Jahon adabiyoti
(14 soat, A2+:9 )
56-59-mavzu. Vilyam Shekspir. “Gamlet” tragediyasi. (4 soat)
Shekspir hayoti va ijodi to‘g‘risida qisqacha ma’lumot. Uning jahon dramaturgiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi. “Gamlet” asarida insoniy tuyg‘ular, oila sha’ni bilan bog‘liq muammolarning tig‘iz konfliktlar asosida badiiy talqin etilishi. Gamlet obrazida aks etgan inson ruhiyatining murakkab jihatlari. Gamletning o‘z-o‘zi bilan ruhiy olishuvi. Gamlet va Ofeliya, Gamletning boshqa qahramonlar bilan o‘zaro munosabatlari. Asarda burch va muhabbat, sadoqat mavzularining tutash tasviri. Asarning o‘zbek tiliga mohirona tarjima etilishi.
Nazariy ma’lumot. Tragik obrazlar va hayot haqiqati. Ruhiy tahlil.
Do'stlaringiz bilan baham: |