Joriy yildagi iste'molchilik tovarlari narxi
Narx indeksi = ------------------------------------------------------------------------------------------------
Bazis yildagi iste'molchilik tovarlari narxi
YaMM narx indeksi ancha keng tushuncha bo`lib, u o`z ichiga nafaqat iste'molchilik tovarlari, balki investitsion tovarlar, davlat tomonidan sotib olinadigan tovarlar hamda xalqaro bozorda sotilgan va sotib olingan tovarlar va xizmatlar narxlarini ham oladi. YaMM narx indeksi, nominal YaMM ni real YaMM ga aylantirib hisoblash imkonini beradi.
Nominal YaMM shu maxsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
M: faraz qilamiz, 1998 yilda Respublikamiz xalq xo`jaligida 1358 mlrd. so`mlik YaIM ishlab chiqarilgan, 1997 yilda YaIM qiymati 976 mlrd. so`mni tashkil qilgan.
1998 yilga YaMM narx indeksini aniqlash uchun, ushbu yildagi maxsulotlar narxlari summasini xuddi shu hajmdagi va turdagi tovarlarning 1997 yil narxlari summasiga bo`lib, 100 ga ko`paytirish zarur.
Joriy yildagi nominal YaMM ni real YaMM ga aylantirishning ancha oddiy va to`g`ridan to`g`ri usuli nominal YaMM ni narx indeksiga bo`lishdir, ya'ni, real YaMMqnominal YaMMg`BI. Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining ko`rsatkichi YaMM bilan birga, uning tarkibiy qismlari sifatida hisoblash mumkin bo`lgan bir qator o`zaro bog`liq ko`rsatkichlar mavjud bo`ladi, ular milliy iqtisodiyotning turli tomonlarini tavsiflab beradi.
YaMM ko`rsatkichiga sof eksport (eksport va import o`rtasidagi farq) kiradi, ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmogi keskin farqlanadi. Shu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanishi darajasini taqqoslash uchun ichki milliy maxsulot (IMM) ko`rsatkichidan foydalaniladi.
Ichki milliy maxsulot ma'lum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat xududida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilishga tayyor pirovard maxsulot qiymatidir.U barcha ishlab chiqaruvchilar yaratgan qo`ushilgan qiymatlar yig`indisi sifatida chiqadi.
YaMM dan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa, sof milliy maxsulot (SMM) ko`rsatkichi hosil bo`ladi.
YaMM- amortizatsiya yillik so`mmasiqSMM. Shunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi.
SMM qiymati davlat tomonidan o`rnatiladigan bahoga qo`shimcha hisoblanadi. Bunda soliqlar og`irligi iste'molchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga o`zlarining daromadining bir qismini yo`qotadi. Shuning uchun hozirgi davrda hisob tizimida SMM dan egri soliqlar chiqarib tashlansa, milliy daromad (MD) ko`rsatkichi hosil bo`ladi deb ko`rsatiladi. YaMM uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin. Birinchi usul- bu YaMMni hisoblashga kushilgan qiymatlar bo`yicha yondashuv.Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari bo`yicha yaratilgan qo`shilgan qiymatlar qo`shib chiqiladi. Bu usul bilan hisoblangan YaMM alohida tarmoqlarning shu maxsulotini yaratishdagi o`rnini va hissasini aniqlash imkonini beradi. Masalan, O`zbekistonda YaMM 1998 yil xalq xo`jaligining tarmoqlari va sohalari bo`yicha 1358, 8 mlrd. so`mni tashkil qilgan.
Shu jumladan:
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida- 671, 1 mlrd so`m. (49, 4%).
Xizmat ko`rsatish sohalarida- 476, 9 mlrd. so`m (35, 1%)
Sof soliqlar- 210, 8 mlrd. so`m. (15, 55%).
Ikkinchi usul- bu YaMMni hisoblashga sarf xarajatlar bo`yicha yondashuv.
Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha maxsulot (xizmat) lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qo`shib chiqiladi.
Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard maxsulotlarni mamlakat ichida xo`jalikning uchta sub'ekti-uy xo`jaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda tashqaridan chet ellik iste'molchilar sotib olishi mumkin:
Uchinchi usul- bu YaMM (YaIM)ni daromadlar bo`yicha hisoblash. Mazkur yilda ishlab chiqarilgan pirovard maxsulot hajmidan olingan barcha daromadlar uy xo`jaliklari ixtiyoriga ish haqi, renta to`lovlari, foiz va foyda shaklida kelib tushadi.Shu sababli bu usulda YaMM (YaIM) pirovard maxsulot hajmidan olin-gan ana shu barcha daromadlarni qo`shib chiqish orqali aniqlanadi.
YaMM (YaIM) ni daromadlar bo`yicha hisoblashda uy xo`jaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, ya'ni taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foydaga (renta, ssuda foizi va tadbirkorlik foydasi va h.k.) ajratish mumkin. YaMM (YaIM) ni mazkur usul bo`yicha hisoblashda daromadlarning barcha summasiga iste'mol qilingan asosiy kapital qiymati (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar so`mmasi ham qo`shiladi.
O`zbekistonda 1998 yil YaIM daromadlar bo`yicha 1358, 8 mlrd.so`mni tashkil qilgan, shu jumladan:
Mehnat haqi (zaruriy maxsulot) 476, 4 mlrd.so`m.( 35, 0%)
Aralash daromadlar bilan birga yalpi foyda 671, 6 mlrd. so`m. (49,5%). Soliqlar 210, 8 mlrd. so`m. (15, 5%).
Do'stlaringiz bilan baham: |