O`zbekiston respublikasi xalq talimi vazirligi


Agressiyaning frustratsiya nazariyasi



Download 14,52 Mb.
bet10/16
Sana28.05.2022
Hajmi14,52 Mb.
#614392
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
dip-3

Agressiyaning frustratsiya nazariyasi. Djon Dollard tomonidan taklif etilgan bu nazariya yuqorida keltirilgan yondashuvlarga qarama-qarshi qo`yiladi. Unda agressivlik evolyutsion emas, balki situativ jarayon sifatida qaraladi. Bu nazariyaning asoschisi D.Dollard va uning hamkasblari – “Frustratsiya doimo agressiyaga olib keladi” degan fikrni ilgari suradilar (Djon Dollard, 1939). Masalan, faras qiling, bugin darsga kech qolmaslik uchun nonushta qilmastan keldingiz. Uch para dars tugaguncha qorningiz ochib ketdi. Darsdan so`ng mazza qilib ovqatlanishni mo`ljallangan edingiz. Mana qo`ng`iroq ham chalindi. Lekin guruh murabbiysi kirib yarim soatga qolishingizni, shoshilinch muhokama qilishi lozim bo`lgan masala borligini aytdi. Guruh yig`ilishining tugashini intizorlik bilan kutib ovqatlanish uchun oshxonaga borganingizda ular sizga odam ko`p bo`lganligi uchun bugunga ovqat qolmaganligi aytishdi…
Mana, ovqatlanish ehtiyojini qondira olmasdan, vadalashganingizdek, o`rtog`ingiz bilan kutubxonaga qaytdingiz. O`rtog`ingiz sizdan ehtiyot bo`lgani yaxshimikan? Unga biror yomon gap aytishga bo`lgan ehtimol ortadimi?
Frustratsiya – bu maqsadga erishishga to`sqinlik qiluvchi barcha narsalardir (shu jumladan, ovqatni tugagan oshxonaham). Agar shaxsning maqsadi kuchli motivatsiyalangan bo`lsa, qoniqish olishini kutayotgan bo`lsa va uning bu istagi to`siqqa uchrasa frustratsiya kuchayishi mumkin.
Frustratsiya agressiyaning paydo bo`1ishi uchun motivatsiya hosil qiladi. D.Dollard va M.Millerning fikriga ko`ra, frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sababga ko`ra agressiyani namayon qilish jamiyat yoki jamoatchilik tomonidan jazolanishi mumkin. Bunday jazodan qo`rqish esa agressiya boshqa nishonga, obiektga yoki shaxsning o`z-o`ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga sabab bo`lishi mumkin (Dollard, 1939; Miller 1941).
Frustratsiya va agressiya nazariyasi borasida o`tkazilgan laboratoriya tadqiqotlari ikki xil natija berganligini ko`rish mumkin: Frustratsiya ba`zan agressiyani kuchaytirgan bo`lsa, ba`zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin bernstayn va Filip Uorchel o`tkazgan tajriba bunga yaqqol dalildir: eksperimentatorning asistenti eshitish apparati ishlamay qolayotganligi tufayli hadeb guruhiy qaror qabul qilishga xalal beraveradi, bu hol majlis ishtirokchilarida frustratsiyani keltirib chiqazgan, lekin hech qanday agressiyaga olib kelmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, bu yerda frustratsiya agressiyaga sabab bo`lmaganining sababi frustratsiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yetarlicha ushunarli bo`lganidir. Frustratsiya va agressiyaning aloqadorligi ilk nazariyalarda oshirib talqin qilinganligini payqagan Leonard Berkovits bu nazariyani qayta ko`rib chiqdi. U quyidagi taxminni ilgari surdi: frustratsiya jahl va agressiv harakat qilishga emotsional tayyorlikni keltirib chiqazadi (frustratsiya agressiyani emas, balki agressiv harakat qilishga tayyorlikni keltirib chiqazadi). Insonning jahli qachon chiqadi, qachonki unda frustratsiyani keltirib chiqazgan odam boshqacha yo`l tutish imkoniga ega bo`lgan bo`lsa-yu, bunday qilmasa (Avrill, 1983; Weiner, 1981). Frustratsiyani his qilgan odam qachon dilozorga tashlanadi, qachonki uni bunga majbur qilishsa. Albatta agressiya kelib chiqishi uchun har doim ham frustratsiya bo`lishi shart emas, lekin agressiya bilan asossatsiyalanadigan stimullar doim agressiyani kuchaytiradi (Karlson & Others, 1990).
Bu nazariyaning asosiy holatlari quyidagicha ifodalanadi:
– Frustratsiya har doim biror bir shakldagi agressiyaga olib keladi.
– Agressiyani doim chorlovchi masalalarga uchta omil hal qiluvchi ahamiyatga ega:
1. Subiekt tomonidan kutilayotgan bo`lg`usida erishiladigan maqsadga erishish darajasi – agar shaxs o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishishi ancha vaqtga cho`zilib ketsa, bunday hol albatta agressiyani chaqiradi.
2. Maqsadga erishish yo`lidagi to`siq kuchi – shaxsning o`z oldiga qo`ygan maqsadi yo`lida uchragan to`siq yengib bo`lmas darajada bo`lsa yoki shaxs tomonidan shunday deb tushunilsa, agressiya vujudiga keladi.
3. Ketma-ket frustratsiyalar soni – agar maqsad yo`lida bir to`siq ortidan ikkinchisi, uning ortidan uchinchisi va bu davomiylik davom etaversa, bu albatta shaxsda agressiyani keltirib chiqaradi.
Ya`ni subiekt maqsadidan qoniqishni qay darajada ko`p kutsa bu yo`lda to`siqlar qay darajada kuchli bo`lsa va to`siqlar qay darajada ko`p blokirovka qilinsa agressiv xulq-atvoriga turtki tushuncha kuchli bo`ladi.
Frustratsiyalar ketma-ket sodir bo`lganda ularning kuchi bir-biri bilan qo`shilib katta kuchdagi agressiv reaktsiyani tug`dirishi mumkin.
Bundan tashqari organizmdagi og`riq va frustratsiya (maqsadga erishish yo`lida to`siq paydo bo`lishi) ko`pincha tushkunlik va adovat hissini keltirib chiqazishi va buning ortidan agressiya yuzaga kelishi olimlar tomonidan tasdiqlangan. Agar frustratsiya qo`rquv yoki ikkilanish tufayli kelib chiqqan bo`lsa, shaxs alamini (agressiyani) ko`pincha boshqalardan oladi. Bu holat fanda “agressiyani chiqarib yuborish” fenomeni deb ataladi.
O`z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishonlarni topadi. Misol sifatida quyidagi tarixiy holatni keltirish o`rinli. Germaniya birinchi jahon urushida mag`lubiyatga uchragach, bu davlatga iqtisodiy tartibsizlik, inqiroz kirib keldi va ko`pchilik nemslar buning alamini olish uchun evreylarni tanlashti va ularga nisbatan yolg`izlikni xis qila boshlashdi. Gitler hokimiyat tepasiga kelishdan ancha oldin, bir nems lideri shunday degan edi: “Evreylar – bu bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay obiektdir. Agar evreylar bo`lmaganida edi ularni o`ylab topishga to`g`ri kelgan bo`lardi” (G.W.Allport,k 1958). O`rta asrlarda odamlar o`zidagi qo`rqinch va agressiyani jodugarlarga ko`chirishgan, vaqti-vaqti bilan ularni gulxanda kuydirib, alamni chiqarib yuborganlar.



Download 14,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish