Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: o`tilgan mavzuni takrorlash va mavzu bo`yicha mustaqil ravishda tarqatma materiallarni tayyorlab kelish.
|
Kichik guruhlarda ishlash
|
10
|
Yangi mavzu bayoni
Tuproq – yer yuzining unumdolik xususiyatiga ega bo’lgan ustki g’ovak qatlami. Tuproq qishloo` xo’jaligining bitmas-tuganmas tabiiy boyligi, kishilik jamiyati uchun zaruriy oziq mahsulotlari va turli xom ashyolar yеtishtiriladigan asosiy manbadir.
Tuproq yеr yuzidagi har xil tog’ jinslaridan paydo bo’lgan tabiiy jism bo’lib, o’ziga xos tuzilishga, tarkibga va yana bir qancha xossa, xususiyatlarga ega.
Tuproq o’zining bir qancha xususiyatlari, ayniqsa unumdorligi, ya'ni o’simliklarning suv, havo va oziq moddalar hamda boshqa hayot omillari bilan ta'minlab turish xususiyatiga ko’ra tog’ jinslaridan kеskin farq qiladi.
Dеqqonchilik tuproq tarkibi va xususiyatlarini juda o’zgartirib yuboradi. Vaqt o’tishi bilan sug’oriladigan yеrlarning tuprog’i o’zining dastlabki holatidan ancha farq qiladi.
Qishloq xo`jaligida foydalaniladigan tuproqlarning quyidagi turlari mavjud: och qo`ng`ir, jigar rang, to`q tusli bo`z, tipik bo`z, och tusli bo`z, bo`z-o`tloqli va o`tloqli bo`z, sur qo`ng`ir tusli, taqir va taqirli, taqirli o`tloqli, qumli cho`l, o`tloqli va sho`rxok kabilar.
Do'stlaringiz bilan baham: