O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,09 Mb.
bet35/182
Sana08.01.2022
Hajmi1,09 Mb.
#332331
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FANLARINI O‘QITISH METODIKASI MODULI BO‘YICHA O‘Q U V - U S L U B I Y M A J

Mashq turlari. Grammatik mashqlar turli asosga ko‘ra tasnif qilinadi, shuning uchun mashqning har xil turi hosil bo‘ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa, grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo‘linadi:

  1. morfologik mashqlar (bunga leksik-morfologik mashqlar hamkiradi);

  2. sintaktik mashqlar.

Agar o‘quvchilar faoliyatiningxarakteri, ya’ni mashq jarayonida o‘quvchilar bajaradigan aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa, mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umumlashtirishga oid mashqlarga bo‘linadi.

Mashqning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan, 2-sinf o‘quvchisi “CHiroyli gullar adirlarni bezadi” gapini quyidagicha tahlil qiladi: “Gap gullar haqida aytilgan. Nimalar? - gullar - ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan? Ochildi - nima qildi? - kesim (tagiga ikki to‘g‘ri chiziq chizadi). Qaerlarni? (bezadi) - adirlarni - ikkinchi darajali bo‘lak, gapni to‘ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar) - chiroyli (gullar) ikkinchi darajali bo‘lak, egani izohlayapti. Gullar bezadi - gapning asosi. CHiroyli gullar va adirlarni bezadi - so‘z birikmasi”.



  1. 4-sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o‘zgarmaydi, ammo so‘z birikmasini ajratishga ahamiyat beriladi.

Morfologik tahlilning mohiyati so‘zning qaysi so‘z turkumi ekani, gapda qanday grammatik shaklda kelganida ifodalanadi.

To‘liq morfologik tahlilda o‘quvchi so‘z turkumining o‘zi o‘rgangan belgilarini aytadi. Masalan, 1-sinf o‘quvchisi shu so‘z qanday savolga javob bo‘lishini va nimani bildirishini aytadi (shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).

Mantiqiy mashqlar

Mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to‘g‘ri fikrlash usullarini o‘rgatadi. O‘quvchi maktabga kelganda, keng lug‘at boyligiga ega bo‘lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo‘yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob’ekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so‘zlar bo‘lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so‘z bilan aniq ifodalashga o‘rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o‘rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o‘stirish hisoblanadi.

Mantiqiy mashqlar bolalarning so‘z boyligi va tilining umumiy o‘sishida katta ahamiyatga ega bo‘lib, lug‘at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog‘lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil:


  1. Narsalarnpng mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko‘ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so‘rog‘iga javob berishga o‘rgatiladi: Bu n i m a?- Avtobus. Avtobus nima? - Mashina.

  2. Bir turdagi narsalarni sanab ko‘rsatish va umumlashtiruvchi bir so‘z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so‘z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebel)

  3. Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizjch, o‘chirjch, stul ko‘rsatiladi, o‘quvchilar o‘quv qurollarini ajratadilar, stul o‘quv quroliga kirmasligini, mebel ekanini aytadilar.

Bunday mashq o‘yin tariqasida o‘tkazilishi ham mumkin: ma’lum so‘zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg‘och, chumchuq, mushuk, musicha.

  1. Predmet nomlari va belgi bildirgan so‘zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so‘zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O‘quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, ... ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, ... kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so‘zlar ham aralash beriladi, bolalar to‘rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar.

  2. Qarama-qarshi qo‘yish bilan umumlashtirish: qaldirg‘och, chumchuq, bulbul - qushlar, tovuq, xo‘roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.)

Mantiqiy mashqlar sermazmun bo‘lishi, o‘quvchilarning tajribasi bilan bog‘lanishi, ularni to‘g‘ri fikrlashga o‘rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o‘rni bilan boshqa darslarda ham, o‘qish va grammatika darslarida ham foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2010 yil 1 iyuldagi 62/2 /4/1 sonli qo‘shma hayat majlisi qarori “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan umumta’lim fanlari hamda oliy ta’limda davom ettiriladigan fanlar dasturlari uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi qo‘shma hay’at majlisi qarori bilan tasdiqlangan optimallashtirilgan o‘quv dasturidan.




Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish