1.2.Ilmiy bilish turlari
O‘quvchilar o‘zlarining tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik kompetentsiyalarini quyida keltirilgan uch turdagi ilmiy bilishga oid sinov materiallari orqali namoyish etadilar: fizik sitemalar (fizika va kimyo), tirik sistemalar (biologiya) va Yer va Koinot haqidagi (geografiya, geologiya, astronomiya) fanlarining mazmunini bilish; ilmiy maʼlumot (bilim)larni olish uchun qo‘llaniladigan turli xil metodlarni, shuningdek, standart tadqiqot jarayonlarini bilishga oid metodologik bilim;epistemik bilim, yaʼni bizning ilmiy tasavvurlarimiz ilmiy tadqiqot metodlari imkoniyatlarini tushunishimiz natijasiga aylanishi, ularning asoslanishi, shuningdek, faraz, gipoteza va kuzatish kabi tushunchalarning mazmun -mohiyatini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |