O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari



Download 0,93 Mb.
bet71/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

1.Iqtisodiy o`sishning mazmuni, turlari va ko`rsatkichlari.

Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko`p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo`yicha ro`y bermaydi.


Iqtisodiy rivojlanish o`z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini, iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o`zgarishlarni, ijobiy va salbiy tomonlarini olib notekis boradi.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo`lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo`lgan iqtisodiy o`sish ko`proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o`sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo`lib, o`z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmida va uning aholi jon boshiga ko`payishini bildiradi.
Iqtisodiy o`sishga tarixiy jihatdan yondoshilganda, u bir xil sur'atlarda va bir tekis bormaydi. Tarixda iqtisodiy o`sish sur'atlarining jadallashishi, jiddiy pasayishi va xatto cheklanishi davrlari ma'lum. Agar katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo`lsa, jahon va milliy iqtisodiyotda, barqaror iqtisodiy o`sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo`ladi. Shu bilan birga, iqtisodiy o`sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o`zgarishlari shaklida ham namoyon bo`ladi. Shunday ekan, iqtisodiy o`sish bevosita yalpi milliy maxsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko`payishi hamda sifatining o`zgarishida ifodalanadi.
Maxsulotning o`sish sur'ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o`zgarishi o`rtasidagi nisbat iqtisodiy o`sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.
Ekstensiv iqtisodiy o`sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko`payishi tufayli erishiladi. Aytaylik, maxsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko`paytirish uchun mavjud korxona bilan bir qatorda o`rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati bo`yicha, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo`yicha xuddi shunday yana bir korxona quriladi. Ekstensiv rivojlanishda agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o`zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o`sishning intensiv turi sharoitida maxsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo`llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yo`li bilan erishiladi. Intensiv yo`l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samarada, pirovard maxsulot miqdorining o`sishida, maxsulotining sifatining oshishida o`z ifodasini topadi. Bunda maxsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirish uchun mavjud korxona qurishga hojat yo`q. Bu natijaga ishlab urgan korxonani rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish, mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo`lmagan, balki muayyan uyg`unlikda, bir-biri bilan qo`shilgan tarzda bo`ladi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustivor intensiv iqtisodiy o`sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o`sish murakkab va ko`p qkirrali jarayon. Shu sababli uni baholash uchun qandaydir bir ko`rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko`rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko`rsatkichlar tizimida natura va qiymat ifodasidagi ko`rsatkichlar farqlanadi.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish