29-mavzu: Chekmasdan hayot gashtini sur! (1 soat)
Zararli odatlar va ularning inson salomatligiga ta’siri. Ichkilikbozlik, kashandalik va giyohvandlik.
30-mavzu: Bu muqaddas Vatanda azizdir inson (9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat)
O`quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg’ularini singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda ajdodlarga munosib voris bo’lish xislatlarini tarbiyalash.
31-mavzu: Til bilgan – el biladi (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida). (1 soat)
O`quvchilarga til – dil kaliti ekanligi haqidagi hikmatlarni uqtirib, Davlat tiliga bo`lgan hurmatni yanada rivojlantirish bilan bir qatorda o’quvchilar qalbi va ongiga boshqa millat va elatlar tillariga ham hurmat bilan munosabatda bo’lish tuyg’ularini singdirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |