Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat)
Nazorat ishi: Test. (1 soat)
Takrorlash: (1 soat)
Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat)
25-26-mavzu. Uvaysiy. “Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman”, “Sog‘indim” g‘azallari, “Anor”, “Yong‘oq”, “Kun va tun” chistonlari. (2 soat)
Shoiraning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma’lumot. “Mehnatu alamlarga mubtalo Uvaysiyman” g‘azalida ijtimoiy hayot hodisalaridan norozilik, ularga nisbatan ko‘ngildagi iztirob va kechinmalarning ta’sirli aks ettirilishi. “Sog‘indim” g‘azalida farzandi yo‘liga ko‘z tikkan ona tuyg‘ularining aks etishi.
Shoiraning “Anor”, “Yong‘oq”, “Kun va tun” chistonlari hamda ularning o‘ziga xos badiiy xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot: Chiston , qofiya va radif haqida tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |