O‘z o‘zini nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ochiq darslarni tashkil etishga qanaday talablar qo`yilgan?
Nima sababdan dars mashg‘ulotlari loyihalashtiriladi?
Darsning texnologik xaritasini tuzishda o‘qituvchi nimalarni inobatga olishi lozim?
KEYSLAR TO‘PLAMI
KEYS: O‘quvchilarning yozma ishida uchraydigan xatolar.
Orfografiya grekcha so‘z bo‘lib, to‘g‘ri yozish ma’nosini ifodalaydi. Tilshunoslikning orfografiya bo‘limi yozma nutqni shakllantiradi. YOzma nutqni ifodalashda grafik yozuv orqali amalga oshiriladi. YOzuv orqali voqea-hodisani kishilarga etkazishda, tashkilotlar bilan yozma aloqa qilishda faqat grafikaning o‘zi kifoya qilmaydi, etarli bo‘lmaydi. YOzuv orqali so‘z - tovush qanday talaffuz qilinsa, shunday yozish tushuniladi. Tilning tovush tarkibi yozuvga nisbatan murakkabdir. Bunday murakkablik "O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati"da o‘z aksini topgan. Masalan, tomosha, tomasha, tamosho kabi turlicha talaffuz qilinadi. Go‘sh, pas, Samarqand so‘zlariga orfografik qoida asosida "t,d" harflari qo‘yib yoziladi, tomosha tuzilishi qoidalashtirilgan. Orfografik qoidalar o‘zbek xalqining so‘zlar yozuvini bir xil yozma ifodalashni ta’minlaydi. Demak, orfografiya tilidagi so‘z asos-negizlari va qo‘shimchalarni yagona tarzda yozish qoidalarining yig‘indisidir.
Boshlang‘ich sinflarda so‘zninig satrga sig‘may qolgan qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab ko‘chirib yozishni, bunda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi qatorda qoldirib va keyingi qatorga bo‘g‘inlab ko‘chirib yozishni, unda bo‘g‘in hosil qilgan bir unli harfni oldingi qatorda va keyingi qatorga ko‘chirib yozib bo‘lmasligini, gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo‘yilgan nomlarda bosh harf ishlatilishini bilish, singil, ko‘ngil kabi so‘zlarni bo‘g‘inga to‘g‘ri bo‘lish, qo‘shma so‘zlarni ajratib yoki qo‘shib yozishni, juft so‘zlarni chiziqcha bilan yozishni o‘rgatishdek imloviy vazifalar turadi.
Aynan ana shu masalalarni chuqur o‘rganish “Keys stadi”ga asoslangan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha haqida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish.
XATO TURLARI. TEKSHIRUV DIKTANTIDA QANDAY XATO TURLARI FARQLANADI?
vaziyat
Uslubiy qo‘llanmalarda xato turi ikki xil belgilanadi: jiddiy xatolar, juz’iy xatolar.
Jiddiy xatolar bahoning pasayishiga olib keladi. Juz’iy xatolar kechirimli yoki bahoga ta’sir etmaydi , deyish mumkin.
Boshlang‘ich sinf yozma ishlarida xatolarning imloviy, uslubiy, ishorat, grafik turlari uchraydi.
AMALIY VAZIYATNI BOSQICHMA - BOSQICH TAHLIL QILISH VA HAL ETISH BO‘YICHA TINGLOVCHILARGA USLUBIY
KO‘RSATMALAR Tinglovchilarga yo‘riqnoma
Ish
bosqichlari
|
Maslahatlar va tavsiyanomalar
|
1. Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish
|
Avvalo keys bilan tanishing. Mavzu haqida tushuncha hosil qilish uchun bor bo‘lgan butun axborotni diqqat bilan o‘qib chiqish lozim. O‘qish paytida vaziyatni tahlil qilishga shoshilmang.
|
2. Berilgan vaziyat bilan tanishish
|
Ma’lumotlarni yana bir marotaba diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz uchun muhim bo‘lgan satrlarni belgilang. Bir abzatsdan ikkinchi abzatsga o‘tishdan oldin, uni ikki uch marotaba o‘qib mazmuniga kirib boramiz. Keysdagi muhim fikrlarni qalam yordamida ostini chizib qo‘ying. Vaziyat tavsifida berilgan asosiy tushuncha va iboralarga diqqatingizni jalb qiling.
|
3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish
|
Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb qiling. Asosiy muammo: Diktant turlari, xato turlari.
Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling.
|
|
Tilning tovush tarkibi yozuvga nisbatan murakkabligini tushuntiring.
Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini izohlang.
Boshlang‘ich sinflarda qanday imlo qoidalari o‘rganiladi?
Talaffuzda kamchiligi bor bolalar qanday imlo xatolarga yo‘l qo‘yadilar?
Savod o‘rgatish davrida imlo qoidalarini o‘zlashtirishda qanday usullardan foydalaniladi?
Asosiy muammomaga qaratilganini aniqlang. Muammoning asosiy mazmunini ajratib oling. Muammoli vaziyatni tahlil qilish - ob’ektning holatini aniqlang, asosiy qirralariga e’tibor qarating, muammoli vaziyatning hamma tomonlarini tahlil qiling.
|
4. Muammoli vaziyatni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash
|
Ushbu vaziyatdan chiqib ketish harakatlarni izlab topish maqsadida quyida taqdim etilgan “Muammoli vaziyat T-jadval”ini to‘ldirishga kirishing. Muammoni echish uchun barcha vaziyatlarni ko‘rib chiqing, muqobil vaziyatni yarating. Muammoning echimini aniq variantlardan tanlab oling, muammoga aniq echimini toping. Jadvalni to‘ldiring. Keys bilan ishlash natijalarini yozma shaklda ilova eting
|
“Muammoli vaziyat »jadvali
Do'stlaringiz bilan baham: |