Mediamistifikatsiya
— yaratilgan va axborot maydonida qayd etilgan soxta voqea
(hodisa yoki holat), u haqiqatga yaqin qator dalillar bilan tasdiqlangan, ommaviy axborot
vositalari uchun yorqin axborot sababi bo‘ladi.
Mediasavodlilik
(media literacy) — xabarlardan foydalanish, tahlil qilish,
baholash va ularni turli variantlarda (messages) uzatish layoqati”.
42
Mediata’lim
(media education) — shaxsning ommaviy kommunikatsiya vositalari
(media) yordamida va materialida rivojlanishi jarayoni, bundan maqsad media bilan
muloqot qilish madaniyati, ijodiy kommunikativ layoqatlarini,
Mediasavodxonlik —
(media literacy) — mediata’lim yoki mediani o‘rganish natijasi.
“Mediani qanchalik ko‘p o‘rgansangiz (media yordamida), shunchalik mediasavodli
bo‘lasiz: mediasavodxonlik — bu tajriba o‘tkazish, sharhlash/ mediamatnlarni tahlil
qilish va yaratish layoqati”.
43
Mediasavodxonlik
— “mediamatnlarni qabul qilish, yaratish, tahlil qilish, ularni
baholash, hozirgi dunyoda medianing amal qilishiga doir ijtimoiy-madaniy va
siyosiy kontekstni, mediada foydalaniladigan kodli va reprezentatsion tizimlarni
tushunish bo‘yicha rivojlangan layoqatga ega mediasavodli insonni tayyorlash
jarayoni; bunday insonning jamiyatdagi hayoti fuqarolik javobgarligi bilan bog‘liq
bo‘ladi”.
Mediatanqid
— “jurnalistikaning alohida sohasi bo‘lib, jamiyatga OAV faoliyatidagi
yangi voqeliklar va tendensiyalarni anglashda yordam berishga xizmat qiladi. Ayni
paytda u refleksiya, zamonaviy bosma axborotni va elekt ron matbuotni anglashning
o‘ziga xos usuli, jamiyat ko‘zgusi hisoblanib, bozor
107
muhitiga tushib qolgan
ommaviy axborot vositalarining afzalliklari va kamchiliklarini aks ettirishga
mo‘ljallangan”.
44
Mediata’lim
—
pedagogika
yo‘nalishi
bo‘lib,
“ommaviy
axborot
kommunikatsiyalari (matbuot, televidenie, radio, kino, video) qonuniyatlarini
o‘rganishga qaratilgan. Mediata’limning asosiy vazifalari: yangi avlodni zamonaviy
axborot sharoitida yashashga, real axborotni qabul qilishga tayyorlash, insonni uni
tushunishga, uning ruhiyatga ta’siri oqibatlarini anglashga o‘rgatish, texnik
vositalar yordamida kommunikatsiyaning noverbal shakllari asosida muloqot
shakllarini o‘zlashtirishga erishish”.
Mediata’sir -
(effects, media effects) — mediamatnlarning auditoriyaga ta’siri: ta’lim
va tarbiya sohasida, ongni rivojlantirish, xatti-harakatlar, qarashlar, reaksiyalar,
javoblarni, axborot tarqatilishini shakllantirish va h.k.
42
Kubey, R.
Media Education:
Portraits of
an
Evolving
Field.
In:
Kubey, R.
(Ed.)
Media Literacy in
the
Information
Age.
—
New
Brunswick
&
London: Transaction
Publishers,
1997,
p.2.
43
Worsnop,
C.
Screening
Images: Ideas
for
Media Education
(1999).
Mississauga,
Ontario: Wright Communications.
44
Короченааш
А.
П.
“Пятая власть?”
Феномен
медиа-критики в
контексте
информационного
рынка. http://old.kpfu.ru
130
Do'stlaringiz bilan baham: |