O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 14,95 Mb.
bet11/13
Sana07.07.2021
Hajmi14,95 Mb.
#111641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
ZOIROV SUNNAT NAJMIDDIN O’G’LIning malaka ishi

Finlandiya ta’lim tizimi
O‘quv yilining davomiyligi 10 oy bo‘lib, haftasiga 5 kun o‘qitiladi. Ta’lim olish davomiyligi 9 yil. Bu yillarda 7-16 yoshdagi bolalar o‘qishadi. Uy vazifasi berilmaydi. Maktab formasi yo‘q. 10 ballik tizimda baholanadi. Bilimni sinash: imtihonlar bekor qilingan, bilim bahosi 4-sinfdan boshlab qo‘yiladi. Finlandiyaning o‘quv yilining davom etishi O‘zbekistonnikiga o‘xshash.

Fin maktablarini dunyodagi eng yaxshi maktablarga aylantirgan 7 tamoyil

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) ma’lumotlariga ko‘ra, fin maktablari jahon ta’lim tizimi reytingida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Bu skandinav mamlakatining maktab o‘quvchilari eng yuqori bilim darajasini ko‘rsatishgan, shuningdek ular sayyoraning eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalari deb topilgan, bundan tashqari, tabiiy fanlar bo‘yicha - ikkinchi o‘rin va matematika bo‘yicha beshinchi o‘rinni band qilishgan. Biroq jurnalistlarning fin maktablariga qiziqishi bir necha boshqa sharoitlarga bog‘liq - u erlik o‘quvchilar shunday yuqori natijalarni ko‘rsatishiga qaramay, maktabda rekord darajada kam vaqt o‘tkazishadi.

Foto: Emaze

Finlyandiyadagi umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichli maktab ta’limini ko‘zda tutadi:

— quyi (alakoulu), 1-6 sinflar;

— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinflar.

10-sinf qo‘shimcha hisoblanadi. Maktab o‘quvchilari bu bosqichda o‘z baholarini yaxshilash va bo‘lg‘usi kasblari borasida bir qarorga kelish imkoniga ega bo‘lishadi. Maktabni tugatgandan keyin o‘smirlar ikki xil variantdan birini tanlash imkoniga ega bo‘lishadi: professional kollejga o‘qishga kirish yoki litseyda o‘qishni davom ettirish (lukio).

Fin o‘rta ta’limining 7 tamoyili 1. Tenglik, 2. Yig‘imlar, 3. Individuallik, 4. Amaliylik, 5. Ishonch, 6. Ko‘ngillilik, 7. Mustaqillik.

1. Tenglik

1. Maktablarda. Finlyandiyada ta’lim "kuchaytirilgan" yoki "bo‘shroq" maktab degan tushunchalar yo‘q. Hukumat proporsional moliyalashtirishni tajriba qilmoqda, barchaga birdek jihozlarni etkazib beradi, maktab o‘quvchilariga esa maktabga qabul qilinishda bir xil imkoniyat beriladi. Mamlakatda deyarli barcha maktablar davlat tasarrufida, faqat 10 tacha maktab qisman davlatga qarashli. Ularning farqi, qoidaga ko‘ra, o‘quvchilarga bo‘lgan yuqori talabda va albatta, ota-onalar tomonidan ramziy to‘lovdadir. Bunday maktablar asosan o‘ziga xos pedagogik laborotoriyalar hisoblanadi. 2. Barcha predmetlarda. Boshqacha aytganda, mahalliy maktablarda bir fan ziyoniga ikkinchi fan chuqurlashtirib o‘tilmaydi. Masalan, bu erda san’at matematika kabi muhim va kerakli fan hisoblanadi. Qaysidir ma’noda fin maktablarida teskari mexanizmni kuzatish mumkin, ya’ni tasviriy san’at, musiqa, sportga moyilligi bor o‘quvchilar ta’lim oluvchi sinflar bor. Ularga matematika va boshqa fanlar bo‘yicha talab u qadar qat’iy bo‘lmaydi.

3. Ota-onalarda. Finlyandiyada o‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari kasbi haqida ma’lumotga ega bo‘lishmaydi. Har holda, zarurat tug‘ilmasa, bunday masalalar ko‘tarilmaydi. Maktablar va boshqa o‘quv muassasalarida ota-onalarning ish joyiga doir savollar berilishi taqiqlanadi. 4. O‘quvchilarda. Maktablarda o‘qituvchilarning sevimli o‘quvchilari bo‘lmaydi. Agar o‘qituvchining "chegaradan chiqqani" sezilsa, darhol u bilan shartnoma buziladi. Finlyandiya ta’lim vazirligi tushunchasi bo‘yicha o‘qituvchi — bu muayyan fandan saboq beruvchi pedagog, undan ortig‘i emas.

5. Haq-huquqlar tengiligida. Finlyandiya maktablarida birinchi sinfdan bolalarga ularning haq-huquqlari o‘rgatiladi, o‘quvchining katta yoshli kishi ustidan shikoyat qilish huquqi ham shular jumlasidandir. O‘qituvchilar o‘quvchini xaqorat qilish yoki unga nisbatan kuch ishlatish huquqiga ega emas. SHunisi qiziqki, u erda barcha o‘qituvchilar kelgusida muddatni uzaytirish imkoni bilan faqat bir o‘quv yiliga shartnoma tuzishadi. Bu punktni buzish ko‘pchilik uchun kareraning tugashini anglatadi. Ta’kidlash joizki, Finlyandiyada o‘qituvchilarga havas qilarli maosh to‘lashadi (yordamchi - 2500 evrodan boshlab, fan o‘qituvchisiga - 5000 evrogacha).

2. Yig‘imlar

Mamlakatda ta’limdan boshqa yana quyidagilar bepul: tushliklar, ekskursiyalar, muzeylar va darsdan tashqari barcha tadbirlar; bolalarni uylariga tashuvchi transport, darsliklar, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto noutbuk-planshetlar. Ota-onalardan pul yig‘ish noqonuniy hisoblanadi.

3. Individuallik

Har bir o‘quvchi uchun individual ta’lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Bu reja butun o‘qish jarayoniga tegishli, biroq eng qizig‘i ta’lim jarayonida ikki noyob yo‘nalishning mavjudligi: bu "zaif" o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash (bizda buni repetitorlik deyishadi) va muayyan tilni, matematik ko‘nikmalarni tushunish, shuningdek ba’zi bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar ta’lim jarayoniga tuzatishlar kiritish. Tuzatish ta’limi kichik guruhlarda yoki individual ravishda o‘tkaziladi.



Foto: Supercurioso

4. Amaliylik

Finlar shunday deyishadi: "Biz yo hayotga tayyorlaymiz, yoki - imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz". Barcha fin maktablari deyarli hamma imtihonlardan voz kechgan, testlar va oraliq nazorat ishlari esa o‘qituvchi xohishiga qarab belgilanadi. Faqat bir imtihon bundan mustasno - bu maktab tugallaganda topshiriladigan imtihon, lekin uning natijalari katta ahamiyatga ega emas, o‘qituvchilar bu baholar ketidan birovga hisobot berishmaydi, o‘quvchilar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: deyarli barcha natijalar ijobiy hisoblanadi.

5. Ishonch

O‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini qay usulda o‘qitishi nazorat qilinmaydi. Mamlakatda yagona ta’lim dasturi amalda qo‘llaniladi, biroq u faqat tavsiyalarni o‘z ichiga olgan, o‘qitish usullari esa maktab ishchisining tanloviga bog‘liq. O‘quvchilarga keladigan bo‘lsak, ular ham o‘ziga xos erkinlikka ega. Masalan, agar dars vaqtida o‘quv filmi yoqilgan bo‘lsa-yu o‘quvchi kitob o‘qishni ma’qul ko‘rsa, unga hech kim tanbeh bera olmaydi. Maktab o‘quvchisi o‘zi uchun nima foydali ekanini tanlash huquqiga ega.

6. Ko‘ngillilik

Finlyandiya maktablarida xohlagan odam o‘qiydi. Pedagogdan faqat o‘z faniga qiziqtirish talab qilinadi, lekin bolada o‘qishga umuman qiziqish bo‘lmasa, uni amaliy jihatdan foydali bo‘lgan osonroq kasbga yo‘naltirishadi va "2"lar bilan qiynab o‘tirishmaydi.

Foto: Titchr

7. Mustaqillik

Finlarning fikricha, maktab bolani eng asosiysi — mustaqil muvaffaqiyatli hayotga o‘rgatishi kerak. SHu bois bu erda fikr yuritish va bilim olishga o‘rgatishadi. Maktablarda ma’lumotnomalardan foydalanish, qo‘shimcha materialni izlab topish, barcha bilim manbalarini qo‘llay olishni bilish ijobiy qabul qilinadi. Bundan tashqari, pedagoglar o‘quvchilarning mojarolariga aralashishmaydi. Asosiy sabab — o‘quvchilarni muammolarni mustaqil hal qilishga o‘rgatish.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Dars jarayoni va texnologiyasi



Mavzu: 17-8=9 17-8=9 18-9=9 ko’rinishidagi misollarni yechish

Mavzuning qisqacha mazmuni: O’tilgan mavzuni mustahkamlash 17-8=9 17-8=9 18-9=9 ko’rinishidagi misollarni yechish usullari haqida bilim berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Metod:


Shakl:jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash

Jihoz:Darslik, mavzu asosida ko’rgazmalar, slaydlar,multimediya mahsulotlari, kompuyter

Nazorat: O’gzaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’z-o’zini nazorat qilish

Baholash:o’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.



Darsning maqsadlari:

Ta’limiy:

a) o’tilgan msvzu yuzasidan egallagan bilimlarini yordamida boyitib borish

b) 17-8=9 17-8=9 18-9=9 ko’rinishidagi misollarni yechish usuli bilan tanishtirish

Tarbiyaviy:

a) o’quvchilarning matematika faniga bo’lgan qiziqishini yana orttirib borish;

b)har bir matematik muammolarni ahillik, hamjihatlik, hozirjavoblik, xushmuomalalik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash, o`quvchilarda ahil, inoq bo`lib ishlash,Vatanni, tabiatni sevish va qadrlash hissini o`stirish. O’quvchilarga Mustaqillik, ozodlikni qadriga yetish hislarini uyg’otish, maktabga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshirish, o‘z yurtidan, ajdodlaridan faxrlanish hissini uyg’otish.

Rivojlantiruvchi:

Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobilyatlarinni rivojlantirish , iqtisodiy tarbiya berish, mustaqil, tez, to`g`ri, erkin fikrlash qobiliyatini o`stirish o`quvchilarda jamoa bo`lib ishlash, faollik, zukkolik, topqirlik malakalarini rivojlantirish.





Ish bosqichlari va mazmuni

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt



  1. Bosqich

Tashkiliy qism

Darsni tashkil etish, o’quvchilar davomatini aniqlash. O’quvchilar va sinfning darsga tayyorgarliklarini tekshirish

Dars qoidalari bilan tannishtirish



Suhbat

4minut

2-Bosqich

O’tgan mavzuni so’rash



Uy vazifani tekshirish

O’tilgan mavzusini so’rash

Dam olish daqiqasi o’tkazish


Savol- javob

Zinama-zina

Multimediya orqali


6minut

3-bosqich

O’tilgan mavzularni mustahkamlash



16-7=9 16-8=8 16-9=7 ko’rinishdai misollarni yechish

Mustahkamlash uchun topshiriqlar



Savol- javob

Aqliy hujum

Tezkor savol


6minut

4- bosqich

Yangi mavzu bayoni.



17-8=9 17-8=9 18-9=9 ko’rinishdagi misollarni yechish

Darslik bilan ishlash



Tushuntirish

Venn diagrammasi



20minut

5-bosqich

Yangi mavzuni mustahkamlash



Yangi mavzu mustahkamlanadi

Guruhlar bilan ishlash



Savol javob

“Baliq skeleti”

Testlar bilan


5minut

6- bosqich

Dars yakuni

Uy vazifa berish


O’quvchilarning darda ishtiroki hisobga olinib, ballari e’lon qilinadi.

Dars yakunlanadi.

6-7 misol-masala


Savol javol

tushuntirirsh



4minut


Download 14,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish