O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 16 –umumiy



Download 120 Kb.
bet1/4
Sana11.12.2019
Hajmi120 Kb.
  1   2   3   4
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani 16 –umumiy

o’rta ta’lim maktabi informatika fani o’qituvchisi

Turakulov Olimning “Standart funksiyalar va algebraik ifodalar” mavzusida yozilgan


( IX-sinf )



Mavzu: Standart funksiyalar va algebraik ifodalar

Maqsad:

a) Ta’limiy maqsad: Standart funksiyalar va algebraik ifodalar haqida ma’lumot berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: Kompyuterning qurilmalariga, kompyuter dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.

c) Rivojlantiruvchi maqsad: Standart funksiyalar va algebraik ifodalar bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.

Tayanch kompetensiya: axborot kommunikatsion texnologiyasidan foydalanishda xorijiy tildagi atamalarni mazmunini tushungan holda uni jarayonga qo‘llash;

Fanga oid kompetensiya: axborot manbalaridan axborotlarni izlab topadi va yig‘a oladi; sodda grafik muharrir va uning imkoniyatlarini biladi; izlab topilgan grafik axborotlarni saqlaydi va foydalana oladi;

Dars turi: Aralash

Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan noan’anaviy dars.

Darsning jihozi: Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor,plakatlar,darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.

Darsning rejasi:

1. Tashkiliy qism (2 minut).

2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.

3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).

4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).

5. O’quvchilarni baholash (3 minut)

6. Uyga vazifa berish (2 minut).

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashiladi, davomat aniqlanadi, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yiladi.

2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.

1. Model nima va uning qanday turlari mavjud?



2. Paskal dasturlash tili qachon va kimlar tomonidan yaratilgan?

З. Dasturlash tillari necha guruhga bo`linadi?

4. Algoritm nima?

5. Frac(x) funksiyasi qanday vazifani bajaradi?



3. Yangi mavzu bayoni:

Funksiya tushunchasi sizga matematika fanidan ma’lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratgansiz. Masalan, chiziqli, kvadratik, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan Paskal dasturlash tilida ham foydalaniladi. Paskalda funksiyalardan foydalanish qulay bo‘lishi uchun ba’zi funksiyalar dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan. Dastur translyatori ta’minotiga kiritilgan funksiyalar standart funksiyalar deyiladi. Bu funksiyalarning ko’pchiligi sizga Excel dasturi orqali tanish.



Quyida Paskalning ba’zi standart funksiyalarini izohi bilan keltiramiz:


Funksiya nomi

Argument turi

Qiymat turi

Izoh
Matematik funksiyalar

Abs(x)

butun/haqiqiy

butun/haqiqiy

x ning absolyut qiymati (moduli) – |x|

Sin(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning sinusi (radian o‘.b.) –sinx

Cos(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning kosinusi (radian o‘.b.) –cosx

Arctan(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning arktangensi – arctgx

Sqrt(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning kvadrat ildizi – (x  0)

Sqr(x)

butun/haqiqiy

butun/haqiqiy

x ning kvadrati – x2

Exp(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

ех (e = 2. 718282. . . )

Ln(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning natural logarifmi (x > 0)

Frac(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning kasr qismi {x}

Int(x)

butun/haqiqiy

haqiqiy

x ning butun qismi [x]

Random

-

haqiqiy

[0, 1) oraliqdagi tasodifiy son

Random(x)

Word

Word

[0, x) oraliqdagi tasodifiy son
O‘zgaruvchilar turini o‘zgartiruvchi funksiyalar

Trunc(x)

haqiqiy

LongInt

x ning butun qismi

Round(x)

haqiqiy

LongInt

x ni yaxlitlaydi

Odd(x)

butun

mantiqiy

x – toq son bo‘lsa “rost” qiymat oladi

Chr(x)

Byte

Char

x ning o’nlik ASCII kodiga mos belgi

Ord(m)

Char

Byte

m‘ belgining o’nlik ASCII kodi


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa