O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/88
Sana23.04.2022
Hajmi2,14 Mb.
#576220
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88
Bog'liq
O`quv uslubiy majmua

2.2.
 
Biologik ta’lim mazmuni va uning tarkibiy qismlari 
Har qanday o‘quv fanini o‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta ahamiyatga 
ega bo‘ladi. Bunga asosiy sabab o‘quv fani mazmuni o‘sha fanning o‘ziga xos 
yo‘nalishi, o‘qitish tizimi, metodlari, vositalarini belgilab beradi. O‘quv fanining 
mazmuni o‘quv dasturlari, darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari orqali aniqlashtiriladi. 
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari 
bo‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda sitologiya, 
biokimyo, genetika, evolyusion ta’limot majmuasidan iborat bo‘lgan biologiya o‘quv 
fanlari hisoblanadi. Mazkur o‘quv fanlaridan turli xil o‘simliklar, hayvonlar, 
odamlarning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tashqi muhit bilan bog‘liqligi 
to‘g‘risida hamda hujayra, uning organoidlarining tuzilishi, funksiyasi, irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik, evolyusion ta’lim va shu kabi bilimlar beriladi. Biologik ta’limning 
tirik tabiatdagi narsa-hodisalarni alohida-alohida o‘rganish emas, balki ularning bir 


34 
yaxlitligini, o‘zaro bog‘liqligini ifoda etgan holda o‘qitilishi taqozo qilinadi. 
Didaktikada ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari juda ko‘p tadqiqotchilar 
tomonidan aniqlangan. Jumladan, akademik I.YA. Lerner tomonidan ta’lim 
mazmunining tarkibiy qismlariga quyidagilar kiritilgan: bilimlar (ilmiy tushunchalar, 
g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar); faoliyat usullari (ko‘nikma va malakalar); ijodiy 
faoliyat tajribalari; qadriyatlar tizimi. 
Biologiya o‘quv fanining bilimlar tarkibiy qismiga birinchi navbatda ilmiy 
tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim sohalariga oid xususiy va biologiyaning 
barcha sohalariga xos bo‘lgan umumiy biologik tushunchalardan tashkil topadi. 
Umumiy biologik tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, 
modda va energiyaning almashinuvi, organizm va muhitning o‘zaro birligi, irsiyat va 
o‘zgaruvchanlik, organik olam evolyusiyasi tushunchalari kiradi. 
Biologiya o‘quv fani mazmunining bilimlar tarkibiy qismiga g‘oyalar ham 
kiradi. Biologiya ta’lim mazmunida o‘quvchilar ongiga quyidagi g‘oyalar singdiriladi: 
organik olam evolyusiyasi; tirik tabiat tuzilishining har darajada ekanligi; organ tuzilishi 
bilan funksiyasining o‘zaro bog‘liqligi; biologik sistemalarning tabiiy muhit bilan 
aloqadorligi; o‘z-o‘zini boshqarish; nazariya bilan amaliyotning birligi. 
Biologik qonunlar ham biologiya o‘quv fani mazmunining tarkibiy qismi 
hisoblanadi. Biologik qonunlar sirasiga Mendel va Morganning irsiyat qonunlari, Ber 
qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning biogen migratsiyasi qonuni va h.k. 
Biologiya fani mazmunining yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. 
Umumiy o‘rta ta’lim biologiya o‘quv ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olam 
evolyusion nazariyasi, A.N.Seversovning filembriogenez nazariyasi, T.Morganning 
xromosoma nazariyasi va hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan. 
YUqorida qayd etilganidek, ta’lim mazmunining asosiy qismini bilimlar (ilmiy 
tushunchalar, g‘oyalar, qonunlar, ilmiy nazariyalar) tashkil etadi. 
Faoliyat usullari ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘lib, o‘quvchilar 
tomonidan o‘quv dasturida ko‘zda tutilgan ko‘nikma va malakalarni egallashini 
belgilaydi. 
Ta’lim mazmunining uchinchi tarkibiy qismi bo‘lgan ijodiy faoliyat tajribalari 
o‘quvchilarning avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan 
vaziyatlarda qo‘llash orqali tarkib toptiriladi. SHu sababli, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya 
jarayonida bilimlarni tayyor axborot shaklida emas, balki muammoli vaziyatlarni 
vujudga keltirish natijasida o‘quvchilarning avvalgi mavzularda o‘zlashtirgan bilim, 
ko‘nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llashiga imkon yaratishi, 
ularda mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarining tarkib topishiga zamin 
tayyorlashi zarur. 
Ta’lim mazmunining to‘rtinchi tarkibiy qismi bo‘lgan qadriyatlar tizimi o‘qitish 


35 
jarayonida ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlash, o‘quvchilarni milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutadi. Mazkur tarkibiy qismni 
o‘quvchilarda shakllantirish biologiyani o‘qitishda ta’lim-tarbiya masalalariga bog‘liq 
holda yoritiladi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish