«Sichqonlar»
Bolalar kichikroq rypyhga yoki qatorda tizzalarini baland ko‘tarib, lekin faqat oyoq uchlarida, oddiy yurish bilan almashib yuradilar. Bolalar o‘zlarini to‘g‘ri ushlashga harakat qilishlari, oyoq uchida tovushsiz yurishlari kerak.
«Tegib ketma»
Bolalar bir-birlarining orqalaridan borib, tegishli ishyolar (kubiklar, toshlar, bayroqchalar, kichik chambaraklar) qatorini aylanib o‘tadilar. Bolalar bir-birlari oralaridagi masofani saqlagan polda ularga tegmasdan, ashyolarni aylanib o‘tishlari kerak.
«Kim tezroq tosh yig‘ib oladi»
Maydonchaga toshlar qo'yiladi. Bolalar maydon bo‘ylab vurib, ularga tegib ketmaslikka harakat qiladilar. I arbiyachining: «Olinglar», degan signalidan keyin bolalar it zda toshlarni terib olishga harakat qiladilar. Ko‘proq tosh icrib olgan bolalar rag‘batlantiriladi. Toshlar signal berilgandan keyin terib olinadi. Toshni yonidagi o‘rtog‘idan tortib olish mumkin emas.
«Bog‘ hovliga sayohat»
Bolalar ikki rypyhra bo‘Iinadilar: Birinchi rypyh bolalari oldindan belgilab qo‘yilgan poyezd stantsiyasida kutib i uradilar. Ikkinchi rypyh bolalari esa poyezdni aks ettiradilar
«O‘z joyingga qaytib kel»
Bolalar ikkita qatorda turadilar. Har bir bola orasidagi masofa kamida 1 metr bo‘ladi. Har bir boia o‘z joyini toshlar (barglar, bayroqchalar) bilan belgilab qo‘yadi. Tarbiyachi bir-ikki, deb sanaganidan keyin bolalar o‘ngga, so‘ngra chap tomonga 3-4 ta qo‘shimcha qadam qo‘yadilar va o‘z joylarini topib olishga harakat qiladilar. O‘yinda oldinga va orqaga qo‘shimcha qadam qo‘yib yurish ham mumkin.
«Darvoza»
Bolalar maydon bo‘ylab qo'llarini ushlashib, juft-juft bo‘lib yurishadi. Tarbiyachining «darvoza» signali bo‘yicha bolalar joylarida to‘xtaydi va qo‘llarini yuqoriga ko'taradi. Qator oxiridagi juft bola darvoza tagidan oldinga o‘tadi va birinchi bo‘lib turadi. Yurish davom etadi.
O‘yin qoidasi shuki, bolalar qo‘llarini ushlashib, juft-juft boTib yuradilar, birgalikda harakat qiladilar. O‘yinni murakkablashtirish uchun bolalar qoTlarini ushlamasdan, juft-juft boTib yuradilar. «Darvoza» signali berilishi bilan qoTlarini ushlashib, tezda yuqoriga ko‘taradilar. Oxirgi juft uning tagidan o‘tadi.
«Sovg‘a»
Bolalar qoTlarini ushlashib, doira hosil qiladilar. Bitta bola doiraning o‘rtasida turadi. Bolalar doira bo‘ylab yurib, quyidagi she’rni aytadilar:
Biz hammaga sovg'a, hadya keltirdik,
Kim nimani xohlasa, o ‘shani oladi.
Manna, sizga yarqiragan lenta bilan qo‘g‘irchoq,
Ot, pildiroq va samolyot.
Bolalar she'rni aytib boTishlari bilan to‘xtaydilar. Doira o‘rtasidagi bola yuqorida nomlari aytilgan sovg'adan qaysi birini olishini aytadi. Agar u ot nomini aytsa, irg‘ishlab sakraydilar, qo‘g‘irchoq desa — o‘ynaydilar, pildiroq desa aylanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |