3.2-mavzu. Geografiya o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va fanining DTS talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlari (2 soat amaliy mashg‘ulot).
O‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va umumta’lim fanlarining DTSlari talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlari.
Kasbiy rivojlanishiga oid manbalar. Ulardan foydalangan holda o‘zining va maktab ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish. Kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quvlar, ularni tanlash strategiyasi.
Kollegial forumlar. Kasbiy bilim va mahoratini oshirish, pedagogik mahoratni takomillashtirishda kollegial forumlardan foydalanish.
AMALIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
Mavzu. Geografiya o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va fanining DTS talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlari (2 soat amaliy mashg’ulot).
Reja
1.O‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va umumta’lim fanlarining DTSlari talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlari.
2. Kasbiy rivojlanishiga oid manbalar. Ulardan foydalangan holda o‘zining va maktab ehtiyojlaridan kelib chiqib kasbiy malakasini oshirish. Kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘quvlar, ularni tanlash strategiyasi.
3. Kollegial forumlar. Kasbiy bilim va mahoratini oshirish, pedagogik mahoratni takomillashtirishda kollegial forumlardan foydalanish.
1.O‘qituvchilarga qo‘yilgan talablar va umumta’lim fanlarining DTSlari talablaridan kelib chiqib o‘z kasbiy mahoratini oshirish yo‘nalishlari.
Kompetensiyaviy yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda, ta’lim jarayoning mohiyati - o‘quvchilarning turli hayotiy vaziyatlarda, kundalik turmushda vujudga keladigan muammolarni avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikmalari va tajribalari asosida hal qilish layoqatlarini (qobiliyatlarini) rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarga nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalarni berish, balki ularni kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarida qo‘llay olish layoqatlarini (kompetensiyalarlarni) shakllantirishni ko‘zda tutadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar davlat va jamiyatning ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan ijtimoiy buyurtmasi hisoblanadi. Kompetensiyaviy yondashuvning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi bitiruvchisining ijtimoiy hayotga moslashishiga yordam berishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, kompetensiyaviy yondashuv ta’lim tizimi oldida turgan shu kunning dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.
Mazkur dolzarb muammoni hal qilish, ya’ni ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash, ta’lim tizimini sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirish, mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish maqsadida, Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yil 6 aprelda “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari” tasdiqlandi. Unga ko‘ra, barcha umumta’lim fanlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dastur va rejalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yangilandi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimi mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim muassasasi bitiruvchisi egallashi lozim bo‘lgan quyidagi tayanch kompetensiyalar (TK) ajratib ko‘rsatildi:
TK1. Kommunikativ kompetensiyalar;
TK2. Axborot bilan ishlash kompetensiyalari;
TK3. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyalari;
TK4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari;
TK5. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar;
TK6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yutuqlaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari.
Mazkur tayanch kompetensiyalari bilan bir qatorda har bir umumta’lim fani bo‘yicha ham kompetensiyalar (FK) ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ularni aniqlashtirishda har bir fanning maqsad va vazifalaridan kelib chiqildi.
“Табииёт ва география” фанига оид компетенциялар
1.Табиий, ижтимоий-иқтисодий жараён ҳамда ҳодисаларни кузатиш, аниқлаш, тушуниш ва тушунтириш компетенцияси
2. Географик объектлар, жой номларини тўғри қўллай олиш компетенцияси
3. Глобус, географик атлас ва хариталардан амалиётда фойдалана олиш компетенцияси
4. Табиатни муҳофаза қилиш ва экологик маданият компетенцияси
“Tabiiy va iqtisodiy fanlar” blok-moduli o‘z ichiga biologiya, geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro aloqadorligini ta’minlaydi. Blok-modul tarkibiga kiradigan o‘quv predmetlari o‘quvchilarda tabiiy-ilmiy, texnik, ekologik va iqtisodiy savodxonlikni shakllantirish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |