9-mavzu: Yo‘l chiziqlari va ularning vazifalari.( 1 soat)
Yo‘l chiziqlari: yotiq va tik chiziqlar. Sidirg‘a va uzuk-uzuk chiziqlar.oq va sariq rangdagi chiziqlar. Piyodalar o‘tish joylariga chiziladigan chiziqlar. Velosiped yo‘lkasi bilan avtomobil yo‘lllari kesishadigan joylarda chiziladigan chiziqlar. Yo‘nalishli transport vositalari uchun yo‘lga chiziladigan chiziqlar.
10-mavzu: Ilm va zakovat tushunchasi. (1 soat)
O`quvchilarda bugungi murakkab globallashuv davrida butun dunyoga tarqalib solayotgan din niqobidagi ekstremizm va terrorizmning yoshlar hayoti va kelajagiga solayotgan tahdidlari haqida tushunchalar hosil qilib, ularda ogohlik, hushyorlik va jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish xislatlarini tarbiyalash.
11-mavzu: Bayrog’imiz – faxrimiz, g’ururimiz (18 noyabr – O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i qabul qilingan kun munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston
Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |