Modulning ta’limdagi oʻrni
Tinglovchilarni ta’limda axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan tanishtirish, amalda qoʻllash va shu orqali ta’lim samaradorligini ta’minlash.
1.4. Fizika fanini oʻqitishda AKT dan samarali foydalanish moduli boʻyicha soatlar taqsimoti
№
|
Modul mavzulari
|
Nazariy
|
Amaliy
|
Jami soatlar
|
1.
|
Fizika fanini oʻqitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish
|
2
|
|
2
|
2.
|
Fizika darslarida Edraw Max dasturidan, Crocodile Physics, Crocodile Technology, Yenka Electricity and Magnetism, Phun physics, Beginnings of Electronics dastur imkoniyatlaridan foydalanish.
|
|
2
|
2
|
3.
|
iSpring Suite dasturi yordamida elektron didaktik materiallar tayyorlash. PHET dastur paketi imkoniyatlari.
|
|
2
|
2
|
4.
|
Fizika fanini oʻqitishda amaliy dasturlar va multimedia texnologiyalarini qoʻllash.
|
|
2
|
2
|
5.
|
Oʻquv mashgʻulotlarini samarali tashkil etishda elektron koʻrgazmali didaktik materiallarni tayyorlash va taqdim etish imkoniyatlari.
|
|
2
|
2
|
6.
|
Ta’lim jarayonida Web texnologiyalardan foydalanish.
|
|
2
|
2
|
7.
|
Pedagogik faoliyatda elektron ta’lim kontentini yaratish.
|
|
2
|
2
|
|
Jami
|
2
|
12
|
14
|
“Fizika fanini oʻqitishda AKT dan samarali foydalanish”
moduli oʻquv dasturi
NAZARIY MASHGʻULOTLAR MAZMUNI
1-Mavzu: Fizika fanini oʻqitish jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish.
Oʻzbekiston Respublikasi XTVning 2011 yil 23 martadagi “Umumta’lim maktablarida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchilarning zamonaviy AKTdan foydalanish toʻgʻrisida”gi 61-sonli buyrugʻi,2013 yil 27 iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikasiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-1989-sonli qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 noyabrda “Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4024-son qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyulda “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida gi 589-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-2020 yillarda Respublikadagi umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash hamda xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida ID-21101 qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2019-2020 yillarda ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikasiya texnik vositalari bilan jihozlash hamda xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish boʻyicha “Umumta’lim maktablarini kompyuter texnikasi bilan ta’minlash dasturi” hamda “Xalq ta’limi tizimida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini joriy etish dasturi” amaliyotga joriy etish masalalari kiritildi.Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan qarorlar zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari va ulardan ta’lim jarayonida foydalanish imkoniyatlari boʻyicha aniq yoʻnalishlar takidlab oʻtilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |