O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 1,19 Mb.
bet11/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#77784
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
G'ofurova Mohira Ne'matullayevna Malaka ishi

Yig'lamsinmoqqa “dard bilan yashirin ohista yig‘lash” belgisi bilan farq qiluvchi infamoq va ingramoqni zid qo‘yadi:

Istasam davr ahlidin ishqingni pinhon aylamak,

Kechalar goh ingramakdir odatim, goh singramak.

Siqtamoq fe’lini yig‘lamoqqa zid qo‘yar ekan, “yig‘lash” darajasining yig'lamoqqa nisbatan kuchliroq ekanligini ta’kidlaydi:

Ul oyki kula-kula yig'latti meni,

Yig'latti meni demayki, siqtatti meni.

O'kurmak “kuchli ovoz bilan haddan ortiq hayajonli” yig‘i ekanligi bilan boshqalaridan farq qilishini ko‘rsatadi:

Ishim tog' uzra har yon ashk alobini surmakdur

Firoq oshubidin har dam bulut yanglig' o'kurmakdur.

Navoiy ushbu paradigmatik qatorni davom ettirib, holat fe’llarining semantik jihatdan kuchliroq va tabiiyki, farqlanib turuvchi ko‘rinishlarini beradi.

Shu o‘rinda quyidagi mulohazani bildirishni o‘rinli deb bilamiz. O‘zbek tilshunosligining keyingi yillardagi taraqqiyoti natijasida leksemalarning semantik tasnifida uyadosh so‘zlar farqlandi hamda integral-differensial belgilar asosida birlashgan leksik-semantik guruhlar hamda ularning turlari - giponim, graduonim, partonimlar ko‘rsatib berildi (H.Ne’matov, R.Rasulov, R.Safarova, B.Qilichevva boshq.). Ushbu hodisalar ilmiy jihatdan asoslanib, o‘rta hamda oliy ta’lim dastur va darsliklaridan o‘rin ham oldi. Biroq yuqorida ko‘rib o‘tganimiz Navoiy tomonidan tasniflangan darajalanuvchi fe’llar aynan bir leksik semantik guruhni tashkil etib, graduonimik qatorni tashkil etmayapti- mi? Shu ma’nodagi ma’lumotni ayrim qo‘llanmalarda ham uchratishimiz mumkin (E.Qilichev).

Til birliklarining badiiy asar nutqida qo‘llanilishi o‘ziga xos lingvopoetik hodisa bo‘lgan poetik sintaksis doirasida tekshiriladi. O‘zining xilma-xil usullari yig‘indisi - poetik (stilistik) figuralariga ega bo‘lgan poetik sintaksis turli aspektlar nuqtayi nazaridan differensial yo‘nalishlarni yuzaga keltiradi. Bular quyidagilardan iborat, desak, xato qilmagan bo‘lamiz:

Poetik sintaksis davr nuqtayi nazaridan farqlanadi: mumtoz poetik sintaksis va zamonaviy poetik sintaksis. Badiiy adabiyot shakllari doirasida: yozma adabiyot poetik sintaksisi va folklor poetik sintaksisi. Bulardan tashqari har bir ijodkorning o‘z uslubi, til birliklaridan foydalanish, ya’ni so‘z qo‘llashdagi mahorati yuqoridagi farqlarni asoslab, to‘ldirib keladi. Tabiiyki, turli mezon, shakl, davr va shaxs omillariga ko‘ra farqlanuvchi poetik sintaksisning ifoda vositalari - sintaktik-stilistik figuralari (atamani ushbu holatda qo‘llashimizning sababi, birinchidan, bular tildagi lingvistik-ekstralingvistik hodisalar (A.Hojiyev) dixotomiyasiga mos keladi, ikkinchidan, keyingi davrlar jahon filologiyasida poetik figuralarni xuddi shu tarzda farqlab guruhlash nazariyasi yuzaga keldi (L.Krupchanov) (ta’kid bizniki - A.T.) ham xilma-xil daraja va ko‘lamni tashkil etadi.

Ayni mulohazani buyuk so‘z san’atkori Navoiy asarlari tili va uslubiga nisbatan ham qo‘llash mumkin, albatta. Uning boy ijodiy merosida til birliklari turli miqdor va ko‘lamni tashkil etgani holda, o‘z zamondoshlari va tabiiyki, zamonaviy tilimiz asosida asar yaratgan adiblar ijod namunalaridan keskin farq qiladi. Bunda ayrim poetik figuralarning qo‘llanish darajasi katta farq qilmasligini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, inversiya usuli mumtoz yoki zamonaviy she’riyat uchun bir xilda qo‘llaniladiki, buni davr nuqtayi nazaridan farqlanuvchi badiiy asarlar yagona asosga egaligi, ya’ni har ikkalasi ham bitta tilda yaratilgani bilan izohlash mumkin. Xuddi shunday fikrlarni yana bir muhim va keng qo‘llanuvchi stilistik figura - enjambeman (anjambemen - fikriy ko‘chuv) hodisasiga nisbatan ham bildirish mumkin.

Stilistik figuralardan biri, aksariyat hollarda yonma-yon baholanuvchi asindeton (bo‘g‘lovchi qo‘llamaslik) va polisindeton (ko‘pbog‘lovchilik) hodisalarining Navoiy asarlarida qo‘llanishiga e’tibor qilganimizda, ikki xil holatga duch keldik va bu, yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, normal holat, albatta. Birinchidan, ekstralingvistik tabiatga ega ushbu stilistik figuralar zamonaviy badiiy asarlarda alohida ifoda vositasi sifatida keng ko‘lamli qo‘llanish xususiyatiga ega bo‘lgani holda mumtoz asarlar tilida boshqa badiiy san’at turlarichalik qo‘llanish darajasiga ega emas. Ikkinchidan, Alisher Navoiy asarlarida ush­bu stilistik usul zamonaviy she’riy asarlardagi kabi miqyos va ko‘lamni tashkil etmaydi. Biroq, muhimi, qo‘llanilgan har qanday usul, ya’ni sintaktik-stilistik figura adibning ifo­da imkoniyatlarini oshirish, o‘z poetik maqsadini aniqroq, yorqinroq tasvirlashini ta’minlaydi. Bog‘lovchisizlik yoki ko‘pbog‘lovchilikni ham nasriy (ayniqsa, saj’larda), ham she’riy nutqda uchratishimiz mumkin.

...qurt-u qush andin bahramand, dasht vuhushi aning birla xursand, mo'rlar uyi andin obod, go'rlar xotiri aning birla shod. Kabutarlarg'a andin mastlik, to'rg'aylarg'a an din noshod hamdastlik...

...alarg'a ming mabohat, mingta tegarniyuzga olmog din yo'q bir zarra uyot. (“Mahbub ul-qulub”)

Soching rangi anbarmudur, mushki chinmu?!

Labing ta’mi shakarmudur, angabinmu?!

Agar asindeton qo‘llash bilan ijodkor she’riy nutqqa o‘zgacha bir shiddat, jadallik, shu asosda ko‘tarinkilik bag‘ishlasa, polisindeton qo‘llanishida o‘zgacha bir obrazi ilik va joziba ifodalanadi, bunda bog‘lovchilarni u yoki bu turdagi til hodisalari bilan bog‘liq holda qo‘llashkuchli ta’kid, diqqatni bir obyektga tortish, turli til birliklarini aynan bog‘lovchi vositasida qayta-qayta qo‘llashdan inson xotirasiga muayyan mantiqiy mazmunni singdirish nazarda tutiladi.

Agarchi Ganjada oromi oning

Vale ganj uzra doim gomi oning. (“Farhod va Shinn”)

Gar jafo qil, gar vafokim, dilsitonim sen mening,

Gar meni o'ltur, agar tirguzki, jonim sen mening.

Keltirilgan misralar aynan yuqorida ko‘rib o‘tganimiz asindeton va polisindeton poetik (stilistik) figuralarining ta’rifiga mos kelgani holda til birliklarini mahorat bilan qo‘llash qanchalik betakror misralar, baytlar yoinki asarlar yaratish mumkinligidan dalolat berib turibdi.

Maqolamizni yuqorida aytganimiz film qahramoni Kyorns haqidagi mulohazalardan boshlagan edik. Fikrlarimiz xulosasi sifatida ushbularni qo‘shimcha qilsak, maqsadga muvofiq bo‘lar. Birinchidan, o‘sha kinoasarni ko‘pchilik ko‘rgan: bu, shubhasiz, ammo har qanday san’at asaridan hamma o‘ziga keragini ajratib oladi, biz aynan ushbu film va uning qahramoni muvaffaqiyatini aynan uning adabiyotga murojaat qilganligida, deb bildik. Ikkinchidan, aynan ushbu filmga murojaat qilganimizning sababi, asar ijodkorlari badiiy asarni o‘qish bilan inson oddiy hayot tarzida odatiy turmush ikir-chikirlaridan qanchalik yuqori turishini, o‘rni bilan o‘z fikrini qanchalar aniq va dadil ifodalay olishi mumkinligini ta’kidlab ko‘rsatganlar. Uchinchidan, eng muhimi, adabiyotning, so‘z qudratining, tilning ta’sirchanligi bu qadar oddiy va shu bilan birga yuksak darajada ifodalanmagan, nazarimizda. To‘rtinchidan, bizning tilimiz va adabiyotimiz tarixini o‘rganishda Navoiydek buyuk so‘z san’atkorlaridan tilning ifoda imkoniyatlaridan foydalanish mahoratini yanada izchil o‘rganish va o‘z navbatida, buni o‘quvchi yoshlarga yetkaza bilishimiz o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN TO‘GARAK MASHGULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISH



Ona tili va adabiyot fanidan to‘garak mashg‘ulotlari tasdiqlangan rejaga asosan o‘quvchilarning yosh va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil etiladi. Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning ona tili va adabiyot faniga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

To‘garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo‘lib, u o‘quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bi­lan ish ko‘radi. To‘garakka a’zo bo‘lish ixtiyoriy, ammo mashg‘ulotlarda ishtirok etish majburiydir.

Ona tili va adabiyot fani to‘garagining a’zolari 12-15 o‘quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo‘lsa, mashg‘ulotlarni samarali va qiziqarli tash­kil etish imkoniyati kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo‘lmasa, to‘garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo‘lishi ham mumkin.

To‘garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, "Ona tilim - jon-u dilim”, "Til - dil kaliti”, "O‘zbek tili - davlat tili”, “Ifodali o‘qish”, “Yosh suxandon” va h.k.

O‘quvchilar to‘garakning maqsadi, vazifalari, yillik ish rejasi bilan tanishtiriladi. Mashg‘ulotlar 15 kunda bir marta o‘tkazilgani ma’qul. To‘garak ishini rejalashtirishda o‘quvchilarning qiziqishi inobatga olinadi.

Ona tili fani to‘garagida mashg‘ulotlar quyidagi mavzular asosida tashkil etilishi mumkin: "Til va nutq”, "O‘zbek tili va umuminsoniy qadriyatlar”, "Matn bilan ishlashning samarali usullari” va h.k.

Quyida to‘garak mashg‘ulotidan ikkitasininamuna sifatida keltiramiz:


Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish