esa 1965 yildan «Pedagogik texnologiya» (Educational Technology) jurnallari chop etila boshlandi. 1971 yilda xudi shu nomli jurnal Italiyada chiqarila boshlandi.
PT muammosining o’ta dolzarbligi hisobga olinib, uning ilmiy asoslarini tadqiq qilish maqsadida maxsus korxonalar tuzildi. Misol uchun, 1967 yilda Angliyada pedagogik texnologiya Milliy Kengashi (National council for Educational Technology) tashkil etildi va 1970 yildan boshlab «Pedagogik texnologiya jurnali» (Journal of Educational Technology) chiqa boshladi. AQSHning qator universitetlari va ilmiy markazlarida ham PT muammolariga jiddiy e`tibor berildi. 1971 yilda maxsus «Kommunikatsiya va texnologiya Assotsiatsiya»si (Association for Educational Communications and Technology) faoliyat ko’rsata boshladi. Hozirgi kunda bu tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ziyod filiallari ishlab turibdi.
Yaponiyada PT muammolari bilan to’rtta ilmiy jamiyat shug’ullanmoqda, faol harakatdagi pedagogik texnologiya Markaziy Kengashining 22 ta davlat universitetlarida markazlari mavjud. Har uch oyda yapon tilida chiqadigan «Pedagogik texnologiya sohasidagi tadqiqotlar» (Educational Technology Research) jurnallarida yirik olimlarning ilmiy ishlari o’z o’rnini topmoqda. Yaqinda Umumyapon pedagogik texnologiya Markaziy Kengashi (The Japanese Council of Technology Centers) tuzilib, bu sohada xalqaro aloqalar o’rnatish ishlari bilan mahur.
Didaktikaning bu yo’nalishiga e`tibor nihoyatda oshib borishini 70-yillarda o’tkazilgan qator xalqaro konferentsiyalar tasdiqlaydi. Shunday xalqaro konferentsiyalar 1966 yildan boshlab har yili bahorda Angliyada o’tkazilib kelinadi va anjuman materiallari «Pedagogik texnologiya jihatlari» (Aspects of Educational Tec-hnology) nomida nashr qilinadi.
Yuqoridagilarning o’ziyoq PT pedagogika nazariyasi va amaliyoti sohasidagi alohida hodisa sifatida diqqat markazda turganligini, 60-yillardan boshlab chet ellarda yangi yo’nalish sifatida shakllanganligini ta`kidlab turibdi. Tahlillarning ko’rsatishicha, bu davrda PT ikki yo’nalishda muhokama qilinadi va rivojlantiriladi: birinchisi – o’quv jarayoniga texnik vositalarini qo’llash bilan bog’liq bo’lsa (shu jumladan dasturli ta`limning texnik vositalari), ikkinchisi – o’qitish texnologiyasi masalalarini, ya`ni o’quv materiallarni tahlil qilishdan tortib ta`lim jarayonini turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil etishga qadar bo’lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |