7- MASALA
: Ota quyidagicha hikoya qiladi: «o’g’lim qorong’idan va balandlikdan
qo’rqadi. Men imkon boricha uni kuproq ana shu qo’rquvni enga oladigan sharoitga qo’yaman:
Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go’yo esdan chiqqan
narsani olib kelish uchun qorong’i xonaga yuboraman.
O’yin paytida chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi navdasini menga olib ber.
Uni emas, narigi yuqoridagisini» deyman.
Ota to’g’ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi.? U nima uchun samarali?
8- MASALA
: Dars boshlanishidan oldin o’qituvchi polda g’ijimlangan qog’oz parchasi
yotganini ko’rib, bir o’quvchiga «qog’ozni ol», deb murojaat qildi. O’sha o’quvchi sekin partadan
turib «men tashlamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o’tirdi.
O’qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta`sirlanishi qanday bo’ladi va bu nimaga bog’liq?
9- MASALA
: Darsda bir o’quvchi javob berayotgan edi. O’qituvchi yaxshi o’qiydigan bir
o’quvchini partadoshi bilan gapirishib o’tirganini ko’rib qoldi va undan mavzuni kelgan joyidan
davom ettirishni so’radi. O’quvchi to’liq javob berdi. Lekin o’qituvchi unga darsda gaplashib
o’tirgani uchun «uch» baho qo’ydi.
O’qituvchi to’g’ri ish qildimi? Siz qanday yo’l tutgan bo’lardingiz?
10- MASALA
: O’qituvchi o’zini-o’zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz?
Bunga quyidagi voqea sabab bo’lgan edi: o’qituvchi dars o’tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda
navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o’chirilmagan, latta yo’q, bo’r yo’q. O’qituvchi :
«Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o’qituvchi dars o’tishi mumkin emas»,- deb
sinfdan chiqib o’qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o’quvchilaridan vakillar
borib, o’qituvchidan kechirim so’rab uni olib kelishdi.
Vaziyatni tahlil qiling. O’qituvchi to’g’ri yo’l tutdimi? O’quvchilarda ongli intizomni
tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?
11- MASALA
: Ko’p bolali oilaning otasi mamnun bo’lib hikoya qiladi: Er ag’darish biz
uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechen`e sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin
oldin erni chopib beringlar, deyman.
Bolalar konfetsiz er ag’darishmaydimi?- so’radik biz.
-Uncha tirishib ishlashmaydi-da,- tushuntirdi ota.
Ota qo’llagan rag’batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
12- MASALA
: O’quvchi o’zining sevimli o’qituvchisi haqida shunday eslaydi: «U darsni
shunday tashkil qilardiki, o’zini juda bilag’on kishi sifatida ajratib ko’rsatmasdi. Hech kim unga
o’z fikrini aytishdan qo’rqmasdi. Biz darsdan doimo ko’nglimiz to’lib, hatto o’zimizga ishonchimiz
ortib chiqar edik. U darsda har bir o’quvchining imkoniyatidan to’liq foydalanishga harakat qilardi.
Bizga ba`zan u darsda ishtirok etayaptiyu, lekin biz uni olib borayotgandek tuyulardi. U hech
qachon «Bunday emas!» deb fikrni kesib qo’ymasdi. Agar biz nohaq bo’lsak u yo’naltirardi,
ishontirardi, asoslardi. U o’qituvchilik rolini o’ynamasdi, balki biz bilan yashardi».
O’quvchining o’qituvchi faoliyatiga bergan bahosini tahlil qiling. Ta`lim jarayonini tashkil
etishda o’qituvchi qanday psixologik qonuniyatlardan foydalangan? O’qituvchi muvoffaqiyatining
siri nimada?
48
Do'stlaringiz bilan baham: |