O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi s amarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MA’RIFIY GOYALARNING BADIIY TARANNUMI



Download 1,19 Mb.
bet14/34
Sana29.12.2021
Hajmi1,19 Mb.
#77784
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
G'ofurova Mohira Ne'matullayevna Malaka ishi

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATIDA MA’RIFIY GOYALARNING BADIIY TARANNUMI
Inson tafakkurini boyitish, ma’naviyatini yuksaltirishda lirik asarlar beqiyos ma’rifiy qudratga ega. “Lirik turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg'u va hissiyotga yo‘g‘rilgan hayotiy hikmat ifodasini berishdir. Bu turdagi asarlarda voqealar tasviri, xarakter mantig‘i emas, ruhiy holat va hissiyot ifodasini berish, tuyg‘ular samimiyatini muhrlash muhim hisoblanadi. Chinakam lirik she’r tinglovchi yo o'qirmanga faqat zavq beribgina qolmay, uning emotsional tafakkuri va ma’naviy-axloqiy quvvatini uyg'otib, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik so‘z, hatto, real voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta’sir ko'rsatishi mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma’lum”, - deydi adabiyotshunos olim Q.Yo'ldoshev.

Xalqimizning iste’dodli shoiri Abdulla Oripov she’riyati ham ayni lirik xususiyatlarni o'zida yorqin mujassam etgan badiiyat durdonalari, ma’rifat maktabi ekanligi bilan alohida diqqatga sazovor.

XX asrning 60-yillaridan A.Oripov asarlari bilan boshlangan sifat o'zgarishlar o'zbek adabiyotini yangi bosqichga ko'tarishda muhim rol o'ynadi. Shoir o'zining ilk she’riy to'plami “Mitti yulduz” bilanoq ko'pchilikning nazariga tushdi. Bu haqda taniqli shoir Usmon Azim shunday yozadi: “Uning toza, yuksak, samimiyhech kim-u hech narsadan hayiqmaydigan ovozi birdan O‘zbekistonni larzaga soldi...

Shoirning birinchi kitobi misli ko ‘rilmagan hayajon bilan kutib olindi. G‘ayrat va jasorat bilan yo‘g‘rilgan she’rlar yuraklarga, ruhlarga “Vatan” degan tug'yonning mangu hayot muhabbatini sochib o‘tdi. Hozir biz “O‘zbekiston Vatanim manim” deb jo‘ngina aytayotganimiz satrlarni u paytlarda hasrat-u g‘ussalar ichida ko‘z yoshlarimiz tirqirab yod aytganlarimiz yodimda...”1.

Shoirning keyingi kitoblari bu ishonchni yanada mustahkamladi. U “Onajon”, “Yuzma-yuz”, “Yillar armoni”, “Ruhim”, “Hayrat”, “Haj daftari”, “Ishonch ko‘priklari” kabi ko‘plab to‘plamlari, “Jannatga yo‘l”, “Hakim va Ajal” singari dostonlari bilan o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari qatoridan o'rin egalladi. Asarlari ko'plab xorijiy tillarga tarjima qilindi.

A.Oripov mustaqillik davrida Vatan, erk, ozodlikni tarannum etuvchi ko'plab yangi she’rlar yozdi. Yangi tarixiy sharoit ijodiga yangi to‘lqinlar olib kirdi. Haj safari natijasida tug'ilgan hamda hikmatomuz hadislar talqiniga bag‘ishlangan falsafiy didaktik she’rlari so‘nggi bosqich o'zbek adabiyoti ufqlarini yanada kengaytirdi.

Shoirning baxti uning dardkash qalbidagi injatuyg‘ularning samimiyligida, Vatan degan so‘zning butun salmog'i, zalvori, shukuhini teran anglaganidadir. Uning “O‘zbekiston, Vatanim manim!” she’rida O‘zbekiston alohida poetik ko'rkamlik bilan bo'y ko'rsatadi, o'tmish va bugunni o'zaro uyg'unlashtirib, o'quvchini yurt sarhadlari tomon sayrga chorlaydi.

Shoirning millatsevarlik, vatanparvarlik kechinmalarini xalqining shonli tarixi, o'tmishi, ulug' bobokalonlari qismati bilan bog'lab yozilgan asarlaridan yana biri o‘tgan asrning 70-yillarida yozilgan “Genetika” she’ridir. Unda ijodkorning o'tkir badiiy tafakkuri, yuksak ma’rifiy qiyofasi yorqin gavdalanib turadi. She’r mazmunida o'z millati tarixidan faxrlanish, yorqin kelajakka tamal toshi qo'ygan vatan o'g'lonlarini madh etish g'oyalari ustuvor. Bundan maqsad esa kelajak avlod qalbida o'z millati tarixi, buyuk siymolari, yurt fidoyilariga muhabbat va ehtirom tuyg‘ularini kamol toptirishdir.

Men ham yashayapman o‘z zamonimda,

Davrimdan qayga ham tushardim yiroq.
Va lekin bilmadim, mening qonimda

Qaysi bir bobomning xislati ko'proq.
Barchaga barobar meros bu bashar,

Otadan qosh-ko‘zni olgan o‘g‘ildek,
Bilmadim, qonimda qay ajdod yashar,

Balki bobo Kayfiy, balki Ulug‘bek...

Mazkur she’rni o'qigan har qanday kitobxon o'z vatani tarixiga o'zgacha qiziqish va mehr bilan yondashadi. Bobo Kayfiy, Ulug‘bek, Navoiy, Bobur singari ma’rifatparvar, Shiroq, Muqanna singari fidoyi tinchlik posbonlari avlodi ekanligidan faxrlanib, ularga munosib izdosh bo'lishga, ezgu amallari bilan o'zidan yaxshi nom qoldirib yashashga intiladi. Ayni shu ma’rifiy estetik xususiyatlariga ko‘ra ham mazkur asar akademik litsey adabiy ta’limi jarayonida chuqur o'rganiladi.

Samimiylik, lirik qahramonlar kuyunchakligi va dardchilligi; poetik ifodalardagi nafosat, tildagi dilbar o'ktamlik; ularning o'zaro uyg'unligidagi yaxlitlik A.Oripov asarlariga ajib joziba bag'ishlaydi.

Abdulla Oripovning lirik qahramoni hech qachon haqiqat, adolat tushunchasini tayyor qabul qiladigan yoxud ma’qul kelmagani uchun qo'lni bir siltab, inkor etadigan kishi emas. Bir qaraganda, haqiqat va adolat barchaga ayon, hammaga ravshan tushunchadek. Biroq uning inson qalbi orqali o'tish va ro'yobga chiqish jarayonlari shu qadar sir-sinoatli, ziddiyatliki, shoir lirik qahramonlari ularning zamiriga yetishga intiluvchi, mushohadakor kishilardir. Qahramonni adolatning turli holatlarda namoyon bo'lishidan tortib, uning xalq, tarix, alohida bir vijdon dunyosi bilan bog'lanish nuqtalarigacha qiziqtiradi. “Bahor”, “Genetika” she’rlarida maqsad ruhiy dunyoga falsafiynazar tashlash orqali namoyon bo'lsa, “Yurtim shamoli”, “Malomat toshlari” she’rlarida bir qalbning yurt taqdiri, umuminsoniy qadriyatlar bilan kesishgan nuqtalarini badiiy yoritish orqali amalga oshiriladi. “Yurtim shamoli”da shamol tushunchasi, shamol obrazi shoir talqinida, shunchaki biz bilgan ma’nodan tashqari, chuqur falsafiy umumlashma darajasiga ko‘tariladi. Unda Vatan, adolat, tarix talotumlari bilan aloqador ma’nolar chirmashib ketadi:

Shamollar esgandir ushbu dunyoda,

Shamollar goh quyun, gohida dovul.

Ular goh oshkora, goho ro'yoda,

Qancha bo‘stonlarni sovurgan butkul.

Lekin sen bo'lmagin bog'lar zavoli,

O, yurtim shamoli, yurtim shamoli.

Xalqimizning yana bir sevimli shoiri Erkin Vohidov Abdulla Oripovning poetik mahorati haqida fikr bildirib, shunday degan edi: “Barcha isyonkor shoirlar kabi Abdullaga ham oson bo'lgan emas. Qattol tuzum qamchisidan u ham omon qolmagan. Lekin ruhiy azoblar, siquvlar, mingiztiroblarso'nggida shoirga nasib bo'lgan kattakon baxt shuki, u xalqi mehrini qozondi, o'zi kurashgan ozodlik va mustaqillik g'oyasining kurtak yozganiga guvoh bo'ldi. Shoir uchun bundan ortiq saodat yo‘q”.

Abdulla Oripov - realist, haqiqatparast shoir. U murakkab, ziddiyatli hayotning shabadalari haqida gapirganda haqiqatdan chekinmaydi. Chunki davr shamollari ichida o'zi ham borligini yaxshi tushunadi. Shoirning “Yuzma-yuz” she’ri insonning hayotdagi o'rni, ma’naviy kamoloti haqidagi shoir orzulari, armonlari avj pardalarda kuylangan asardir. Uni janr tabiatiga ko'ra, kichik lirik doston deyish mumkin.

Asar lirik qahramonning el-yurt bilan tarix, davr va ayniqsa, kelajak haqidagi to'lqinlantirib, o'ylantirib kelayotgan muhim muammolar xususidagi ochiq, yuzma- yuz dardlashuvidan tashkil topadi. Dunyodagi barcha kulfatlar, adashishlar hamjihatlikning buzilishidan, o'ljani uy-uyga tortib ketishdan boshlangan, deb boshlaydi asarini shoir. Olis moziyda o'rmondan chiqqan mamontlar to'dasi haqida gapirib kelar ekan, tarixda bizga undan ham vahshiyroq to'dalar “har yondan guras- guras bostirib” kelganini ustalik bilan qistirib o'tadi.

Hali yigirma uch yoshga kirib-kirmagan shoir tarix bilan bahslashadi, hatto dunyo adashdi, deyishga jur’at etadi. Asarning lirik va epik qatlamlari hayotiy, bir-biri bilan o'zaro mustahkam bog'langan. Lirik qahramon tarix bilan, insoniyat bilan ajralmas birlikda zohir bo'ladi: Men bir tajribasiz, g'o'r yigit, nechuk,

Adashding deyapman, dunyoga, hayhot.

Abdulla, xanjarni o'zingga urgin,

Sen o'zing adashmay o'sdingmi, hayhot?!

Umrning halol, beg'ubor davrini shoir obrazli tarzda umumlashtirib “yoshlik” deb ataydi. Gap bu yerda uning qanday atalishida emas, unga qanday ma’no-maqsad singdirilishidaBu o'zimizning asl ildizlarimizga, o'zligimizga, milliy asoslarimizga, davlatchiligimiz mustaqilligiga qaytishimiz zarurligiga bir ishoradir. Biz hozir o'zimizning ana shu asliy orzumizga erishdik. O'zligimizga qaytib, ruhiyatning toza iqlimlarini topdik.

Shoirning ma’rifiy mazmundagi she’riy asarlari qatorida “Jannatga yo‘l” dramatik dostoni salmoqli o‘rin tutadi. Mifologik fantastik mavzu asosida yaratilgan ushbu asardagi voqea-hodisalar “narigi dunyo”da sodir bo'ladi. Lekin bu yozuvchi qo'llagan bir usul ekanini unutmaslik kerak. Aslida mifologik libosda realistik maqsad yotadi, ya’ni adib afsonaviy naql vositalari orqali biz yashab turgan shu dunyo muammolarini, insoniy munosabatlardagi kemtikliklarni talqin etadi.

Asarda komil inson, ezgulik, yomonlik, oxirat timsollari jonli obrazlar orqali ko'rsatiladi. Muallif maqsadlarini ifodalovchi ramziy ma’no asar nomiga jo qilingan. Inson tasavvuridagi oliy ideal, oliy xilqat jannat ekan, bu joyga eltuvchi yo'l, shoir talqini va tasviricha, siz bilan biz yashayotgan shu tiriklik dunyosidagi ezgulik, mehr-muruvvat, diyonatda; ota-ona, yaqinlar, umuman, odamlar oldidagi ularning har biriga munosib qarzni uzish va burchni ado etishda.

Asar asosida muhim bir badiiy konsepsiya yotadi: ezgulik faqat imkon borida yoxud imkon boricha ro'yobga chiqariladigan xohish emas. Ezgulik insonda, albatta, amalga oshirilishi zarur ehtiyoj bo'lmog'i kerak. A. Oripov ezgulikni bu dunyoda yashab o'tib, u dunyoga tushgan qahramonlar timsolida ana shunday talqin etadi. Mezon tarozusida gunoh va savoblar o'lchanar ekan, hayotda qilgan ezguliklar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi.

Nafaqat yomonlik, balki hatto yomonlarga befarqlik, do'st u yoqda tursin, begonani hasadgo'ylardan himoya qilish o'rniga, o'z tinchligini ko'zlab, dumini quruqqa olib qochishdagi nomardlik shoirning komil ishonchiga ko'ra, ko'zga ko'rinmaydigan insofsizlikdir. Shuning uchun dostonning ayrim qahramonlari bu dunyoda kamtargina yashasa-da, u dunyoda munosib jazosini olayotgan kishilar sifatida tasvirlanadi. Ezgu ishlarni amalga oshirish va yomonlikka ayovsizlik asarda inson burchini belgilaydigan ichki asosiy omil sifatida ifodalanadi. Bu hol Yigitning Tarozibon bilan suhbatida, Ota bilan Yigit dardlashuvida, Ona monologlarida, Do‘st va Yigit muloqotida yaqqol ochilib boradi. Yaxshi amallarning inson qismatidagi o'rnini shoir go'zal obrazli vositalarda ishonarli dalillab beradi. Ota-ona hurmati ulug'langan sahnalarda bu masala yanada teran aks etadi. Dostonda Yigit va Do‘st obrazlari orqali do‘stlik ulug'lanadi. Murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki do'stning bir-biriga cheksiz sadoqatini ko'rsatish orqali shoir inson umri mohiyatidagi go'zallik va qudratning asosi do'stlikdadir, degan g'oyani ilgari suradi.

Yuqoridagi tahlillardan ko'rinadiki, Abdulla Oripov she’riyati o‘zining yuqori darajadagi ma’rifiy estetik xususiyatlari bilan o'zbek adabiyoti xazinasida munosib o'rin tutadi. Millat ma’naviyatini tarannum etuvchi, tarixning shonli sahifalarini yorituvchi, kitobxon ruhiyatini poklab, ezguliklarga yo'naltiruvchi bu badiiyat durdonalari abadiyatga daxldor, ijodkori ham xalqimiz qalbida mangu barhayotdir.

X u l o s a

Ilmiy-uslubiy, tavsiyaviy xarakterga ega bo`lgan materiallar va ularning ta’limga tatbiqi mavzusidagi ushbu malakaviy bitiruv ishida ona tili va adabiyot fanini o`qitishda darsliklardagi yo`l qo`yilgan kamchiliklar, sinflar kesimida mavzularning o`quvchilar tushunish salohiyatiga ega bo`lmagan mavzular, adabiyot darslarida ko`proq ahamiyat berilishi kerak bo`lgan mavzular xususida to`xtalib o`tdik.

Ta’lim tizimida, xususan, umumiy o`rta ta’lim maktablarida o`zbek tilini o`qitish bo`yicha ilmiy tadqiqotlar tarixi uzoq o`tmishga borib taqaladi, lekin ular qanchalik uzoq tarixni bosib o`tmasin, ta’lim metodikalari ilmi har bir davrning talablari va istiqboli uchun xizmat qiladi. Bu jarayon barcha o`quv fanlarida, shu bilan birga o`zbek tilini o`qitishda ham namoyon bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda axborot ochiqligi sharoitida boshqa fanlar bilan bir qatorda o`zbek tilini belgilangan standartlar darajasida o`qitish, yangilangan bilim, malaka va ko`nikmalarni tarkib toptirishda ham qator muammolar kelib chiqadi. Axborot tizimlarida berilayotgan axborotlar, fanda ilgari surilayotgan turli qarqshlarni saralab olish pedagogdan, ilmiy xodimdan katta kuch va vaqt sarflashni talab qiladi. Shuning uchun o`zbek tili metodikasi sohasidagi tadqiqiotlar ham o`z mazmun rejasini o`zgartirishi va innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog’liq holda olib borilishi muhim.



Malaka ishini yoritishda o`zbek tili ta’limi metodikasining ayrim dolzarb masalalari jumladan, ta’lim bosqichlari bo`yicha o`zbek tili mazmuni va uni o`qitish va o`zlashtirishga qo`yiladgan metodik talablar, sinflar kesimida o`zbek tili mazmuni uzviyligini ta’minlash bo`yicha tadqiqotlarga talab, darsliklarda nazariy materiallarning berilishi, darsliklarning yaratilishida ilmiy-tadqiqot ishlariga asoslanishi, dars jarayonida metod va texnologiyalarni to`g’ri tanlash, o`quvchi nutqini tarbiyalash, darslikda nazariy va amaliy materiallarning berilishi va ularning mashqlarda qo`llanishi, adabiyot darslarida badiiy asar tahlili masalalari, ona tili va adabiyot darslarida to`garak mashg’ulotlarini qanday olib borish haqida ma’lumot berib o`tilgan.

Agar badiiy asarni qandga o'xshatsak, uning “maza”sini avval o'qituvchining o'zi tuygan bo'lishi va shuning barobarida o'quvchida o'sha asarga nisbatan xohish va “ishtaha” paydo qila olishi zarur. Buning uchun o`qituvchi ,eng avval, badiiy asar bilan o`zi yaqindan tanishgan, uning badiiy tahlilini o`quvchiga yetkazib bera oladigan, undan o`quvchilarning tarbiyaviy xulosa chiqarib, ularda komillik fazilatlarini shakllantirishga erishishi lozim bo`ladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish