O`zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi


Iqtisodiy muvozanatlik. Uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari



Download 0,93 Mb.
bet75/115
Sana10.05.2022
Hajmi0,93 Mb.
#601861
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi xalq ta\'limi vazirligi

3.Iqtisodiy muvozanatlik. Uni ta'minlash shart-sharoitlari va aniqlash usullari.
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning tomonlari o`rtasida ma'lum muvozanat bo`lishini tao`ozo qiladi.
Iqtisodiy muvozant deb, iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir necha tomonining bir - biriga teng bo`lgan holatiga aytiladi.
Shuning uchun ham butun iqtisodiyotning muvozanati to`g`risida gap borganda, eng avvalo, yalpi talab va yalpi taklif o`rtasidagi tenglik e'tiborga olinadi.
Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatlikning shakllanish jarayoni va uni ta'minlash murakkab va ziddiyatli. Chunki u o`z ichiga xususiy va umumiy xarakterdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi.
Xususiy muvozanatlik - bu ikkita o`zaro bog`liq bo`lgan iqtisodiy miqdorlar yoki iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozantlik ishlab chiqarish va iste'mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, byudjet daromadlari va xarajatlari, aholida tovarlarga talab va taklif o`rtasidagi muvozanatliklar ko`rinishida chiqadi. Bu muvozanatliklar ichida Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlab o`tganlaridek: «... ichki bozorda talab bilan taklif o`rtasida mutanosiblikka erishish, ya'ni chiqarilgan pul miqdori bilan unga sotib olinadigan mollar salmogi o`rtasida to`g`ri nisbatni ta'minlash g`oyat katta rol o`ynaydi»1.
Umumiy muvozanatlik jamiyatning barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining o`zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bozor sharoitida, avvalo, yalpi talab va yalpi taklifning teng kelishida ko`rinadi. Bu nafaqat iste'molchilik ne'matlariga, balki ishlab chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat na tijalariga umumiy talab va taklifning muvofiq kelishidir.
Umumiy iqtisodiy muvozanatlik bir qator shart-sharoitlarni taqozo qiladi. Birinchidan, bu ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlarning mos kelishidir.
Ikkinchidan, iqtisodiy muvozanatlik mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan xo`jalik mexanizmini taqozo qiladi.
Uchinchidan, muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi, iste'molning tarkibiy tuzilishiga mos kelishi lozimligini bildiradi.
To`rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatlilikning umumiy shart-sharoitlari bo`lib, bozor muvozanati, ya'ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurs, ishchi kuchi va hokazolar)da talab va taklif muvozanatga erishishga xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanatlik erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy vaziyatlar barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham takozo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va tuxtovsiz rivojlanish holatida bo`ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor kon'yukturasi, bozor sub'ektlari daromadlari va talabi tarkibida o`zgarishlar ruy berib turadi.
Bularning hammasi muvozanatli holatni turg`un iqtisodiyotdagi shartli umumiy muvozanatlik sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, makro darajada umumiy iqtisodiy muvozanatlik bu - mamlakat butun iqtisodiyotining mutanosibligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo`jaliklarning me'yorida rivojlanishini ta'minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha bozordagi o`zaro bog`liq va bir - birini takozo qiladigan muvozanatliklar tizimini o`z ichiga oladi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda asosan 2 ta o`zaro bog`liq usuldan foydalaniladi: 1. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli. 2. Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.
Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash uchun ishlab chiqarish umumiy hajmining miqdoriy ko`rsatkichi sifatida sof milliy maxsulot (SMM), iqtisodiyotda yalpi sarflar sifatida iste'mol hajmi va investitsiyalarga sarflarning umumiy summasi (SQIp) olinadi. Iqtisodiyotning muvozanatli darajasi - bu ishlab chiqarishning shunday hajmiki,
78
u ishlab chiqarish mazkur hajmini sotib olish uchun yetarli umumiy sarflarni ta'minlaydi. Boshqacha qilib aytganda, sof milliy maxsulot muvozanatli darajada ishlab chiqarilgan tovarlarning umumiy miqdori (SMM) xarid qilingan tovarlar umumiy miqdoriga (SQIp) teng bo`ladi.

Jamg`arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shuki, ishlab chiqarilgan maxsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq, aholi bu daromadning bir qismini iste'mol kilmasdan, jamg`arishga qo`yishi mumkin. Jamg`arish, sarflar - daromadlar oqimidan potentsial sarflarni olib qo`yish hisoblanadi. Bunda jamg`armaga qo`yilgan mablag` investitsiyalar bilan to`la qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo`ladi.
Investitsion sarflarning ko`payishi, ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o`sishiga olib keladi. Bu o`zaro natija multipliqator samarasi deyiladi. Multipliqator samarasi - bu sof milliy maxsulotdagi o`zgarishning sarflardagi (investitsiyalardagi) o`zgarishga nisbati demakdir.
Real SMMdagi o`zgarish va investitsion sarflardagi o`zgarish multipliqator samarasiga teng.

Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish