Oʻzbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Malaka ishining maqsad va vazifalari



Download 72,64 Kb.
bet3/11
Sana11.07.2022
Hajmi72,64 Kb.
#776335
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
tuyuq

Malaka ishining maqsad va vazifalari. Lirik tur va uning janrlarini o‘quvchilarga tushuntirishda ta’limning samarali metodlarini qo‘llash. “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi” qabul qilinishi bilan boshlangan ta’limdagi keng qamrovli islohotlar bevosita ta’lim mazmunini yangilash va takomillashtirishni taqozo etadi. Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yo‘naltirilgan ta’limga qarab borish o‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.Komil insonni tarbiyalsh maqsadi ta’lim jarayoniga ijodkorlik bilan kompleks yondashishni taqozo etib , zamonaviy darslarni tashkil qilishga zamin yaratadi. .Binobarin, faqat ijodkorlik va mustaqil faoliyat muhitida tashkil etilgan ta’lim natijasidagina o‘quvchida o‘zligini shaxs sifatida namoyish eta olish ko‘nikmalari shakllanib boradi.

ASOSIY QISM

  1. Lirika haqida umumiy ma’lumot

Lirika (yun., cholg‘u asbobi) adabiy tur sifatida qadimdan shakllangan bo‘lib, o‘zining bir qator xususiyatlariga egadir. Lirikaning belgilovchi xususiyati sifatida uning tuyg‘u-kechinmalarni tasvirlashi olinadi. Ya’ni, epos va dramadan farq qilaroq, lirika voqelikni tasvirlamaydi, uning uchun voqelik lirik qahramon ruhiy kechinmalarining asosi, ularga turtki beradigan omil sifatidagina ahamiyatlidir. Shu bois ham lirik asarda voqelik lirik qahramon qalb prizmasi orqali ifodalanadi, yanayam aniqrog‘i, lirikada kechinmani tasvirlash uchun yetarli miqdordagi voqelik "parchalari", detallargina olinadi.
Lirikaning asosiy obrazi - lirik qahramon (ba’zan u lirik subyekt deb ham yuritiladi). Ko‘pincha lirik qahramon deganda muallif tushuniladiki, bu har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Zero, shoir o‘zining kechinmalarini tasvirlashi ham, o‘zganing ruhiyatiga kirgan holda o‘sha "o‘zga shaxs" kechinmalarini tasvirlashi ham mumkin bo‘ladi. Bu o‘rinda yana bir muhim masala shuki, she’rda xatto shoir o‘z kechinmalarini tasvirlagan holda ham lirik qahramon bilan real shoir orasiga tenglik alomati qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, birinchidan, L.Tolstoy aytmoqchi, inson qalbida mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha qalblar imkoniyat tarzida mavjuddir, shunga ko‘ra va ikkinchidan, shoir o‘zganing holatiga qirishi, ma’lum hayotiy situatsiyadagi istalgan insonning kechinmasini his qilishi ham mumkin. Masalan, Cho‘lponning "Men va boshqalar" she’ri garchi lirik "men" tilidan berilgan bo‘lsa-da, uning lirik qahramoni shoir emas, balki o‘zbek qizining umumlashma obrazi ekanligi oyday ravshan. Lirik qahramon, epik asar qahramonlaridan farqli o‘laroq, noplastik obraz sanaladi. Lirik asarda subyektning noplastik obrazi yaratilgani bois ham u o‘quvchi tasavvurida tashqi ko‘rinishi bilan gavdalanmaydi, mavhumligicha qoladi, aniqrog‘i, o‘quvchi o‘zini uning o‘rnida ko‘radi, uning kechinmalariga turtki bergan holatni his qiladi, ko‘nglidan kechgan kechinmalarni o‘z ko‘nglida ham kechiradi. Masalan, tubandagi she’rni shu jihatdan ko‘zdan kechirishimiz mumkin:

Download 72,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish