O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi



Download 0,78 Mb.
bet164/199
Sana17.07.2022
Hajmi0,78 Mb.
#812321
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   199
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloya

Ona tili darslari
Darsning umumiy tasnifi. Maktabda dars o’quv-tarbiya jarayo-nini tashkil qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Shunday ekan, ona tili o’qitishning samraliligi darsning sifatiga bevosita bog’liq.
Darsga quiilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabist-larda qsng yoritilgan. Ularni ona tili o’rgatishga tatbiq. qilib, metodik aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga quyilgan talablar quiidagicha bo’ladi:

  1. Yangi bilim berish, ularni nutq praktikasiga tatbiq etish va o’quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o’quvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining g’oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo’lishiga, tilni o’rganish jarayonida bolalarda dunyoqarash elsmentlarini shakllantirishga alohida ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslarigina zarur ahloqiy sifatlar tarbiyalanadi.

Ona tili darslarida o’zbek tiliga muhabbat va so’zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o’rganish jarayonida leksik-stilistik ishlarga katta o’rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yo’ksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.
Ona tili o’qitish jarayoni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo’lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik , tashabbuskorlik sifatlarini ham tarbiyalaidi.
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga yo’naltirilganligi. Yangi material o’rgatiladigan darsnipg logiqasi o’rganiladigan til hodisasi va uning lingvistik moxiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga ma’lum darajada sabab bo’ldi. O’qituvchi bu o’zaro bog’lanishni bilishi va uni uq,uvchilar bilan birga topshiriqlarni bajarish davomida asta ocha borishn muhimdir.
Agar dars grammatik bilimlarni mustaxhamlash, orfografik ko’nikmalarni shakllantirish maqsadini o’z oldiga qo’ysa, dars­ning mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o’rganib olishlari uchun bir-ikki mashq kollektiv ravishda bajariladi. O’quvchilar mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan mashqlar urtasidagi bog’lanishni shakllantiradigan ko’nikmaning xususiyati ham sabab bo’ladi. O’quv materialining mavzuga va darsning maqsadiga mos bo’lishi uning maqsadga yunaltirilishini ta’minlaydi. Darsda foydalaniladigan barcha o’quv materiallari (shu jumladan, til faqtlarini kuzatish , imlo va nutqqa oid mashqlarnn bajarish uchun tanlanadigai materiallar ham) darsnpng maqsadiga juda mos bo’lishi zarur.
III. Ona tili darsi, avvalo, o’quvchilar nutq va tafakkurini o’stirish darsidir. Ona tili darslari ijtimoiy-foydali bo’lishi uchun o’quvchilarda o’z fikrini grammatik to’g’ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar fikrini bsra olish ko’nikma sini shakllantirish ga qaratilishi lozim. Ona tili darslarida nutq o’stirish ko’rsat masi grammatik matsrialni o’rgatishda o’quvchilar tilimizdagi har bir so’z turkumi yoki so’z qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan metodik usullarni qo’llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya grammatik turi va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish malakalarini o’stirishga amalda tatbist etish uchun o’rgatiladi. Darsda bolalar nutqini o’stirish darsning mazmunida va darsda qullannilgan vazifalar turlarida o’z aksini topadi.
Grammatik , so’z yasalishiga oid, orfografik materiallarni o’rganishni nutq o’stirish bilan bog’lash o’quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish hisoblanadi. Bolalar nutqini o’stirish jarayoni ularning tafakkurini o’stirish bilan bog’liq.
Ona tili darsi o’quvchilar taffakurini o’stirish ustida ishlash maqsadiga yunaltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan grammatik va orfografik materialni o’rganish jarayonida shu materialni yaxshiroq o’zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni o’tkazish tushuniladi. Masalan, «o’zakdosh so’zlar» tushunchasini shakllantirish uchun so’zlarning leksik manosi va morfemik tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o’zakning mavjudligini) bilish lozim. O’quvchilar tafakkurini o’stirish uchun o’qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa turlarini tanlaydi, darsning materialini va unn o’zlashtirishda bolalar bajaradigan aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi.
O’quvchilarga beriladigan nazariy. bilim tildan ongli foydalanish imqonini beradi. Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda bo’lsa ham, o’quvchilarning til hodisalari o’rtasidagi bog’lanishni bilib olishiga e’tibor berish demaqdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilari bunday bog’lanishni bilsalar, n i m a u ch u i shunday? surogiga javob topa oladilar. Masalan, nima uchun paxtakor so’zi kelishik va egalik qo’shimchalari bilan turlanadi, etishtirdiq so’zi esa shaxs-son qo’shimchalari bilan tuslanadi.
Ona tili darslarining foydali bo’lishiga darsda ogzaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o’tkazish (darsning taxminan turtdan uch qismini yozma ishlar tashkil qilishi lozim), o’quvchilarning o’quv ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o’z vaqtida xatolarning oldini olish va to’g’rilash, texniqa vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko’rsatadi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   199




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish