O‘quvchilar sinfda va mustaqil o‘qishlari, yod olishlari lozim bo‘lgan asarlar:
Asqad Muxtor. She’rlar.
Mirmuhsin. “Me’mor” romanidan parcha.
O‘lmas Umarbekov. “Qiyomat qarz” hikoyasi.
Chingiz Aytmatov. “Oq kema” qissasi.
O‘tmishdan sadolar
(12 soat, A2+: 10 soat)
19-21-mavzu. “Ravshan” dostoni. (3 soat, A2+: 5 soat)
Ishqiy-sarguzasht dostonlarning o‘zbek xalq dostonchiligida katta o‘rin tutishi. Bu xil dostonlarda ishqiy mojarolarning asosiy mavzu ekanligi. “Go‘ro‘g‘li” turkumidagi ishqiy-sarguzasht dostonlar va mazkur turkumda “Ravshan” asarining tutgan o‘rni.
Doston voqealarining turkiy xalqlar dostonchiligida keng tarqalgan motiv ekanligi. Dostonning bizgacha yetib kelishida Ergash Jumanbulbulning xizmati. Dostondagi Go‘ro‘g‘li, Yunus pari, Avazxon, Ravshan, Zulxumor, aka-ukalar obrazlarining tahlili.
Nazariy ma’lumot. Badiiy obraz va mubolag‘ali tasvir.
Do'stlaringiz bilan baham: |