O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi tarbiya i-sinf uchun o‘quv-metodik qo‘llanma toshkent – 2020



Download 11,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/102
Sana18.01.2022
Hajmi11,44 Mb.
#390953
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102
Bog'liq
Тарбия 1 методика узб 15.10.2020

Dars yakunlarini chiqarish. 
O‘quvchilarda  tug‘ilgan  savollarga  javob 
berish; Vaqt qadri boyicha xulosani keltirish; 
Mavzu  bo‘yicha  ishlash  jarayonida 
o‘quvchilar quyidagilarni bilib oladilar:
• 
vaqtdan  unumli  foydalanish,  vaqtni  faqat 
mazmunli  va  foydali  ishlarga  sarflash  bo‘yi­
cha  bilimga  ega  bo‘ladi;  o‘quvchilar  bilimlarni  qaysi 
vositalar orqali oladilar?
 Uyga vazifa:
“Siz vaqtni qanday tasavvur qilasiz?” mavzu
-
sida kattalar ko‘magida rasm chizing.


57
Qo‘shimcha  o‘qish  uchun 
(O‘qituvchi 
tomonidan o’qib berish tavsiya etiladi)
:
O‘zbekistondagi eng katta dengiz – dunyoda 
nechanchi o‘rinda turadi?
Orol  dengizi  –  Oʻrta  Osiyodagi  eng  katta 
dengiz  hisoblanadi.  Hududlarni  egallashi  jihatdan 
Orol  dengizining  yarmidan  koʻproq  janubi­gʻarbiy 
qismi  Oʻzbekiston  Respublikasi  (Qoraqalpogʻiston), 
shimoli­sharqiy 
qismi 
Qozogʻiston 
hududida 
joylashgan. 
U  kattaligi  jihatidan  dunyoda  toʻrtinchi  (Kaspiy 
dengizi,  Amerikadagi  Yuqori  koʻl  va  Afrikadagi 
Viktoriya  koʻlidan  keyin),  Yevroosiyo  materigida 
(Kaspiydan  keyin)  ikkinchi  oʻrinda  edi.  Dengiz 
shimoli­sharqdan  janubi­gʻarbga  choʻzilgan,  uzunligi 
428 km, eng keng joyi 235 km boʻlgan. Havzasining 
kattaligi uchun dengiz deb atalgan.
Orolbo‘yi  hududi  o‘zining  xilma­xil  hayvonot 
va o‘simlik dunyosiga ega bo‘lib, ushbu havzada 38 
turdagi  baliq  va  kamyob  hayvonlar  mavjud  bo‘lgan. 
Jayronlar 1 million boshgacha yetib, flora 638 turdagi 
kamyob osimliklarni tashkil etgan.
Dengizga Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladi. 
Iqlimiy  oʻzgarishlar  natijasida  Orol  dengizi 
suvining  sathi  yillar  davomida  oʻzgarib  turgan. 
 
Orol  dengizida  suv  sathining  yil  davomida  oʻzgarib 
turishi  Amudaryo  va  Sirdaryoning  bahor­yoz 
paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Dengiz suvi, ayniqsa, 
markaziy  qismida  juda  tiniq.  Suvi,  xususan,  qishda 
tiniq  boʻladi. Yoz  oylarida  ham  24  m  chuqurlikkacha 
dengizning  tubi  koʻrinadi.  Suvining  rangi  koʻpgina 
qismida  koʻk,  qirgʻoqlariga  yaqini  koʻkimtir  tusda. 


58
Amudaryo  bilan  Sirdaryoning  quyilish  joyida  suvi 
loyqa. 
Orol  dengizi  atrofida  aholi  kam  boʻlgan.  Aholi, 
asosan,  baliqchilik  bilan  va,  qisman,  chorvachilik, 
ondatra  urchitish  va  sabzavot­polizchilik  bilan 
shugʻullangan. 
Hozirgi kunda Orol dengizi 3 boʻlakka boʻlingan: 
birinchisi – kichik va sayoz shimoliy qismi; ikkinchisi 
– nisbatan kattaroq maydonga ega boʻlgan va sayoz 
sharqiy  qismi;  uchinchisi  –  eng  chuqur  hisoblangan 
gʻarbiy qismi. 
1993­yilda  qardosh  davlatlar  –  Qozog‘iston, 
Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston hamda mamla­
katimiz  va  O‘zbekiston  ishtirokida  Orolni  Qutqarish 
Xalqaro Jamg‘armasi tashkil etilgan.
2018 ­yil  Mamlakatimiz  rahbari  tashabbusi  va 
qarori  asosida  Oʻzbekiston  Respublikasi  Prezidenti 
huzuridagi  Orolboʻyi  xalqaro  innovatsiya  markazi 
tashkil qilinadi.
Bugungi  kunda  orol  dengizining  suvi  qurigan 
yerlarida  ko‘plab  ko‘chat  ekilib,  yashil  hudud  – 
o‘rmonzor tahkil etilgan.
Yana  bir  qiziqarli  ma’lumot,  hozirda  orol  ichida 
yana  bitta  orolcha  bor.  Unda  21  xildagi  manzarali 
va  mevali  daraxt,  butalar  ekilgan.  Buni  ekishdan 
maqsad  orolni  o‘tlar  bilan  qoplash,  chorva  uchun 
ozuqa yetishtirish, eng muhimi orol atrofini obod qilib, 
uni saqlab qolishdir.


59

Download 11,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish