O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet42/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

Ayrim yozuv qoidalari. Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni belgilangan qiyalikda qo‘yish; ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; har bir harfni to‘g‘ri tutashtirish, harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq yozish.

  1. sinf. Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.

Ayrim yozuv qoidalari: daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash; har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozish; harf

va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.



  1. sinf. Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash. Bir chiziqli daftarda harflarning balandlik va kenglik o‘lchamiga rioya qilib yozish. YOzilishi qiyin ayrim bosh va kichik harflarni yozishga, Shuningdek, harflarni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilish, so‘zlar, gaplarni ko‘chirib yozish, eshitib yozish.

Bog‘lanishli nutqqa oid mashqlar dastur materiallarini o‘rganish jarayonida unga bog‘liq holda o‘tkaziladi.

  1. sinf. Ona tili darslarida “Husnixat daqiqa”lari uchun 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi. Chiroyli yozish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bo‘g‘in, so‘z, gap matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish; matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; so‘zlar orasidagi masofaning bir xilligiga, harflarning to‘g‘ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‘zining va o‘zgalarning yozuvini grafik tahlil qila olish kabi malakalari takomillashtiriladi.

O‘quv yili oxiridagi takrorlash o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, asos, so‘z yasovchi, gapda so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi. O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan, o‘quvchilarning lug‘at boyligiga qo‘shilgan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda berilgan. Darslikda notanish so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirish talab qilinadi.

O‘quv yili oxiridagi takrorlash o‘rganilgan bilimlarni eslatish orqali sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‘tkaziladi. O‘quvchilar bir darsda bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn, gap, gap bo‘laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‘g‘in, alifbo, asos, so‘z yasovchi, gapda so‘zlarni bog‘lovchi qo‘shimcha, so‘z turkumlari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu o‘qituvchining boshqa sinflarda ta’lim jarayonini to‘g‘ri tashkil etishini ta’minlaydi. O‘quvchilar bilan o‘quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan, o‘quvchilarning lug‘at boyligiga qo‘shilgan ayrim so‘zlar darslik oxiridagi lug‘atda berilgan. Darslikda notanish so‘zlar ma’nosi berilgan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni o‘zlashtirish talab qilinadi.

Chiroyli yozuv imlo bilan chambarchas bog‘liq. O‘quvchining imloviy savodxonligi haqida g‘amxo‘rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to‘g‘ri ifodalash, kishilar bilan o‘zaro xatosiz muomala uchun g‘amxo‘rlik demakdir. Shu sababli ham savod o‘rgatish davridan bolalarda grafik malakalarni shakllantirish bilan birga imloga oid malakalarning shakllanishiga zamin yaratiladi.

Ma’lumki, savod o‘rgatish davrida o‘quvchi gapni bosh harf bilan yozish, so‘zning satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga ko‘chirish, kishilar ismi, sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini amaliy tarzda o‘rganadi.Chiroyli yozuv darslarida so‘zlar, gaplar, matnlar yozish, ularning imlosini tekshirishi orfografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, imlo qoidalarini puxta egallashlariga zamin yaratadi.

Insonning yozma nutqi harflar orqali shakllanadi. Husnixat darslarida savodli yozuv grafik malakalar bilan shakllantirilishi asosiy vazifa hisoblanadi. Har bir harfning aniq yozilishi yozuvning aniq va ravon bo‘lishini ta’minlaydi. Buning uchun harflarning shaklini to‘g‘ri yozish, ularni to‘g‘ri ulashning ahamiyati kattadir. Harflarni bosmasdan bir tekisda yozish, elementlarni ajratmasdan bog‘lash, so‘zlarni qatorda to‘g‘ri joylashtirish, yozuv vaqtining belgilab olinishi, tahlil ishlarining (bo‘g‘in-tovush, tovush-harf, imloviy tahlil), ya’ni fonetik- grafik tahlilning amalga oshirilishi muhim sanaladi.

Husnixat darslarida o‘quvchilar quyidagi talablarga amal qilishlari lozim.



  1. Husnixatning gigenik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. 1-sinfda xat-savod o‘rgatish davrida bolalar yozuvga bevosita yozuv daftarlaridagi materiallar asosida o‘rgatiladi.

  2. Grafik me’yorlarga amal qilish. Bunda harflar elementining qiyaligiga, harflar bo‘yining tengligiga, harflar va so‘zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo‘lishiga e’tibor berilishi kerak.

  3. Harflar qiyaligini to‘g‘ri saqlash. Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda bo‘lishi mumkin. Agar harflarning asosiy elementlari daftar chizig‘iga nisbatan tik holatda bo‘lsa, yozuv holati ham tik bo‘ladi. Harf elementlari o‘ng tomonga qiya bo‘lib, o‘tmas burchak hosil qilishi ham mumkin. Biz o‘quvchilarni o‘ng tomonga qiya qilib (65°) yozishga odatlantirishimiz lozim.

O‘ng qo‘l bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o‘ng tomonga moslashtirilishi faqat harflarning shaklini Chiroyli qilish uchun emas, yozuvning qulayligi uchun ham mos keladi. Yozuvning qiyaligini to‘g‘ri saqlash, qo‘l va barmoqlarni ortiqcha zo‘riqtirmaydi.

Yozuvning o‘ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga erkin yuritish uchun qulay bo‘lib, parta ustidagi daftarning turish holatiga bog‘liqdir.

Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo‘lishi o‘z-o‘zidan yozuvning qiyaligini ta’minlaydi.

Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o‘zgarsa ham, yozuvning qiyaligi o‘zgarmasligi mumkin. Shuninguchun qiya chiziqli daftarlardan faqat dastlabki paytlarda foydalaniladi.

Qiya yozishga o‘rgatishning o‘ziga xos usullari mavjud. O‘quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib mashq qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalarning farqini o‘rgatish zarur.

Buning uchun o‘qituvchi doskada ikki xil shaklda (qiya va tik) tayoqchalar shaklini yonma-yon yozib ko‘rsatadi, ularning farqlarini tahlil qilib beradi. Bunday mashqlar xotirada uzoq vaqt saqlanib, xatolarning oldi olinadi.

Shuningdek, yozuv qiyaligining to‘g‘ri bo‘lishi uchun daftarning qiya holatini ham hisobga olish lozim ekanligi tushuntiriladi va ko‘rsatiladi. Daftarning parta ustida noto‘g‘ri turishi gigenik qoidalarning buzilishiga ham sabab bo‘ladi, chunki o‘quvchi yozuvning qiyaligini saqlash uchun gavdasini daftarning noto‘g‘ri holatga moslaydi.


  1. Daftarni partada yozish talablari asosida tutish.

Daftarning pastki chap burchagi ko‘krak o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lishi yoki daftarning qiya chizig‘i (agar qiya chiziqli daftar bo‘lsa) partaning chetiga tik bo‘lishi kerak.

Daftar beti satrlarga to‘lib borgan sari yuqoriga surilib boradi. CHap qo‘l bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining ustiga ikki o‘quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya chiziq tekshiruv chizig‘li sifatida chizib qo‘yiladi. Bu chiziqning pastki uchi o‘quvchilarning chap ko‘kraklari o‘rtasiga to‘g‘ri bo‘lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65° qiya bo‘ladi.

Agar daftarning chap beti to‘lsa, daftarning buklanadigan joyi tekshiruv chiziqqa to‘g‘irlab olinadi va o‘ng betiga yozishga o‘tiladi.

O‘quvchilarda harflarni qiya yozishga o‘rgatish malakasini oshirish ancha murakkab jarayon bo‘lib, o‘qituvchidan chidam, sabr-toqat, kuch talab qiladi. Muntazam ravishda turli mashqlar olib borish, o‘quvchilar harakatini qunt bilan kuzatib borish natijasida ko‘zlangan maqsadga erishiladi.

O‘qituvchi tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga qaramay, ayrim o‘quvchilar harflar qiyaligini to‘g‘ri belgilay olmaydi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Buning uchun kamchiliklarni tuzatish maqsadida grafik mashqlar berilishi kerak. O‘quvchilarga dastavval daftar satriga bir nechta harf yozdirib, ular orasiga qiya chiziqlar qo‘yiladi va harflar shu chiziqlarga taqqoslash orqali xatolar tushuntiriladi, tuzatishga kirishiladi.


  1. Harflarni bir tekis bosimsiz yozish. Harflarni bir tekisda yozish ham Chiroyli yozuv malakalarini shakllanishida asosiy o‘rin tutadi.

  2. Ruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo‘sh ushlash harflarni tekis yozishga imkon yaratadi.

  3. Bosimsiz yozish harflarning umumiy ko‘rinishi bir tekis va Chiroyli bo‘lishi, tez yozish malakasining shakllanishi va bog‘lab yozishni to‘g‘ri amalga oshirishda engillik tug‘diradi.

  1. O‘qituvchi doskada harflarni bo‘r bilan yozib ko‘rsatadi. Bunda o‘qituvchi ham bo‘rni qattiq ushlamay, bosimsiz bir tekis yozishi lozim.

  2. O‘quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko‘chirtirmaslik kerak.Bosimsiz, bir tekis yozishga darsning dastlabki kunlaridanoq odatlantirib borish kutilgan samara beradi, o‘quvchining qo‘lini toliqtirmaydi.

  3. Harflarning tutashtirilishini to‘g‘ri ifodalash. Husnixat darslarida harflarning shakllarini yozib tugatganlaridan keyin o‘qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo‘shib yozishga o‘rgatishdan iborat.

  4. Harflarni elementlarga ajratmay, bog‘lab yozish. Harflarni qo‘shib yozilishini ta’minlash uchun ayrim chiziqlar o‘z harakati bo‘yicha orqaga qaytadi. Bunday harakatlar chiziq doira shaklidagi harflarda ko‘proq kuzatiladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilishi zarur bo‘lgan eng asosiy yozuv usullari haqida fikr yuritamiz. Bu metod va usullar quyidagilardir:


Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish