O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 183,5 Kb.
bet7/8
Sana21.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#568458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zaruriyatining ijtimoiy-fals

2.2. O’zbekistonda barqarorlik va tinchlik siyosatining amaliy axamiyati
Davlatimizda tinchlik osoyishtalikni saqlab turish uchun keng qamrovli ishlar olib bormoqda. Bularga misol sifatida yoshlarni ongida terrorga ekstremizmga qarshi qaratilgan imunetetni shaklantirish uchun 1994-1997 yillarda ochilgan ma’naviy madaniy markazlar bundan tashqari salbiy g’oya orqasidan ergashgan odamlarning oxiri yaxshilik bilan tugamagan xayoti xaqidagi seminar treninglar, vidiofilimlar, reklama roliklari bunga misol bo’ladi. Davlatimiz muxtaram Prezderntimiz tomonidan yuritilayotgan oqilona siyosat davlatimiz tinchligi osudaligini saqlach uchun qilinayotgan ishlar xozirda o’z samarasini berib tinch osoyishta vatanda yashab kelmoqdamiz.32
Tarixga etibor bersak o’rta asrlar Markaziy Osiyo ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixi xalqaro totuvlik va xamjixatlik, diniy bag’rikenglik va o’zaro ishonch, turli dinga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar xalqlari bilan iqtisodiy va madaniy xamkorlikka intilish orqali diniy mutaassiblik va adovatga qarshi g’oyaviy jixatdan muvaffaqiyatli kurash olib borilganidan guvoxlik beradi. Siyosiy, iqtisodiy va xuquqiy jabxalarda ma’lum natijalarga erishishda o’sha davrlarda vujudga kelgan nazariy - falsafiy va ma’naviy-axloqiy g’oyalarning xissasi benixoya kattadir.
Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy-falsafiy fikrlari tarixida dinning ijtimoiy, manaviy-marifiy siyosiy moxiyatga doir ijtimoiy-iqtisodiy na ma’naviy-madaniy sharoiti nuqtaiy nazaridan yondashish, uning qadriyaglarini real xayot (shroitlariga tatbiq qilish borasida ilk o’rta asrdayayoq boy an’analarga ega bo’lingan. Unda dinning asosiy xizmati, eng avvalo, fuqarolani yuksak axdoqiylik ruxida tarbiyalash, o’zaro totuvlik xamjixatlikka davat etish va, oqibatda, jamiyatda barqarorlik odamlar o’rtasida tichlik-omonlik totuvlikni taminlash xisoblanadi.

Tinch totuvlik buzayoygan xalqlar o’rtasidagi xamjixatlikka raxna solayotgan bu illatdan qutulish davlatimiz o’z ichki siyosatida xam qator ishlarni amalga oshirdi.33


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xamda 1998 yil 1-mayda tasdiqlangan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi yangi taxrirdagi qonunda mazkur yo’nalishdagi faoliyatning huquqiy asoslari mujassam etilgan. 31 modda “Xamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi.Xar bir inson xoxlagan diniga etiqod qilish yoki xech qaysi dinga etiqod qilmaslik xuquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi.
Respublikamiz terrorizm va ekstremizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog’liq bo’lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi kurashda xam qatiy siyosat olib bormoqda. 1999 yilda “Giyoxvandlik vosiyalari va psixatrop moddalar to’g’risida”gi , 2000 yilda “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi” qonunlarning qabul qilingani xamda “Eksport nazorati to’g’risida” va “Pulni noqonuniy o’zlashtirish to’g’risida”gi qonunni loyixalari tayyorlanganligi fikrimizni tastiqlaydi.
Bir so’z bilan aytganda, mamlakatimiz diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi tizimli va tadrijiy kurash olib bormoqda. Bu kurash mamlakatimizda fuqorolik jamiyatini qurish va inson huquqlarini taminlash uchun xizmat qiladi.
O’zbekistonni xalqaro terrorizmga qarshi kurashida dunyo davlatlari bilan tuzgan xaqaro shartnomalari xam aloxida axamiyat kasb etadi. Respublikamiz terrorizmga qarshi qaratigan ko’plab xaqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilib, ulardagi majburiyatlarini izchil bajarib kelmoqda. Shu bilan birga, bu masalalarda o’zining tashabbuslarini ilgari surayotganini xam aloxida takidalsh lozim va zarur.34
Buning dalili sifatida 1999 yil 16 fevralda Toshkentda sodir yetilgan portlashlar, terrorchi jangarilarning 2000 yil avgustida Bo’stonliq, Sariosiyo tumanlari Qirg’izistonning Botkent tumaniga kirishga intilishlari, 2004 yil 28-29 aprel kunlari Toshkent shaxri va35 Buxoro viloyatida amalga oshirilgan portlatishlarni keltirish mumkin. Bularning barchasi xalqaro terrorchilikka qarshi kurash O’zbekiston milliy xavfsizlik va mustaqilligi uchun xam o’ta dolzarb axamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun O’zbekiston mustaqilligining birinchi kunidan boshlab respublikamizning milliy manfaatlarini va milliy xavfsizligini ximoya qilishda xalqaro terrorchilikka qarshi kurash mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonilan ustuvor yo’nalish sifatida belgilab qo’yildi va izchil amalga oshirilmoqda. Prezident I. A. Karimov xalqaro terrorizmning ko’lami jaxon miqyosida kengayib borayotganligidan tashvish bildirib, eng yirik anjumanlar minbaridan turib, jaxon xamjamiyati, Birlashgan Millatlar Tashkiloti, yevropada Xavfsizlik va Xamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqa xalqaro tashkilotlarni transmilliy jinoyatchilik ko’rinishlaridan bo’lmish xalqaro terrorchilikka qarshi qattiyat bilan kurash olib borishga davat etdi. Shuni xam aytish joizki, Prezident I.A. Karimov 1993 yil sentyabrda BMT Bosh Assambleyasi minbaridan turib O’zbekistan Rsspublikasi xalqaro terrorchilik va uni keltirib chiqaruvchi sabab va ildizlarga qarshi izchil kurash olib borishini xamda bunda turli xalqaro tashkilotlar bilan xamkorlikka tayyor yekaligini barala aytdi. Uning ta’kidlashicha bu, eng avvalo, nafaqat O’zbekiston va Markaziy Osiyoda, balki jaxonning xamma joyida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan dolzarb axamiyat kasb etadi: Demokratiya isloxotlar uchun jamiyatning barqarorligi va davlatning xavfsizligi xayotiy zarurdir. Bularsiz boshqa masalalarni amalda xal qilish mumkin emas. O’zbekistan barcha mintaqalarda va, avvalo, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni taminlash uchun qatiyat va izchildik bilan xarakat qilib qilayapti”. Xalqaro xavfsizlik va barqarlikka taxdid solayotgan omillar xaqida tuxtalar ekan. “O’zbekiston ekstremizmni, terrorchilikni xar qanday ko’rinishdagi diniy fanatizm va aqidaparastlikni qatiyan qoralayapdi” deb aloxida takidlaydi I.A.Karimov. O’zbekiston o’z milliy manfatlarini jaxon xalqlari emas. O’zbekiston barcha mintaqalarda va, avvalo, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash uchun qat’iyat va izchillik bilan xarakat qilib kelayapti”. Xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka taxdid solayotgan omillar xaqida tuxtalar ekan. “O’zbekiston ekstremizmni. terrorchilikni xar qanday ko’rinishdagi diniy fanatizm va aqidaparastlikni qat’iyan qoralaydi”, - deb aloxida ta’kidlaydi I. A. Karimov.36
O’zbekiston o’z milliy manfaatlarini, jaxon xalqlari manfaatlari qatori qatiyat bilan ximoyalaydi va bu manfaatlarga zid bo’lgan xar qanday xavf-xatarlarga qarshi xalqaro xamjamiyat bilan mushtarak xolda kurash olib borali. Yangi asr boshidagi real voqelik xalqaro terrorchilik xozirgi davrda xalqaro xavfsizlikka, barqarorlikka taxdid solayotgan eng katta xavflardan biri ekaligidan dalolat beradi. Demak, O’zbekiston davrimizning global muammolaridan bo’lgan xalqaro terrorchilikka qarshi kurashda xam xalqaro xamjamiyat bilan xamkorlikda xarakat qiladi va bu borada munosib o’rin egallaydi.
1999 yili Istanbul Sammitida “Yevropada xavfsizlikni ta’minlash xartiyasi” muxokama qilindi.
O’zbekiston Prezidenti va Hukumatining BMT xamda turli xalqaro tashkilotlar anjumanlarida qilgan ma’ruzalari va bayonotlarining siyosiy xamda mafkuraviy jixatdan muxim axamiyatga ega tomonlaridan biri shundaki, ularda O’zbekiston davlati va xukumati tomonidan xalqaro terrorchilikka qarshi siyosiy, mafkuraviy, g’oyaviy va iqtisodiy soxalarda kurash olib borish bo’yicha aniq, taklif va tashabbuslar o’rtaga tashlandi.
Shu bilan birga bu taklif va tashabbuslarni amalga oshirishda O’zbekiston ularning ma’lum jixatlarini o’z zimmasiga olish tashabbusini taklif qildi. 37Buni Prezident I.A.Karimov 2003 yil iyun oyida Moskva shaxrida Shanxay Xamkorlik Tashkiloti Sammitida bildirgan fikrlar bilan izoxlash mumkin. Avvalo, Prezidentimiz o’z nutqida xalqaro terrorizmga qarshi xamkorlikda kurash olib borish zarurligining ayrim nazariy va mafkuraviy masalalari ustida to’xtab bunday dedi: "Dunyo xalqaro terrorchilik, radikal ekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikning tobora kengayib borayotgan ko’lamlari, yadro quroli va ommaviy qirg’in quroli tarqalishi xavfiga duch keldi. Xalqaro terrorchilik, radikal, tajovuzkor estremizm va ayirmachilik, narkotrafik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, xech mubolag’asiz, SHXT faoliyatining eng muxim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Aynan shu vazifalarni xal qilish uchun mintaqaviy aksilterror markaz tuzilmoqda".Shanxay Xamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar raxbarlari xalqaro terrorchilikka qarshi kurash masalasida qabul qilgan qarorlarda O’zbekistonning xalkaro terrorchilikka qarshi kurashda tutgan o’rni yuqori ekanligini takidladilar.O’zbekistonning o’zi xam terrorizmga qarshi kurashdan manfaatdordir. Qolaversa, O’zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi ishtirokidan Afg’onistan xam manfaatdor. O’zbek xalqi xech qachon jafokash afg’on xalqining ayanchli taqdiriga befarq qaramagan. Shu bois O’zbekistonning aksilterror kurashdagi ishtiroki Afg’onistondagi xarbiy xarakatlarda tinch axolining kamroq zarar ko’rishiga, bu zaminda tezroq tinchlik o’rnatilishiga va, eng muximi, vayronalar ostida ko’milib yotgan Afg’onistonni tezroq, tiklashga xizmat qildi. Ammo, afsuski, bugungi kunda xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga xamma davlatlar yoki siyosiy kuchlar xam xalqaro xamjamiyat bilan birgalikda jipslashgan xolda izchil mavqeda turib, butun imkoniyat va kuchlarini safarbar qilmoqda, deya olmaymiz. 38
Yana shuni takidlashimiz joizki insonda g’oyaviy imunitet shaklanmagan bo’lsa yot g’oyalarga chalinishi shuncha tez va oson bo’ladi shuning uchun odamda avvalo imunetet shaklangan bo’lishi lozim.
Fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish. Tarix o’zga xududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko’rsatadi. U nayzalardan tortib avtomatik qurollargacha, zambaraklardan tortib yer yuzining xar qanday nuqtasiga bexato yetib boradigan qitalar aro ballistik raketalargacha bo’lgan uzoq takomil yo’lini bosib o’tdi. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo’lgan xududlar axolisini jismonan yo’q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o’zga xududlarni zabt etish uchun ularning axolisini maxv etish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari «ma’qul» yo’nalishga o’zgartirilgan yerlik axoli ko’magida qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo’lib qolmoqda.
Mamlakatimiz ichida o’zlarining g’ayriinsoniy va g’ayri islomiy g’oyalarini tarqatishga xarakat qilayotgan diniy ekstremistlar xam ana shunday g’arazli maqsadlarni, yani yoshlarni chalg’itish, ular yordamida mamlakatni o’z taraqqiyot yo’lidan chetlatib yuborishga intiladilar.
Yuqoridagi muloxazlardan xam kishilar ong va qalbini egallash g’oyaviy kurashning bosh maqsadiga aylanganini anglab yetish mumkin. «Butungi kunda yozadi Yurtboshimiz, insoniyat qo’lida mavjud budgan qurol- yarog’lar yer kurrasini bir necha bor «vayron qilishga yetadi. Buni xamxamiz yaxshi anglaymiz. Lekin xozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning ong va qalbini egal­lash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir .Endilikda yadro maydonlarida emas mafkura maydonlarida bo’layotgan kurashlar ko’p narsana xal qiladi Bu achchiq xaqiqatni xech qachon unutmaslik lozim». 39
Shunday sharoitda moxiyatan g’ayriqonuniy, shu jumladan, diniy-ekstremistik g’oyalarga qarshi tura olish uchun kishilarimizda mafkuraviy imunitetni shakllantirish markaziy masalalarlan biriga aylamoqda.
Immunitet (lot. immunitas - ozod bo’lish qutulish) deganda tibbiyotda organizmning doimiy ichki muayyaligini saqlashi, o’zini turli, shu jumladan zararli ta’sirlardan ximoya qilishga qodir bo’lgan xususiyatlari majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasaliklarga berilmaslik xususiyatini xam ifodalaydi.
Insonning tug’ma bo’lgan ana shu umumiy immunitet tizimidan farqli ravishda mafkuraviy immunitetni shakllantirib borish zarur. U xar bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi va mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlashga (immunitetga ega bo’lmagan chaqaloqlarning uzoq yashay olmasligini eslaylik) xizmat qiladi.
«Bugungi kunda, — deb yozadi Islom Karimov, yoshlarimiz nafaqat o’quv dargoxlarida, balki radio-televideniye, matbuot, Internet kabi vositalar orqali xam rang-barang axborot va ma’lumotlarni olmoqda. Jaxon axborot maydoni tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda bolalarimiz ongini faqat o’rab-chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir tomonlama tarbiya berish, devor bilai o’rab olish, xech shubxasiz zamoning talabiga xam, bizning yezgu maqsad mudaolarizga xam to’g’ri kelmaydi.
Qayad etilgan fikrlar xozirgi davrda inson xayotida axborot va bilimlar xilma-xilligining o’rni va axamiyati yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi, shu bilan birga, bilimlar mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri xisoblanishini xam xil etish lozim. Ammo bilimlar ko’p. Diniy ekstremizm va terrorizm tarafdorlari xam muayyan «bilim»larga tayanadilar va uni omma ongiga singdirishga xarakat qiladilar. Demak, mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo’lishi, voqelikni to’g’ri va to’liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishi va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Bu, bir tomondan. Ikkiichi tomondan, bu bilimlar o’z moxiyat e’tiboriga ko’ra, Vatan, millat, insoniyat manfaatlari bilan uzviy bog’liq bo’lmog’i kerak. Fuqarolarimizning asl islom xaqida xolis va yetarli bilimga ega bo’lishlari diniy ekstremizmga qarshi immunitetni shakllantirishning asosiy shartlarilan biri xisoblanadi.40
Bugungi kunla, Yurtboshimiz so’zlari bilan aytganda, axloqiy buzuqlik va zo’ravonlik, individualizm va egotsentrizm, mutaassiblik va aqidaparastlik g’oyalarni tarqatish, kerak bo’lsa, shuning xisobidan boylik ortirish, boshqa xalqlarning milliy va diniy an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo’porishga qaratilgan taxdidlar ta­bora xatarli tus olmoqda. Butun jaxonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish xayotiy-amaliy axamiyat kasb etmoqda.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy immuni­tet tizimida uning ikkinchi asosiy unsuri - olingan bi­limlar zamirida shakllanadigan baxolar, qadriyatlarning o’rni beqiyosdir. Bilimlar qanchalik xolis va chuqur bo’lsa, uning zamirida yuzaga kelgan baxolar, qadriyatlar xam shunchalik mustaxkam bo’ladi. Bir so’z bilan aytganda, qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy infeksiyalar yo’lida mustaxkam qalqon bo’lib xizmat qiladi.
Qayd etilgan muloxazalar asl islom xaqida muayyan bilimlarga ega bo’lish, uning bayrog’i ostida taqdim etilayotgan g’oyalar, qarashlar va xarakatlarni to’g’ri baxolash, ularning moxiyatan islomiy qadriyatlarga butunlay zid ekanini anglab yetishga xizmat qiladi, degan xulosani chiqarish imkonini beradi. Bilimlar va qadriyatlar tizi­mi esa mafkuraviy immunitetning shakllanishida omil bo’lib qolaveradi. Mafkuraviy immunitetning uchinchi muxim unsuri ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy soxalardagi muljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq». Ana shunday aniq tizim bo’lmas ekan, xox aloxida inson, xox millat yoki jamiyat bo’lsin, oshkora, gox pinxona ko’rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga bardosh berishi amrimaxoldir.41
Mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda yot g’oyalar kirib kelishining oldini olish va ularni yo’qotishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini o’z ichiga mafkuraviy profilaktikaning o’rni katta. U tutlar tomonidan xilma-xil shakllarda amalga oshiriladigan g’oyaviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy ma’naviy ishlar majmuini, to’g’ri tashkil etilgan butun tarbiya tizimini qamrab oladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda milliy g’oya ruxi bilan shunday tarbiya tizimi yaratildi.Uni doimiy takomillashtirib borish va davr davatlariga xozirjavobligini taminlash esa, xar birimiz va xammamizning asosiy vazifamiz xisoblanadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, «Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga taxdid soladigan, uni o’z ta’siriga olish, uning ustidan xukmronlik qilish, uning boyliklaridan o’z manfaati yo’lida foydalanishga qaratilgan intilish va xarakatlar doimiy xavf sifatida saqlanib qolishi muqarrar».
Shunday ekan, voyaga yetayotgan xar bir farzandimizni kuchli mafkuraviy immunitet va yuksak ma’naviyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayotni ta’minlashimizning asosiy shartlaridan biri bo’lib qolaveradi. Yurtboshimiz so’zlari bilan aytganda, «...xalq-bamisoli ulug’ va sharafli yo’ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan xamla qiluvchilar xamisha bo’lgan, bundan keyin xam bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini xech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch - ma’naviyat bor».


XULOSA
Terrorchilik., uning ijtimoiy tarixiy, mafkuraviy va g’oyaviy ildizlari xamda uning globallashuvining xalqaro xavfsizlik va ijtimoiy-siyosiy barqarorlikka, shu jumladan O’zbekiston xavsizligiga taxdidi siyosatshunoslik, xuquqshunoslik xamda ruxshunoslik fanlari bilan bir qatorda falsafa fanining xam eng dolzarb taxlil obektlaridan biri bo’lib qolmoqda.Terror, terrorchilik va xalqaro terrorchilik tushunchalarini falsafiy taxlil qilish shundan dalolat beradiki, bunday ijtimoiy taxdid faqat muayyan shaxslar, jamiyatdagi muayyan guruxdar, xatto ayrim mamlakatlar uchungina moddiy va ma’naviy ofat bo’libgina qolmasdan, xozirgi davrda butun jamiyat, xamma mamlakatlar uchun xam katta falokatga aylanishi mumkin. Buni xozirgi davrda dunyoning turli chekkalarida turli ko’rinishdagi yuz berayotgan terrorchilik jarayonlari isbot qilib bermoqda. Agar terrorchilik jarayonlari dastlab vujudga kelgan davrlarda muyayn bir shaxs, gurux yoki muayyan siyosatchi, ijtimoiy tuzumga qarshi ma’lum bir mamlakat chegarasida amalga oshirilgan bo’lsa, xozirgi davrda uzining maqsadlari, kurash olib borish vositalari xamda ko’lami jixatidan xech qanday to’siq bilmay, xalqaro miqyosdagi muammoga aylanib bormoqda.
Shu nuqtai nazardan yuqoridagi tushunchalarga siyosatshunoslik, xuquqshunoslik, ruxshunoslik fanlari nuqtai nazaridan berilgan ta’rif va izoxlarni umumlashtirgan xolda falsafiy taxlil asosida ularning moxiyat-mazmunini yoritish ma’lum nazariy va amaliy axamiyatga ega. Xalqaro terrorchilikni vujudga kelishining tarixiy sharoitlari va ijgimoiy-g’oyaviy ildizlarini falsafiy taxlil qilish shundan dalolat beradiki, ushbu yovuzlik o’zining tarixiy kelib chiqishi davridanoq o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalari jixatidan xam, qo’llagan kurash vositalari jixatidan xam, g’oyaviy da’volari jixatidan xam insoniyat uchun katta ijtimoiy xavfga aylanish imkoniyatiga ega bo’lgan va bunday imkoniyat ma’lum tarixiy davrlarda voqelikka xam aylangan. Bu terrorchilikning tarixiy shakllari bilan xozirgi davrdagi turli ko’rinishlarida namoyon bo’layotgan terrorchilik o’rtasidagi umumiy tomonlarni ochib berishga asos bo’la oladi.
Shuning uchun xam xalqaro terrorchilikni vujudga kelishining tarixiy va ijtimoiy-g’oyaviy moxiyatlarini falsafiy taxlil asosida yoritish xozirgi zamon xalqaro terrorchiligining siyosiy, mafkuraviy va g’oviy asoslari butun insoniyatga, xalqaro xamjamiyatga qarshi qaratilgan ma’naviy jinoyat xam ekanligini fosh qiladi.
Mutaxassis terrorologlarning xalkaro terrorchilikning g’oyaviy va mafkuraviy asoslari xaqidagi fikrlarini umumlashtirgan va falsafiy taxlil qilgan xolda xulosa qilish mumkinki, xalqaro terrorchilikning tarixiy ildizlari, g’oyaviy va mafkuraviy asoslari diniy e’tikod jixatidan xam, insonparvar demokratik tamoyillarga amal qiluvchi sog’lom mafkura jixatidan xam o’z g’arazli ijtimoiy-maqsadlarini "ma’naviy" oqlashga qaratilgan soxta da’vatdir.
XX asrning so’ngi yillarida xalqaro terrorchilikning diniy fundamentalizm va ekstremizm bilan (qaysi dinga taalluqli bo’lishidan qat’iy nazar) birlashishi, o’z g’oyaviy va mafkuraviy da’volarini ular asosida ommaga singdirishga xarakat qilishi, uning yana xam kengroq ko’lamda tarqalishi nafaqat jismoniy va moddiy jixatdan, balki ma’naviy va ruxiy jixatdan xam fojialiroq tus olishga olib kelmoqda.
Malumki, diniy mutaassiblik o’z navbatida g’oyaviy va mafkuraviy, siyosiy mutaassiblikni keltirib chiqaradi. Uning asosiga ko’rilgan diniy fundamentalizm va ekstremizm esa , yana xam keng ko’lamliroq va fojialiroq siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy ekstremizmni keltirib chiqaradi. Bunday ofatga qarshi samarali g’oyaviy va mafkuraviy kurash olib borish unga qarshi siyosiy, xarbiy va huquqiy soxalarda kurash olib borishga nisbatan jiddiyroqdir. Shuning uchun xam diniy mutaassiblik, fundamentalizm va ekstremizm asosida kelib chiquvchi terrorchilikning xalqaro miqyosda keng tarqalishiga qarshi g’oyaviy, mafkuraviy va ma’naviy- ma’rifiy kurash olib borish, mamlakatimiz falsafa fanining eng dolzarb muammolaridan biri bo’lib qolmoqda. Xalqaro terrorchilikka qarshi kurash olib borish, eng avvalo ko’p jixatdan ularga qarshi samarali g’oyaviy va mafkuraviy kurash olib borish bilan bog’lik. Chunki diniy mutaassiblik, fundamentalizm, ekstremizm va terrorchilik uz tarixiy-ijtimoiy kelib chiqishlari, ba’zi juz’iy jixatlari bilan bir birlaridan ma’lum darajada farq qilsalar xam, ular bir zanjiriing xalqalaridir. Diniy fundamentalizm va ekstremizm mavjud ekan, xamma vaqt terrorchilik xavfi saqlanib qoladi.
1.Diniy ekstremizm va terrorizmga yoshlarni kirib qolishiga asosiy sabab sifatida dinning asl moxiyatini tushunmaslik xisoblanadi.Nega deganda din bilan avrash eng kuchli ruxiy tasir vositasi xisoblanib insonni butunlay o’ziga qamrab oladi. Taklif shundan iboratki maktab, kollej, oliy ta’limda taxsil olayotgan yoshlaga dinning asl moxiyatini tushuntirish zarur.
2.O’ylaymanki biz xozir juda qiyin zamonda yashamoqdamiz qaysi ma’noda degan savolga javob shuki qurol kuchi bilan odamlar ongini bo’ysindira olmagan terrorchilar yovuz g’oyalari orqali yoshlarni domiga tortmoqdalar. Xulosa shuki yoshlar ongida mustaxkam g’oya yarata olsak ular ongini sabt eta olmaydilar.
3. Terror daxshatli kuch u o’z domiga xammani tortadi u yosh bo’lsin qari bo’lsin farqi yo’q. Malumotlarga qaraganda bu yo’lga kirayotganlarning deyarli ko’pi moddiylikka uchub bu yo’lga kirayotgan ekan.Lekin bu nazariya ayrim vaqtlarda o’zini oqlamaydi nega deganda yevropa davlatlarining ko’pgina bosh shaxslari terror yo’lini tanlagan oydinlik kiritadigan bo’lsak u shaxslar o’zlari yaratgan g’oyalariga boshqalarni ishontirish va yo’ldan urushni maqsad qilib qo’yganligida. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki qachonki bu yo’li oxiri tannazul va fojia bilan tugashini anlata olsak moddiylik o’z axamiyati va qiymatini yo’qotadi.

Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish