43-45-mavzu. Oybek lirikasi. (3 soat)
Oybek she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Lirik qahramon ruhiyatining kashf etilishi va so‘z qo‘llashdagi mahorat. Shoir lirikasida tabiat, inson va tarix munosabatining ifodalanishi. “Na’matak”, “Sozim”, “Yig‘i kelmaydi sira”, “Mashrab” she’rlarining g‘oyaviy-badiiy tahlili. Oybekning she’riy mahorati.
46-50-mavzu. Odil Yoqubov. “Ulug‘bek xazinasi” asari (5 soat, A2+: 7 soat).
Odil Yoqubov romanlari xususida. Asarda temuriyzoda hukmdor Ulug‘bekning allomalik fazilatlari va insoniy xislatlarini yoritilishi. Asarda shoh va olim Ulug‘bekning fojiasi haqidagi tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning o‘zaro munosabati. Romandagi zamon tasviri, undagi qahramonlarning o‘ziga xos tavsifi.Tasvirlangan voqealar va ularda ilgari surilgan ma’naviy jihatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |