O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi



Download 1,22 Mb.
bet6/6
Sana22.08.2021
Hajmi1,22 Mb.
#153711
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Impulsning-saqlanish-qonuni.-ochiq-dars-ishlanmasi

IMPULS


2 – guruh


KUCH IMPULSI




3 – guruh


JISM IMPULSI


Guruhlar darsda ishtiroki hisobga olinib 5, 4, 3 ballik rag’bat kartochkalar berib boriladi. Dars yakunlarini chiqarishda guruhlarning to’plagan kartochkalari hisoblanib, guruh a’zolari baholanadi.



  1. Sherigini top (jadval bo’yicha) (2 minut)

Bu etapda uchala guruh a’zolariga quyidagi ko’rinishdagi jadval beriladi. Jadvalning 1 – ustunidagi qator savollariga mos keluvchi javoblarni ikkinchi ustundan topib sherigi deb ko’rsatishlari kerak bo’ladi. Birinchi ustundagi barcha savollarni javobini ikkinchi ustundan to’g’ri topib sherigini ko’rsata olgan guruh a’zolariga 5 ball beriladi. Qolganlarga esa topgan soniga nisbatan 4, 3, 2 ball beriladi.


T/ R

Savollar

T/ R

Javoblar

1

Jism massasi bilan tezligi ko’paytmasiga teng bo’lgan kattalik

1

Turtki

2

Kuch bilan vaqtni ko’paytmasiga teng bo’lgan kattalik

2

Vektor

3

Impuls so’zining ma’nosi

3

Jism impulsi

4

Jism impulsi .... kattalik

4

1 N * s

5

Kuch impulsining o’chov birligi

5

1 kg * m/s

6

Jism impulsining o’lchov birligi

6

Kuch impulsi


Javoblar quyidagi ko’rinishda belgilanadi:

O’zi

Sherigi

O’zi

Sherigi

O’zi

Sherigi

1

3

3

1

5

4

2

6

4

2

6

5




  1. O`tilgan mavzu so`rash. Guruhlar taqdimoti (8 minut)

O`qituvchi tomonidan tayyorlangan savollarni guruhlar tanlab oladi va olingan savolni klaster usuida tushuntiradi.

1-guruh “Impuls”ni tushuntiradi.



2-guruh “Kuch impuls”ni tushuntiradi.


I




Ft


Ns











Kuch impuls




Kuch yo`nalishida yo`nalgan

Ta`sir vaqti

davomiyligiga

bog`liq








Vektor kattalik



3-guruh “Jism impulsi”ni tushuntiradi.

Harakat miqdori






mv

Jismning harakat tezligiga bog`liq







Jism impulsi



Tezlik yo`nalishida yo`nalgan

Jism massasiga

bog`liq









Vektor kattalik




  1. Yangi mavzu ustida ishlash:

O`qituvchining kichik ma’ruzasi (20 minut)

Reja:

  1. Yopiq sistema deganda siz nimani tushunasiz.

  2. Massalari va tezliklari bir xil bo`lganda jismlar impulsi.

  3. Massalari va tezliklari har xil bo`lganda jismlar impulsi.

  4. Impulsning saqlanish qonunini nimadan iborat?

  5. Impulsning saqlanish qonunini texnikada va hayotda qo‘llanilishi



  1. Yopiq sistema.

Sistemadagi jismlar faqat bir – biri bilan o’zaro ta’sirlashsa va sistemaga ta’sir etayorgan tashqi kuchlar ta’siri o’zaro muvozanatda bo’lsa, bunday jismlar sistemasi yopiq sistema deyiladi. Masalan zambarak va undan otilgan to’p yoki kosmik kemani uchirishda Yer bilan kosmik kema birgalikda yopiq sistema deb qaraladi.


Yopiq sistemadagi ichki kuchlar shu sistemaning to’liq impulsi ( harakat miqdori) ni o’zgartira olmaydi. Ushbu tajribada impuls yopiq sistemadagi bir jismdan boshqa jismga uzatilishini ko’rish mumkin.



  1. Massalari va tezliklari bir xil bo`lganda jismlar impulsi.

1-tajriba. Gorizontal relsga bir xil massali ikkita bir xil m massali aravachalar qo`yamiz.

Ulardan birining chetki tomoniga plastilin sharcha biriktiramiz. Qolganlarining har birini chetki tomoniga prujinali buferlar biriktiramiz. Avvalo buferlari yo`q bo`lgan orqa tomoni bilan ikkala aravachani bir-biriga qaratib moduli bir xil bo`lgan tezlik beramiz. Aravachalar uchrashadi, plastilin ularni yopishtiradi, ular to`xtaydi va impulslarining yig`indisi nolga teng.

2-tajriba. Endi aravachalarning prujinali buferlari bir-biriga qarab tursin. Ikkala avravachaga kattaligi bir xil, lekin yo`nalishi qarama-qarshi bo`lgan tezlik beramiz.


Birinchi galdagi kabi bu ham aravachalar to`qnashmasdan avvalgi impulslari yig`indisi nolga teng. Lekin aravachalar to`qnashgandan keyin har birining impulsi nolga teng bo`lmaydi. Chunki ular to`qnashgandan keyin bir xil tezlik bilan uzoqlasha boradi. Bu hol uchun ular impulsining yig`indisi

m + ( -m)=-m-m=0.

Demak, bu holda ham aravachalar to`qnashmasdan oldin ham, to`qnashgandan keyin ham ularning impulslari yig`indisi nolga teng. Bunday to’qnashuvlar elastik to’qnashuv hisoblanadi.

  1. Massalari va tezliklari har xil bo`lganda jismlar impulsi.

3-tajriba. Aravachalar massalari turlicha m1 va m2, tezliklar ham har xil bo`lgan 1 va 2 bo`lsin. Aravachalar elastik to`qnashgandan so`ng mos ravishda u1 va u2 tezliklari bilan ortga qayta boshlaydi. Ikkala aravachaning impulslari qanday o`zgarishini hisoblaylik.

Birinchi aravacha impulsining o`zgarishi : Ft=m1u1 –m11.

Ikkinchi aravacha impulsining o`zgarishi: -Ft= m2u2 –m22.

Bu tengliklarni hadma-had qo`shamiz.

Ft-Ft=m1u1 –m11+ m2u2 –m22. yoki m11+ m22=m1u1+ m2u2

Tenglikning chap tomonida ikkala aravachaning to`qnashishidan oldingi impulslari yig`indisi, o`ng tomonda o`sha aravachalarning o`zaro ta`sirlashgandan keyin impulslari yig`indisi turibdi. Har bir aravachaning impulsi o`zgardi, yig`indisi esa o`zgarmay qoldi.

Agarda to’qnashuv noelastik bo’lsa, u holda to’qnashgandan so’ng jismlar birgalikda harakatlanadilar.


Bu hol uchun impuls o’zgarishini quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin.

Ft-Ft=m1u –m11+ m2u –m22 yoki m11 +m22=(m1 –+ m2 )u

Bu tenglamalardan foydalanib to’qnashuvdan keyin jismlarning birgalikdagi umumiy tezligini quyidagicha topish mumkin.


  1. Impulsning saqlanish qonunini nimadan iborat?

Yuqoridagi yopiq sistemada ikki jismning o`zaro ta`sirlashishi natijasida impulslarining saqlanishini ko`rdik.

Yopiq sistema hosil qiluvchi jismlar impulslarining vektor yig`indisi bu sistemadagi jismlarning o’zaro ta’sirlashishi va vaqt o’tishidan qat’iy nazar o`zgarmas bo`lib qolaveradi.

Bu qonun impulsning saqlanish qonuni deyiladi.

Impulsning saqlanish qonuniga ko’ra uning ifodasi quyidagi ko’rinishda yoziladi:

m1u1+ m2u 2 = const

Jismlar to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanganda , impulsning saqlanish qonunini skalyar shaklda yozish mumkin.

m1u1+ m2u2=m1u¢1+ m2u¢2

Bunda – jismlar to’qnashguncha va to’qnashgan-dan keyingi impulslarni tenglashtiramiz

  1. Impulsning saqlanish qonunini texnikada va hayotda qo‘llanilishi

Impulsning saqlanish qonuni tabiatda va texnikada keng qo`lla-

niladi. Masalan: miltiq va stvoldagi o`q, raketa qobig`i va undagi

yoqilg`i, Quyosh va Sayyoralar.

Reaktiv harakatda bu qonunning tatbiqi yaqqol namoyon bo’ladi. Raketalarning kosmik parvozini rejalashtirishda yoqilg’i sarfi hisobotini olishda impulsning saqlanish qonunidan foydalaniladi.

Xalq sayillarida ajoyib tomosha ko’rsatiladi. Yerda yotgan polvon ustiga katta temir bo’lagi qo’yiladi va bu temirga bolg’a bilan uriladi. Tomoshabinlar polvon qanday qilib bolg’a zarbiga chidaganligiga hayron qolishadi. Aslida temir bo’lagi massasi bolg’a massasidan necha marta katta bo’lsa, temir bo’lagi olgan tezlik bolg’a tezligidan shuncha marta kichik bo’ladi. Shuning uchun katta, ammo polvonni bosib qolmaydigan temir bo’lagi tanlab olinadi.

  1. Darsni mustahkamlash ( 10 minut)

Darslikdagi 25 – mashqning birinchisi o’qituvchi tomonidan ishlab ko’rsatiladi. O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash maqsadida guruh sardorlariga quyidagi masala va qolgan a’zolariga esa mikrotestlar mustaqil ish sifatida topshiriladi.

Mustaqil ish:

Guruh sardorlariga: Jismga ikkita o`q rasmda tasvirlangan yo`nalish bo`yicha kelib urilib unga tiqilib qolsa, ularning birgalikdagi tezligini toping (m/s) ? Javobi: 0,5 m /s

Guruh a’zolariga:

I – variant


  1. Jismlar ox o’qi bo’ylab harakatlanib, elastik to’qnashgan hol uchun impulsning saqlanish qonuni ifodasini toping.

  1. m11+ m22=m11+ m22

  2. m11- m22=m11+ m22

  3. m11+ m22=m11- m22

  4. m11+ m22=(m1+ m2)

A) 4 m / s B) 4,5 m / s C) 5 m/s D) 3 m/ s



  1. Jismlar bir tomonga harakatlanib, noelastik to’qnashgan hol uchun impulsning saqlanish qonunini ifodasini toping.

  1. m11+ m22=(m1+ m2)

  2. m11 m22=m11+ m22

  3. m11 – m22=(m1+ m2)

  4. m11 + m22=m11+ m22

  1. Jism impulsi quyidagi kattaliklardan qay biriga bog’liq emas?

A) Jism massasiga B) Tezlikka C) yo’lga D) Barchasiga

  1. Jism impulsi formulasini toping.

A) P = m ∙ὺ B) P = m / ὺ C) I = F ∙t D) ὺ = P / m
II variant

  1. Jismlar boshqa tashqi jismlar bilan o`zaro ta`sirlashmasa yoki sistemaga ta`sir etayotgan kuchlar o`zaro muvozanatlashsa, bunday jismlar sistemasi nima deb ataladi.

  1. Sanoq sistema B) Yopiq sistema C Ochiq sistema D) Impuls

  1. Jismlar ox o’qi bo’ylab harakatlanib, elastik to’qnashgan hol uchun impulsning saqlanish qonuni ifodasini toping.

  1. m11+ m22=m11+ m22

  2. m11- m22=m11+ m22

  3. m11+ m22=m11- m22

  4. m11+ m22=(m1+ m2)



  1. 6 m / s B) 3 m / s C) 4 m / s D) 2 m / s

  1. Jism impulsi quyidagi kattaliklardan qay biriga bog’liq emas?

  1. Jism massasiga B) Tezlikka C) yo’lga D) Barchasiga

  1. Jism impulsi formulasini toping.

  1. P = m ∙ὺ B) P = m / ὺ C) I = F ∙t D) ὺ = P / m

Guruhlar mustaqil ishni bajargandan so’ng, mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojat etiladi.

1 Yopiq sistema nima?

2. Quyosh sistemasini yopiq sistema deb olsa bo`ladimi?

3. Massalari va tezliklari bir xil bo`lib, to`g`ri chiziq bo`ylab qarama-qarshi yo`nalishda harakat qilayotgan jismlarning to`qnashishidan oldingi va keyingi impulslari yig`indisi nimaga teng.

4.Impulsning saqlanish qonunini tushuntiring.

  1. Dars yakunlarini chiqarish va xulosalash. (2 minut)

Dars davomida guruhlarning to’plagan ballari hisoblanadi, g’olib guruh aniqlanadi. Darsda faol ishtirok etgan guruh a’zolari ishtiroki hisobga olingan holda besh, to’rt va uch ballar bilan baholaniladi.

  1. Uyga vazifa berish. (1 minut)

Mavzuni o`qish, 25-mashq masalalarini yechish va 3 tadan test tuzib kelish.
Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish