O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti kimyoviy texnologiyalar fakulteti



Download 122,71 Kb.
bet1/11
Sana01.02.2022
Hajmi122,71 Kb.
#420835
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Olloberganova Mashxura kurs ishi jarayonlar




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

KURS ISHI

Mavzu: Erkaklar yozgi kuylagini ishlab chiqarish
texnologik jarayonlarni loyixalash.
Bajardi: 193-YSTj guruh talabasi Ollaberganova Mashxura .

Kurs loyiha ishi rahbari: Sobirov Q

MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………

Nazariy qismi………………………………………………………….

Texnologiya qismi..……………………...

Xulosa………………………

Foydalanilgan adabiyotlar royxati…………………


KIRISH
Respublikamiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi har qaysi soha oldiga murakkab, miqyosi mislsiz yangi vazifalar qo‘ydi. Yengil sanoat xodimlari korxonalarini qayta qurish, uskunalarini zamonaviylashtirish, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori sifatli chiroyli kiyimlarning ommaviy turlarini tikadigan yuksak unumli, tezda qayta moslanuvchi yangi oqim liniyalarini qurish yo‘li bilan ishni tubdan yaxshilashlari kerak. Tikuvchilik sanoatida bu vazifalarni bajarish uchun avvalo texnologiyani takomillashtirish talab qilinadi.
Yangi kam operatsiyali texnologiyalar yaratish tikuvchilik buyumlariga ishlov berishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi. Yuqori sifatli kiyimlarni ommaviy tikishning kompleks avtomatlashgan korxonalarini yaratish, jumladan, ishlab chiqarishning tayyorlov-bichish, tikish va pardozlash bo‘limlaridagi tayyor mahsulotni o‘rash va saqlash joylaridagi asosiy texnologik jarayonlar uchun hisoblash texnikasi, mikroprotsessor vositalaridan keng foydalaniladigan maxsus ixtisoslashgan sistemalar, liniyalar, robotkomplekslar, yangi yarim avtomat tikuv uskunalari ishlab chikishdan iborat.
Yengil sanoat - sanoatning yirik tarmoqlaridan hisoblanadi. U aholining isteʼmol buyumlariga ( kiyim kechak, poyafzal, trikotaj va boshkalarga) bo‘lgan shaxsiy ehtiyojlarini kondiradi, shu bilan birga shu buyumlarni ishlab chiqarish uchun hamda sanoatning boshqa tarmoqlarida foydalaniladigan materiallarni ( gazlamalar, iplar, tabiiy va sunʼiy charm, muyna va hokazolar) tayyorlab beradi. Yengil sanoat tarkibiga to‘qimachilik, tikuvchilik, charm muyna va poyafzal hamda boshqa tarmoqlar kiradi. To‘qimachilik sanoatida paxta, jun, zigir va boshqa xom ashelar qayta ishlanadi, turli gazlamalar tayyorlanadi, shuningdek, trikotaj buyumlar,tukuv galantereya buyumlari va boshkalar chiqariladi. To‘qimachilik sanoatining salmogi yengil sanoat tarmoqlari ichida eng yuqori bo‘lib hisoblanadi. Tikuvchilik sanoati aholi uchun kiyim kechak tayyorlaydi.
Uning salmogi yengil sanoat umumiy hajmining 1/5 qismini tashkil kiladi. Charm, muyna va poyafzal sanoatida charm, muyna xomashelari qayta ishlanadi, sunʼiy muyna, poyafzal va charm galantereya buyumlari tayyorlanadi, shuningdek, yengil sanoat va xalk xujaligi korxonalari uchun material va buyumlar ham chiqariladi.
Sanoat birlashmalari va korxonalarini rivojlantirishning intensiv yo‘lini samarali amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarida biri ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvallarini yana-da takomillashtirish zarurligidir. Ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvallariga: konsentratsiyalash, ixtisoslashtirish, kooperatsiyalash va kombinatsiyalash kiradi. Bu jadvallar ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng ilg‘or jadvallaridan hisoblanib, xalk xujaligining hamma tarmoqlarida, shu jumladan yengil sanoatning eng yirik tarmogi bo‘lgan tikuvchilik sanoatida ham qo‘llaniladi.
Uzbekiston tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng muhim jadvallaridan hisoblangan ixtisoslashtirsh va kooperatsiyalash darajasi bir qator rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda birmuncha pastdir. Konsentratsiyalash darajasi yuqori bo‘lishiga karamasdan xali uni yana-da yuqori darajaga ko‘tarish uchun imkoniyatlar bor. Kombinatsiyalash hozirgi davrda tikuvchilik sanoatida kullanilmayotir. Ammo fan va texnikaning yana-da rivojlanishi yangi tipdagi tarmoqlararo ishlab chiqarish birlashmalrini tuzishni takozo etmokda.
Shunga ko‘ra tikuvchilik sanoatining asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvallari: ixtisoslashtirish, konsentratsiyalash, kooperatsiyalash va kombinatsiyalashni takomillashtirishdir
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalashtirish.
Konsentratsiyalash ishlab chiqarishni tashkil qilishning eng muhim
jadvallaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu fan texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini ishlab chiqarishga tezrok joriy qilish, ishlab chiqarishning ommaviyligini yana-da kengaytirish, mehnat unumdorligini ko‘tarish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi.
Konsentratsiyalash - ishlab chiqarishni yiriklashtirish, mahsulot, ishchi kuchlari va mehnat vositalarini asosan yirik, katta korxonalarda tuplash bilan harakterlanadi.
Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayoni bir jarayoni ikki tomonlama: birinchidan, absolyut konsentratsiyalash (korxonalarni birlashtirish, yiriklashtirsh) va ikkinchidan, nisbiy konsentratsiyalash (tarmoq yoki sanoat bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish hajmida yirik katta korxonalar ishlab chiqarish hajmi salmogini oshirish)ni tasvirlaydi.
Absolyut konsentratsiyalash quyidagi asosiy jadvallarda rivojlanadi:
agregat bo‘yicha, texnologik bosqich bo‘yicha, korxona bo‘yicha va tashkiliy xo‘jalik bo‘yicha.
Agregat bo‘yicha konsentratsiyalash deganda ish o‘rnida mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish tushuniladi.
Texnologik bosqich bo‘yicha konsentratsiyalash (korxona ichida) korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari (bo‘lim, oqim, sexlar)da ishlab chiqarish hajmini oshirish bilan harakterlanadi. Bunda konsentratsiyalash asosan texnologik jarayonini yoki ayrim ish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirilganlik darajasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Korxona bo‘yicha konsentratsiyalash deganda korxona ichida konsentratsiyalash darajasini oshirish va bo‘linmalar sonini ko‘paytirish natijasida ishlab chiqarish hajmini oshirish tushuniladi.
Tashkiliy xo‘jalik bo‘yicha konsentratsiyalash avval mustaqil bo‘lgan bir nechta korxonalarni maʼmuriy birlashtirish va bir butun ishlab chiqarish xo‘jalik kompleksi - ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilish bilan harakterlanadi.
Tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni konsentratsiyalash quyidagi yullar bilan amalga oshirilmokda:
- yirik korxonalar qurish, ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilish;
- ishlab turgan korxonalarda yirik ixtisoslashtirilgan oqim liniyalari tashkil qilish, markazlashtirlgan tayyorlash
- bichish korxonalarini qurish.
Katta hajmli (yirik) korxonalar ( birlashmalar) mayda va yirik korxonalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: birinchidan, fan va texnika taraqqiyoti yutuklarini, ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini, hamda korxonani boshqarishni avtomatlashtirilgan sistemasi (ICHASB)ni ishlab chiqarishga joriy qilish uchun sharoit yaratiladi; ikkinchidan, yangi texnikani joriy qilish va undan unumli foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirsh, hamda ilg‘or texnologik jarayonlarini va texnologiyani joriy qilish uchun sharoitlar yaratiladi; uchinchidan, mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg‘or jadvallarini, shu jumladan, ixtisoslashtirishning hamma jadval turlarini (korxona ichida oqimlarni buyumlarning texnologik birligi, material va gazlamalarning turlari, buyumlarning turlari, buyum razmerlari, modellarning texnologik birligi va hokazolar bo‘yicha ixtisoslashtirish) keng qo‘llash uchun sharoit yaratiladi; turtinchidan, boshqarish apparatini qisqartirish, tayyorlash - bichish, buyumlarni pardozlash, chiqindilardan keng isteʼmol mollari ishlab chiqarish, tayyor mahsulotlarni saqlash jarayonlarini konsentratsiyalash va kiyimlarni modellashtirish, texnik hujjatlarni tayyorlash, texnik taʼminot jarayonlarini, xizmat ko‘rsatish va yondosh sexlarni markazlashtirish uchun sharoit yaratiladi; beshinchidan, mehnat unumdorligi oshadi, mahsulot sifati yaxshilanadi, mahsulot tannarxi pasayadi hamda korxonada tikiladigan buyumlar assortimentini boyitish va haridorlar talabini yana-da to‘laroq o‘rganish va qondirish uchun imkoniyat tug‘iladi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish.
Fan va texnika taraqqiyotini kengroq joriy qilish, korxonani texnika bilan qayta qurollantirish va rekonstruksiyalash, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish hamda mahsulot sifatini keskin oshirish - tikuvchilik sanoatida ishlab chiqarishni tashkil qilishning ilg‘or va eng muhim jadvallaridan hisoblangan ixtisoslashti rishni yana-da rivojlantirishni talab kiladi.
Ixtisoslashtirish - mehnatni va ishlab chiqarishni tashkil qilishning
shunday jadvaliki, bunda har xil turdagi buyumlar va ular bo‘laklarini tayyorlash yoki texnologik jarayonlar bosqichlarini ularning texnologik jihatdan bir xilligiga qarab alohida korxona yoki uning bo‘linmalarida amalga oshirish tushuniladi.
Tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirish uch jadvalda: predmet (buyum) bo‘yicha, buyum detallari bo‘yicha va texnologik bosqich bo‘yicha amalga oshiriladi.
Predmet (buyum) bo‘yicha ixtisoslashtirishda korxona (birlashma)ni yoki uning bo‘linmalarini bir xil turdagi buyum tayyorlashga ixtisoslashtirish tushuniladi.
Buyum detallari bo‘yicha ixtisoslashtirish - buyumning ayrim bir qismini va detallarini tayyorlashni alohida korxona yoki uning bo‘linmalarida ixtisoslashtirishni harakterlaydi.
Texnologik bosqich bo‘yicha ixtisoslashtirish - alohida korxona yoki uning alohida bo‘linmalarini maʼlum texnologik jarayon yoki ayrim ish operatsiyalarini bajarishga ixtisoslashtirishni ifodalaydi.
Tikuvchilik sanoatida korxona sexlari, ham korxona kabi yuqorida keltirilgan jadvallar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi.
Ixtisoslashtirish ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishning birdan bir yo‘lidir, chunki ixtisoslashtirish darajasi yuqori bo‘lgan korxona (birlashma)larning iqtisodiy ko‘rsatkichlari birmuncha yuqoridir.
Ixtisoslashtirish jadvallarining klassifikatsiyasida ixtisoslashti- rishning ikkinchi jadvali detallar va tugunlar bo‘yicha ikki turga bo‘linadi. Buyum detallarini va tugunlarini ixtisoslashtirishda ikki usulini ham qo‘llash mumkin. Birinchi usulda buyum detallari va tugunlar markazlashgan ixtisoslashtirilgan korxonada tayyor lanadi, ikkinchi usulda esa buyum detallari va tugunlari tayyorlash yirik korxonalarining ixtisoslashtirilgan sexlarida markazlashadi.
Ixtisoslashtirishning uchinchi jadvali - texnologik bosqich bo‘yicha ixtisoslashtirishni ikki usulda amalga oshirish mumkin: birinchisi, ishlab chiqarishga tayyorlash, ikkinchisi, buyumlarni tayyorlash.
Ishlab chiqarishni kooperatsiyalash.
Ishlab chiqarishni tashkil qilishning shunday jadvallaridan biri bo‘lgan kooperatsiyalash maʼlum mahsulotni birgalikda tayyorlovchi korxona (birlashma)lar orasidagi rejali ravishda uzoq davom etadigan ishlab chiqarish aloqalarini anglatadi.
Kooperatsiyalash va ixtisoslashtirish o‘zaro bog‘liq bo‘lib,ixtisos- lashtirish qanchalik keng rivojlansa, kooperatsiyalashtirish shunchalik chuqurroq rivojlanadi. Shunga ko‘ra, kooperatsiyalash uch jadvalda: predmet (buyum), detallar va texnologik bosqich bo‘yicha rivojlanadi.
Predmet (buyum) bo‘yicha kooperatsiyalashtirishda sanoatning o‘zaro boglangan tarmoqlarining korxonalari yoki bir tarmoqning o‘zaro bog‘langan korxonalarining tayyor mahsulotning maʼlum turlarini yetkazib berishi bo‘yicha korxonalar o‘rtasidagi ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi. Bunday aloqalar yengil sanoatning tikuvchilik va to‘qima- chilik tarmoqlari korxonalari orasida mavjud.
Detallar bo‘yicha kooperatsiyalashtirishda tayyor mahsulot yig‘ishda ishlatiladigan har xil detal va tugunlarni detallar va tugunlar tayyorlashga ixtisoslashtirilgan korxonalarda tayyorlab yetkazib berish bo‘yicha korxonalar urtasidagi ishlab chiqarish aloqalari tushuniladi.
Tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning rivojlanmaganligi texnologik bosqich bo‘yicha kooperatsiyalashtirishning rivojlanishiga tuskinlik qilmoqda.
Yakin kelajakda tikuvchilik sanoatida ixtisoslashtirishning progressiv jadvallari yana-da rivojlansa hamda asosiy ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat kursatuvchi yordamchi jarayonlar ixtisoslashtirilib markazlashtirilgan korxonalar tashkil qilinsa, korxona va birlashmalar urtasidagi ishlab chiqarish aloqalarining yana-da kengayishi va rivojla- nishi, ishlab chiqarish tuzilishini takomillashtirish va aholining xilma-xil modelli buyumlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish uchun keng shart sharoitlar yaratiladi.
Mehnatni ilmiy asosda tashkil etishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri- ish o‘rinlarini tashkil etishdir. Chunki ish o‘rni mehnatni tashkil etish sistemasining eng asosiy bo‘g‘inidir. Har bir ishchining o‘ziga biriktirilgan ishlab chiqarish vazifasini o‘z vaqtida bajarishi, mehnatining unmdorligi,avvalo, u ishlaydigan ish o‘rnining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liqdir.
Ish o‘rni deb bajariladigan ishning harakteriga bog‘liq holda zarur jihoz va boshqa mehnat vositalari bilan taʼminlangan, ishlab chiqarish jarayonining bir yoki bir nechta texnologik operatsiyalarini bajarishga mo‘ljallangan, bir yoki bir necha ishchi ishlaydigan muayyan ishlab chiqarish maydoniga aytiladi.
Mehnatni tashkil etish jadvali ( mehnat taqsimoti darajasi)ga ko‘ra ish o‘rni individual va kollektiv (brigada) ish o‘rinlariga bo‘linadi. Ish o‘rni individual tashkil kilinganda bir ish o‘rnida bitta ishchi ishlaydi.
Bu usulning afzalligi shundan iboratki, birinchidan, har bir ishchining bajargan ishini ham miqdor, ham sifat jihatdan anik hisobga olish mumkin bo‘ladi; ikkinchidan, ish sifati, jihozlarni saqlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun ishchining masʼuliyati ortadi; uchinchidan, mehnat harakatlari, usullari va usullarini ratsionallashtirish va unumsiz harakatlarini bartaraf qilish imkoni tugiladi.
Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o‘rinlarini kollektiv tashkil qilish usuli ham qo‘llaniladi.
Jihozlarning urnatilish soniga ko‘ra ish o‘rinlari bir jihozli, ko‘p jihozli va jihozsiz ish o‘rinlariga ajratiladi. Ko‘p jihozli ish o‘rinlari mehnatni tashkil qilish jadvaliga ko‘ra bir xil tipdagi va har xil tipdagi jihozlar bilan taʼminlangan bo‘lishi mumkin.
Mehnat jarayonining harakteri va mexanizatsiyalash darajasiga ko‘ra ish o‘rinlari qo‘lda bajariladigan, ish o‘rinlari mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan ish o‘rinlariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarishni tashkil qilish jadvali, ixtisoslashtirish va mahsulot nomenklaturasining doimiyligiga ko‘ra ish o‘rinlari yakka, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish ish o‘rinlariga bo‘linadi. Yakka ishlab chiqarishdagi ish o‘rinlari ko‘p miqdorda xilma xil operatsiyalar bajarilishi bilan harakterlanadi. Seriyali ishlab chiqarish usuli mehnat jarayonidagi ish usullarining takrorlanib turishi bilan farq kiladi. Ishlab chiqarishning ommaviy usulida har bir ish o‘rniga bir-ikkita operatsiya biriktirib qo‘yiladi.
Ishlarning bajarilish harakteriga ko‘ra ish o‘rinlari ikki turga: statsionar (qo‘zgalmas) va ko‘chma ish o‘rinlariga ajratiladi. Statsionar ish o‘rni ishchining ish joyi doimiyligi bilan harakterlanadi. Ko‘chma ish o‘rni uchun ishning bajarilishiga qarab ishchi doimo bir joydan ikkinchi joyga utib mehnat qilish xosdir. Masalan, dazmollovchi va bichuvchining ishi ko‘chma ishlar jumlasiga kiradi.
Tikuvchilik sanoati korxonalarida ish o‘rinlarini ratsional tashkil qilish ishlab chiqarish samaradorligiga taʼsir kiluvchi omillardan biridir. Shuning uchun mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish tadbirlari ichida ish o‘rinlarini ratsional tashkil qilish muhim o‘rinni egallaydi.
Ish o‘rinlari okilona tashkil qilish deganda jihozlarninng texnik imkoniyatlaridan, ish vaqti va ishchi kuchidan to‘liq foydalanishga, ish sharoitlarini qulay qilishga karatilgan tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ish o‘rnini tashkil etishda quyidagi asosiy talablarga eʼtibor etish kerak:

  • ish o‘rnida zarur jihoz va texnik vositalar, yarim tayyor mahsulotlar va materiallar mavjud bo‘lishi;

  • jihoz, texnik vositalar va boshqa mehnat predmetlari foydalanish uchun qulay joylashtirilishi;

  • ish o‘rinlari zarur materiallar va hokazolar bilan uzluksiz taʼminlab turilishi;

  • ish o‘rni ishchining mehnatini yengillashtiriladigan moslamalar bilan taʼminlanishi kerak.



Download 122,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish