Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A2
badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish.
A2+
badiiy asarlarda aks etgan tarixiy, ma’naviy va madaniy hodisalar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va talqin qila olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A2
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarini tuza olish;
kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni o‘qiy olish va undan foydalana olish.
A2+
inson mehnatini yengillashtiradigan, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘la olish hamda ulardan foydalana olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |