«Juft-juft bo‘lib yugurish»
Bolalar o‘z guruhlaridan juft-juft bo‘lib chiziq orqasida turadilar. Maydonchaning ikkinchi tomoniga guruhlar soniga qarab keglilar (stullar, to‘ldirma to‘p) qo‘yiladi. Tarbiyachining signali bo‘yicha guruhda turgan birinchi juft qo‘l ushlashib oldinda turgan narsa oldigacha boradi va uni aylanib o‘tib, yugurib o‘z guruhining oxiriga kelib turadi. Keyingi signal bo‘yicha ikkinchi juft yugurib chiqadi va h.k*
QoTlarini yonga tushirib turgan bolalar g‘olib hisoblanadi.
«Qarama-qarshi tomonga yugurib o‘tish»
Guruh teng ikkiga boTinadi. O‘yinchilar maydonning qarama-qarshi tomoniga chizilgan chiziq orqasida oralarida nomiga bir qadam joy qoldirib, qatorga saflanadilar. Har bir guruhda alohida rangli sariq, ko‘k lenta boTadi. Tarbiyachining «ko‘k» degan signaliga binoan ko‘k lenta ushlagan bolalar qarama-qarshi tomonga yugurib o‘tadilar. U tomonda turgan bolalar qoTlarini oldinga uzatib, ularning kelib qo'lga tegishlarini kutib turadilar. QoTiga tegilgan bola orqasiga o‘tadi va aylanib qoTini yuqoriga ko‘taradi va h.k.
«Polda qolma»
Tutuvchi tayinlanadi. Bolalar maydonchaning har yerida turadilar. Tarbiyachining topshirig‘iga binoan ular tutuvchi bilan birgalikda shartli musiqa jo‘rligida: childirma, chapak ovozi va h.k. ostida maTum tezlikda va maromda yuradilar, yuguradilar, sakraydilar. Tarbiyachining «tut» degan signali berilishi bilan hammalari tutuvchidan qochib, maydonda qo‘yilgan narsalar uchtiga chiqib oladilar. Tutuvchi qochuvchilarni tutishga harakat qiladi. Tutuvchining qoTi tekkan bola shu zahotiyoq chetga chiqadi. O‘yin 2-3 marta qaytarilgach, tutilganlar sanaladi va yana tutuvchi tayinlanadi. O‘yin qaytadan boshlanadi.
Tarbiyachi balandlikdan bolalaming ikki oyoqda sakrab tushishlarini kuzatib turadi, ularni maydon bo‘ylab har tomonda, ustiga chiqib olish kerak boTgan narsalardan yugurib borishga o‘rgatadi.
«Qarmoq»
Bolalar oralarida biroz joy qoldirib, doira bo‘lib turadilar. Tarbiyachi doira o‘rtasida turadi. U uchiga qumli xaltacha bogTangan chilvirni doira bo'ylab aylantiradi. Bolalar xaltachani kuzatib boradilar va yaqin kelishi bilan oyoqlariga tegib ketmasligi uchun yuqoriga sakraydilar. Oyog‘iga xaltacha tekkan bola orqaga bir qadam tashlaydi va vaqtincha o‘yindan chiqadi. Tezda tanaffus qilinadi va o‘yin qaytadan boshlanadi, unda hamma bolalar qatnashadi.
Chilvir uchiga bogTangan xaltacha yerga sudralib aylantirilishi kerak. Agar bolalar bu vazifani osonlikcha bajarsalar, xaltachani poldan biroz ko‘tarish mumkin. Chilvirni soat mili yo‘nalishiga qarab emas, teskari tomonga qarab ham aylantirish mumkin.
O‘yinni murakkablashtirish uchun ikki sakrash o‘rtasida bolalarga qo‘shimcha topshiriq: O‘tirib turish, 1-2 marta aylanish va h.k. vazifalarini berish mumkin. Yuqoriga sakrash o‘rniga «qarmoqdan» orqaga sakrash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |