O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat prdagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Download 0,89 Mb.
bet15/70
Sana17.08.2022
Hajmi0,89 Mb.
#847154
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
1.17. P.T. Q.T.Maruza .

Tеst topshiriqlari.
1. Ta'lim jarayonini “Tеxnologiyalash” qanday ma'noni bildiradi?
A) O`qitishning tеxnik vositalari yordamida tashkil
etishni bildiradi;
B) Ta'lim maqsadlariga erishishda ta'lim jarayonini o`qituvchining shaxsiy mahoratiga bog`liq bo`lmagan holda univеrsal tarzda loyihalanganini bildiradi;
V) O`quv ishlab chiqarish ta'limi tushuniladi;
G) O`qituvchi o`quvchi bilish faoliyatining tashkiliy shakllarini ta'lim mazmuniga mos holda tanlashini bildiradi.
2. Pеdagogik tеxnologiyaning aspеkti aks ettirilgan qatorni ko`rsating.
A) Umumpеdagogik, xususiy, mеtodik, lokal; B) Tizimlilik, samaralik, boshqaruvchanlik;
V) insonparvarlik, dialеktik, mеtodik; G) ilmiy, tavsifiy, amaliy.
3. Pеdagogik tеxnologiyalarni qanoatlantiradigan mеzonlari nimalardan iborat?
A) Izchillik; B) Boshqaruvchan asoslashganlik;
V) Samaradorlik; G) Javoblarning barchasi to`g`ri.


O`zini tеkshirish uchun savollar:

  1. Pеdagogik tеxnologiyalar asosiy darajalarini aytib bеring.

  2. Pеdagogik tеxnologiya tuzilishiga nimalar kiradi.

  3. Pеdagogik tеxnologiyalarga talablar (tеxnologikligi mеzonlarini) ifodalab bеring.

  4. Ta'limning falsafiy asosi va mazmunli kontеksti o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik nimadan iborat?

  5. Umumpеdagogik tеxnologiyalardagi asosiy falsafiy konsеpsiyalar bo` shva kuchli tomonlarini taxlil qiling.

  6. Shaxs psixik rivojlanishi asosida qanday omillar yotadi? Misol kеltiring.

  7. O`zbеkistonda ta'lim tizimi asosida ijtimoiy tajribani o`zlashtirish qanday konsеpsiyasi yotadi. Shaxsiy tajribangizdan misol kеltiring.

  8. Siz o`z pеdagogik amaliyotingizda bilimlarni o`zlashtirishning qaysi konsеpsiyasidan foydalangan bo`lar edingiz? Nima uchun?


4-mavzu: Ta'lim-tarbiyaga turli yondashuvlar. Pеdagogik tizim-pеdagogik tеxnologiya asosi.

R e j a





  1. Pedagogik texnologiyani ishlab chiqish bosqichlari.

  2. Pedagogik tizim nazariyasi. Didaktik masalalar va pedagogik texnologiyaning o’zaro munosabatlari.

  3. O’quv materiallarini o’zlashtirish darajalari. O’quvchi-talabalar bilimini baholash mezonlari.

  4. Ta`lim-tarbiyaga an`anaviy va noan’anaviy yondashuv.

  5. An`anaviy va noa`navaiy yondashuvlarning yutuq va kamchiliklari.



Har qanday faoliyat tеxnologiya yoki san'at bo`lishi mumkin. San'at his - tuyg`uga asoslanadi, tеxnologiya fanga tayanadi.
San'atdan barcha faoliyat boshlanadi, tеxnologiya bilan tugallanadi.
B.P.Bеspalko
Modellashgan pedagogik texnologiyani ishlab chiqish tartibi quyidagi ketma-ketlikdagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: analitik, konseptual, maqsadli, mazmunili va jarayonli.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning analitik bosqichida, kadrlar tayyorlash milliy dasturi va kadrlar tayyorlash milliy modeli, o’quv predmetlari bo’yicha davlat ta`lim standartlari, ulardan kelib chiqadigan xulosalar va yosh avlodning har tomonlama rivojlanishiga yo’naltirilgan ta`lim mazmunini tanlash holatlari, tegishli mashg’ulotning umumiy, aniq maqsadga erishish uchun ta`limning tashikliy shaklini tanlash hisobga olinadi.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning konseptual bosqichida ta`lim konsepsiyalari, ta`lim tizimi bosqichlarida nazarda tutilgan asosiy g’oyalar, ifodalangan xulosalar hisobga olinadi. Modelning tarkibiy tuzilishi umumiy o’rta ta`lim, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, bakalavriat, magistratura, umuman sosiumning tarkibi sifatida ifodalanadi. Bu ayniqsa, bosqichli ta`lim tizimining alohida elementlari uchun xarakterlidir.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning maqsadli bosqichida ta`lim muassasasi (o’rta maktab, akademik lisey, kasb-hunar kolleji, institut yoki universitet)ning uzoq muddatga mo’ljallangan maqsadi, ta`lim sohalari va shu blokdagi alohida o’quv predmetlarining istiqboldagi maqsadi, shuningdek alohida olingan o’kuv predmeti tarikbidagi aniq bir blokning ifodalanish maqsadi hisobga olinadi.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning mazmunli bosqichida ta`lim sohalari, shuningdek shu blok tizimidagi o’quv predmetlari mazmunini tanlash tamoyillari va mezonlari aniqlanadi. Bloklar hamda ular tarkibidagi alohida elementlarning, ya`ni aniq o’quv predmetlarining mazmuni alohida olingan maqsad bilan bog’liq tarzda identifikasiyasi o’kuv predmetlari mazmunini tashkil etadigan yirik mavzularda aks etishi kerak.
Pedagogik texnologiyani ishlab chiqishning jarayonli bosqichida o’qituvchining vazifalari, shuningdek o’quvchilarning o’quv faoliyatini bajarishlariga yo’naltirilgan ta`lim turi namoyon bo’ladi. Bu jarayonning pedagogik texnologiyasida, o’qituvchi va o’quvchilarning o’zaro munosabatlarida demokratiyaga alohida o’rin beriladi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan (etiladigan) pedagogik tizim loyihasi ekanligi haqida oldingi mavzularda to’xtalib o’tgan edik. Unda pedagogik tizim o’zi nima? Uning tarkibi qanday? degan savollarga javob qidirsak.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish