21-mavzu: “Kasbni nomini ayt” o‘yinli mashg‘ulot
O’quvchilar bir-birirlariga kasbni nomini aytadi, ular shu kasbga ta’rif beradi 22-mavzu: Yumshoq ko‘nikmalar (soft skills) haqida bilasizmi?!
Zamonaviy shaxs va yetuk kadr ega bo’lishi kerak bo’lgan bilim-ko’nikmalar (Maktab psixologi bilan hamkorlikda o’tkaziladi)
23-mavzu: Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati
bilan). (1 soat)
O`quvchilarga aziz onajonlarimiz va opa-singillarimizga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish orqali ularni “Ayolga e’tibor – kelajakka e’tibor”,
“Ayol baxtli bo’lsa, jamiyat ham baxtli bo’ladi” degan g’oyalarga sadoqat ruhida tarbiyalash.
24-mavzu: O‘zbekistoning noyob tabiati (kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida). (1 soat)
O‘quvchilar ongida atrof-muhitga, olam va odamga, hayvonot va o‘simlik dunyosiga mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish, atmosfera va atrof-muhit tozaligini asrash, tarixiy va tabiiy boyliklarni asrash tuyg’ularini shakllantirish.
25-mavzu: Navro‘zi olam muborak! (21 mart – Navro‘z bayrami munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimizga hurmat tuyg’ularini kuchaytirish orqali ular ongiga mehr-oqibat, insoniylik, milliyligini yo`qotmaslik, boy, asrlardan asrlargacha yetib kelayotgan urf-odatlarimizni saqlab qolish xislatlarini tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |