O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy axamiyati



Download 183,5 Kb.
bet3/8
Sana21.04.2022
Hajmi183,5 Kb.
#568458
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ozbekistonda xalqaro terrorizmga qarshi kurash zaruriyatining ijtimoiy-fals

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy axamiyati. Taqiqotda berilgan xulosalar nazariy umumlashmalardan fundamentalizm xalqaro terrorizm diniy ekstremizm xaqida va unga qarshi kurash asoslari xaqida umumiy tushuncha va yo’nalishlar berilgan bo’lib bu tadqiqot ishini maktab darsliklari yoki o’tkazilayotgan umumiy konfrensiyalarda va tashviqot ishlarida foydalanish mumkin.
Tadqiqot ishining tuzulishi va xajmi. Tadqiqot ishi ikki bob, to’rt rejadan va xulosa adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, jami xajmi 47 betdan tashkil topgan.


1 BOB XALQARO TERRORIZMNING MAZMUN MOXIYATI
1.1 Xalqaro terrorizmning tarixi va sabablari
Terror tushunchasi va terror jarayonlari tarixiy kelib chiqish jixatidan ancha uzoq davrlarga borib taqalsa xam, o’tgan asrning II -yarmidan boshlab o’zining ko’lami, o’z oldiga qo’ygan maqsadlari va oqibatlari jixatidan xam daxshatli yuksalmoqda. Terrorizm siyosiy tusga ega bo’lgan destruktiv xarakat xamdir.
Jahondagi ko’pgina davlat va jamoat arbobloari, yirik olimlar, mutaxassislar, ayniqsa, yoshlar dunyoni tinchlik xukmron bo’lishi, xar qanday xavfning oldi olinishidan manfaatdor ekanliklarini sezmoqdalar va buning uchun barcha kuch, imkoniyatlarni safarbar etmoqdalar. Taasuflar bo’lsinki, terror degan og’ir jinoyat butun dunyoga insonlar boshiga katta xavf-xatar solmoqda, zaminimiz tinchini buzmoqda.
Terrorchilik o’ta murakkab jinoiy xodisadir. Bugungi kunda "Davlat terrorizmi"5 atamasi taxlil qilishga extiyoj sezilmoqda.
Xalqaro terrorizm o’zining dastlabki tarixiy kelib chiqish davrida qandaydir bir mamlakat chegarasi bilan, qandaydir muayan cheklangan maqsadlarni ko’zda tutgan xolda va chekklangan vositalarni qo’llab amalga oshirilgan, uning oqibati xam shularga mutanosib namoyon bo’lgan bo’lsa xam xozirgi vaqtda ko’lami va boshqa jixatlari bilan agar tabir joiz bo’lsa, geometrik proporsiyada ortib bormoqda. O’z navbatida O’zbekiston davlati va fuqorolari xam bu boradagi say- xarakatlarni yana xam izchil asosga qo’ymoqdalar. Aytish joizki, xalqaro terrorizmga qarshi siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy va ma’naviy jixatlardan samarali kurash olib borish va ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo uning tarixiy ijtimoiy siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy ildizlarini aniq anglab olmoq zarur.
Ammo xozirgi davrda terror o’zining ko’lami, maqsadi, kurash vositalari jixatidan muayan bir davr, tarixiy sharoit, mamlakat, shaxsga qaratilganligi jixatidan xar qanday chegaradan chiqib, xalqaro miqyosda ijtimoiy xodisaga aylanib bormoqda.6
Bunga misol kilib Xalqaro terrorizmning qaday jarayonlar va qanday ko’rinishlarda namoyon bo’lishi misol sifatida quyidagi tushunchani ko’rsatish mumkin.
Xalqaro terrorizm biron bir davlatdagi terrorchilarning o’z xarakatlarini u yoki bu davlat xududidan tashqariga chiqib, davom ettirishdir.
Xalqaro terrorizm tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va xarakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo’poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U aloxida siyosiy arboblarni o’ldirish yoki ularga qasd qilish orqali xalqaro ishtimoiy siyosiy aks sado beradigan buzg’unchi siyosiy xarakatlarni ifodalsh uchun xam ishlatiladi.
Terrorchlik xarakatlarining:
Xalqaro xuquq ximoyasidadi obekt yoki subektlarga qarshi qaratilgani;
Ekstremistik gurux azolarining boshqa davlatlar xududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko’rishi;
Tayyorgarlik ko’rish va qo’poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol yarog’ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanishi uning xalqaro terrorchlik xuruji ekanini qo’rsatuvchi asosiy belgilardan xisoblanadi.
Muayyan mamlakat xududida sodir etilgan terrorchilik xurujida qayd etilgan u yoki bu belgilarning bo’lishi, unga xalqaro maqom berilishi va shundan kelib chiqib, unga mos choralar ko’rilishiga olib keladi. 7
Terrorchilarning biron bir xorijiy davlatga joylashgan xalqaro terrorizmning o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatib turadi.
Masalan:
Terrorchilar xam jinoyat qurbonlari xam bir davlatga mansub yoki bir necha davlatga tegishli bo’lishi mumkin. Ammo jinoyat shu davlatdan tashqarida sodir etilgan bo’ladi.
Terrorchilik xarakati xalqaro ximoya ostidagi shaxslarga qaratilgan bo’ladi
Terrorchilik xarakatlariga tayyorgarlik bir davlatda amalga oshirilib, jinoyatning o’zi esa ikkinchi davlat xududida sodir etiladi.
Terrorizmning turli shaklarda namoyon bo’ladi: siyosiy terrorizm, iqtisodiy terrorizm, ijtimoiy terrorizm, infarmatsion terrorizm, millatchilik terrorizmi, diniy terrorizm. Ammo ular qanday shaklarda namoyon bo’lmasinlar, ularning mazmun moxiyati falsafiy nuqtai nazardan bitta ma’naviy tanazul va g’ayrinsoniylik.
O’zbekiston milliy xafsizligi, barqarorligi, taraqqiyoti va mamlakatda xukum surayotgan fuqoroviy va millatlar aro xamjixatlikka bugun real taxdidlar, shu jumladan, terrorizm taxdidi mavjud ekan, bu muamoni chuqur o’rganish, imkon darajasida uning oldini olish bo’yicha tegishli ilmiy xulosalar, xususan falsafiy xulosalar ishlab chiqish davr talabiga aylanmoqda.
Har qanday taxdid ayniqsa terrorizm taxdidi ijtimoiy siyosiy, ma’naviy mafkuraviy vaziyat bo’lib, muayan tarixiy davrda aniq bir maqsadga, yani ijtimoiy tizim sifatida davlatning siyosiy asoslarini zaiflashtirishga, yemirishga, shuningdek, inson xayotiy faoliyatini izdan chiqarishga qaratilgan xududiy mintaqaviy, umumsayoraviy omillarning kirib kelishi tufayli sodir bo’ladi. "Bugungi kunda, deb takidlaydi Prezdentimiz I.A.Karimov xavfsizlik va barqarorlik yo’lida paydo bo’layotgan taxdidlarga tegishli munosabatda bo’la olishning o’zigina yetarli emas. Mavjud xavf xatarlarning tabiatini to’g’ri tushunib yetishimiz kerak. Jamiyatda barqarorlikni saqlash shart- sharoitlarini belgilab olishimiz va ulardan samarali foydalanishimiz zarur". Shu nuqtai nazardan terrorizm taxdidiga nixoyatda jiddiy yondashib, uning siyosiy, mafkuraviy, g’oyaviy asoslarini va maqsadlarini fosh qilish bilan birga terror va terrorizmning asl moxiyatini falsafiy taxlil qilish Respublikamiz falsafa fanining muxim vazifalaridan biridir. Zero terrorizm xavfi zamon va8 makon nuqtai- nazaridan doimiy ravishda jamiyat xayotiy faoliyati va rivojlanishiga o’ta salbiy tasir ko’rsatish kuchiga ega bo’lib kelgan.
Shuni xam takidlab o’tmoq joizki , biror bir mamlakatning taraqiyot yo’liga tushushi, turli soxalarda ko’zga ko’rinarli yutuqlarni qo’lga kiritishi mamlakat barqarorligiga nisbatan taxdidlarning barxam topganligidan darak bermaydi, albatta. Bundan terrorizm xavfi xam mustasno emas. Buni O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingi tarixida yuz bergan terroristik guruxlarning xurujlari yaqqol namoyon qildi. Shu nuqtai nazardan asosiy vazifa o’z vaqtiga uning oldini olish, bartaraf etishga qodir bo’lgan chora tadbirlar tizimini ishlab chiqish va lozim bo’lganda layoqat bilan ularni safarbar qila bilishdadir. Terrorizmga qarshi samarali kurashning mustaxkam mafkuraviy asosini yaratishda esa falsafiy taxlilning zarurligi tabiiydir.
Ikkinchi tomondan terror, terrorchilik va xalqaro terrorchilik tushunchalarining falsafiy moxiyatini aniqlashning ijtomoiy- siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy zaruriyati shundaki, O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy,ma’naviy, mafkuraviy-siyosiy jarayonlarning tub moxiyatini ataylab soxtalashtirishga, buzib ko’rsatishga xarakat qilayotgan ayrim ichki va tashki "opponent"larimiz oshkora terroristik ruxda tashviq qilinayotgan, namoyon bo’layotgan xatti-xarakatlarni muxolifat deb baxolashga va oqlashga xarakat qilmoqdalar. Shuning uchun biz ularning ig’vogarona davatlari terrorizmni muxolifat niqobi bilan berkitishga xarakatdan boshqa narsa emasligini asoslash maqsadida muxolifat tushunchasining siyosiy va mafkuraviy moxiyati xaqida biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.O’zbek tilining izoxli lug’atida muxolifat degan ot yo’q, sifat bor." Muxolifat" tushunchasi mavjud va quyidagicha izoxlanadi : "Muxolifat"–arabcha qarama- qarshilik, xiloflik, ziddiyat. "Muxolifat"qarama -qarshi fikrga ega bo’lgan, qarshi chiquvchi, kishi".9
Muxolifat va terrorchlik tushunchalari o’rtasida siyosiy xatti- xarakatlar jixatidan xam, mafkuraviy asoslari jixatidan xam xech qanday umumiylik yo’qligi,ular tubdan bir-biriga zid ekanliklarini yana xam aniqroq tassavur qilish uchun xozirgi paytda ijtimoiy fikirda "muxolifat" tushunchasi xaqida bildirilgan bazi noto’g’ri fikrlar xaqida to’xtalib o’tmoq lozim. Bu xaqda biz tadqiqotchi S.Mamadaleyevning quyidagi fikrlarini keltirib o’tmoqchimiz "Ishtimoiy fikrda" "muxolifat" tushunchasi xaqida bir qancha noto’g’ri tasavurlar mavjud.
Ular quyidagilar:
Birinchi tasavvur. "O’zbekistonda rasmiy xokimyat tan olingan "Muxolifat" yo’q . Bunday fikrlar, asosan, o’zini demokratik jarayonlarni baxolovchi oliy xakam deb etirof etuvchi ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarida uchraydi…
Ikkinchi tasavur. Ayrim chet el ommaviy axborot vositalri vakillarining. "O’zbekistonda muxolifat tazyiqqa olinmoqda, shuning uchun u mamlakat tashqarisida faoliyat ko’rsatishga majbur", - degan fikrlari xam bizning nazarimizda anglab olinmagan moxiyatning inikosidan boshqa narsa emas…
Terrorizm xatti-xarakatlarining mazmuni va moxiyati esa bevosita zo’ravonlik, inson xayotiga taxdid va uning xuquqlarini poymol etish bilan bog’liq bo’lgan butun shahar, mamlakatni xonavavron qilishga olib keladigan, xalq millat va mamlakat taqdirini butunlay boshqa o’zanga burib yuborib, o’z maqsadi va g’oyalarining ro’yobi uchun xech narsadan tap tortmaslikdir.
XX- asrning so’nggi yillarida muayyan bir mamlakat va mintaqa chegarasida aniq bir maqsadni amalga oshirishni nazarda tutgan terroristik xarakatlar, tashkilotlar tobora xalqaro miqyosda kengayib global muamolardan biriga aylanib borayotganligi tufayli jaxondagi ko’pgina mutaxasis siyosatshunoslar, jamiyatshunoslar, xuquqshunoslar, ruxshunoslar, davlat va jamiyat arboblarining bu muamoning asl moxiyatini ochib berish masalasiga oid qator tadqiqotlari, bildirgan fikr muloxazalari keng jamoatchilikka taqdim etildi. Albatta, ularning terrorizmga bergan tariflarida, bildirgan fikr muloxazalarida u yoki bu darajada tafovut, munozarali tomonlar bo’lishi tabiiy. Lekin ularning xammasi bir masalada yakdil : xech qanday sabab terrorizmnning jinoiy moxiyatini oqlay olmaydi.
Fikrimizni asoslash uchun bu boradagi ularning ayrim fikrlarini keltirib o’tmokqimiz. Chunonchi, professor A. B. NAUMOV shunday deb yozadi: " Jinoiy terrorizmni "nojinoiy" terrorizmdan farqlash masalasiga kelsak, bunday farqlanishni shartli ravishda uning vaj baxonasiga nisbatan, yani jinoiy yoki ruxiy ildiziga nisbatan ko’plab mumkin. 10Jinoyat qonuni chegarasida esa, xar qanday terrorizm jinoyatdir, zero u qonunni buzushdir".11
O’zbekistonda jamiyatshunoslar, siyosatshunoslar, xuquqshunoslar, psixologlar tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlarda terrorizmga umumbashariy murakkab ishtimoiy-siyosiy, xuquqiy, ma’naviy,g’oyaviy, mafkuraviy nuqtaiy nazardan yondoshib, tizimli, kompleks tadqiq qilishga intilmoqdalar.
Shuni xam takidlamoq joizki, O’zbekiston davlati va xukumati terrorizm muamosiga o’zining tashqi va ichki siyosatining muxim masalasi sifatida yondoshib, terrorizmga qarshi kurashning xuquqiy asosini belgilovchi qonunlarni xam ishlab chiqdi. Chunonchi, so’nggi yillarda O’zbekistondagi qonunchlik tizimida terrorchi, terrorchilik guruxi, terrorchilik tashkiloti kabi tushunchalarni umumlashtirgan xolda ularning tarifiga aniqlik kiritildi. 2001-yilda e’lon qilingan O’zbekiston Respuplikasining "Terrorizmga qarshi kurash to’g’risidagi" qonunning ikkinchi moddasida terrorizm tushunchasi quyidagicha ifodalangan: "terrorizm-siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning xayoti, sog’ligiga xavf tug’diruvchi, mol mulk va boshqa 12maqsadlarga erishish boshqa obektlarning yo’q qilinishi xavfini keltirib chiqaruvchi xamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biror bir xarakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverentetini, xududiy yaxlitligini buzishga, xafsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojorolarni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, axolini qo’rqitishga, ijtimoiy-siyosiy ziddiyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respuplikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan. Zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar: terrorchi terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etgan shaxs: terrorchilik guruxi oldindan til biriktirib terrorchilik xarakatini sodir etgan, bunday xarakatga tayorgarlik ko’rgan yoki uni sodir etishga suiqasd qilgan13 shaxslar guruxi: terrorchilik tashkilot - yoki undan ortiq shaxsning yoki terrorchilik guruxlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi".
Shuning O’zbekistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan kurash nafaqat O’zbekiston fuqarolari tamonidan, shu bilan birga xalqaro xamjamiyat, qator mamlakatlarning davlat boshliqlari, atoqli jamoat arboblari, barcha taraqiyparvar insoniyat tomonidan qo’llab- quvatlanmoqda. Shu munosabat bilan yana Prezdent I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasida so’zlagan nutqidan quyidagi fikrlarni keltiramiz: "Yurtimiz boshiga ish tushgan tashvishli kunlarda jaxondagi ko’plab nufuzli davlatlar, xalqaro tashkilotlarning raxbarlari xalqimizga xamdardlik bildirib bizni qo’llab quvvatlaganidan, o’ylaymanki, jamoatchligimiz yaxshi xabardor. Shular qatorida musulmon davlatlarining raxbarlari, islom olamining ko’zga ko’ringan siyosat va din namoyondalarining bu masalaga xolis va sog’lom yondashuvi etiborga sazovor".
O’z navbatida O’zbekiston davlati va fuqarolari xam bu boradagi say- xarakatlarini yana xam izchil asosga qo’ymoqdalar. Aytish joizki, xalqaro terrorizmga qarshi siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy va ma’naviy jixatlardan samarali kurash olib borish va ijobiy natijalarga erishish uchun avvalo uning tarixiy, ijtimoiy- siyosiy, g’oyaviy va mafkuraviy ildizlarini aniq anglab olmoq zarur.
Xalqaro terrorizm qanday rangli bayroq ostida, qanday g’oyaviy va mafkuraviy shiorlar asosida, qanday maqsadlarni ko’zda tutib amalga oshirmasin zamonamizning eng xavfli, eng daxshatli global muamolaridan biriga aylanib bormoqda. Terrorchilarning tez suratlar bilan rivojlanib borishi uning chegaralarini xam kengayishiga sabab bo’lmoqda.
Hozirgi davrda xalqaro terrorizmning glaballashuvi shu darajaga borib yetdiki, nafaqat biror bir mamlakat yoki mintaqada, balki jaxon miqyosida uning chegarasini aniqlab bo’lmaydigan darajaga borib yetdi. Xozirgi paytda dunyoning birorta mamlakati yoqki, terrorizm xavfidan o’zini xoli deb bilsa. Bu xaqda yurboshimiz I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’n to’rtinchi sessiyasidagi nutqida shunday deb takidlaydi: "Xozirgi vaqtda terrorizmning tajavuzidan o’zini xoli xis qiladigan birorta qit’a yoki davlatning o’zi yo’q. Xuddi vabo singari yer yuzini ko’plab mamlakatlariga yoyilib borayotgan bu balo qazo ertaga kimni nishonga olishini xam oldindan aytish qiyin.
Agar ushbu takidning ma’naviy jixatini ko’rib chiqadigan bo’lsak, xozirgi paytda xalqaro terrorizmga qarshi kurash butun taraqiyparvar insoniyatning, shu jumladan, O’zbekiston fuqorolarining vazifasi va muqaddas burchidir. Xalqaro terrorizmga qarshi g’oyaviy va mafkuraviy kurash yo’nalishlari vositalarini aniq belgilab olishda esa, uning kelib chiqishining tarixiy va ishtimoiy-siyosiy ildizlarini, g’oyaviy va mafkuraviy manbalarini aniqlash bu boradagi muxim nazariy masalalardan biridir. Eng avvalo, xalqaro terrorizmning tarixiy kelib chiqishining ishtimoiy-siyosiy shart-sharoitlari xaqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Xalqaro terrorizm keng ko’lamda yoyilishi va tajavuzkorligining tobora oshib borishi XX- asrning 70-80 yillariga to’g’ri keladi. Bu tasodifiy xol emasdir buning sabablaridan biri ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda xarbiy xarajatalarga sarflanayotgan katta mablag’, buning natijasida narx navoning oshishi iqtisodiy tanglik va ishsizlikning ko’payishiga olib keldi. Jamiyat iqtisodiy xayotidagi bunday xolat jamiyatning qator tabaqa va guruxlarida norozilik uyg’otdi. Malum darajada jinoyatchilik ko’paydi. Bundan esa siyosiy ekstremistik guruxlar ustalik bilan foydalandi. 14
Albatta, xozirgi zamon xalqaro terrorizmni geografik ko’lami jixatidan xam, kurash vositalari va imkoniyatlarining rang-barangligi jixatidan xam, uning xavfining geometrik proporsiyada o’sib borishi jixatidan xam, unga qarshi kurashning tobora qiyinlashib borishi jixatidan xam uning tarixiy shakliga taqqoslab bo’lmaydi. Ammo bular o’rtasidagi bir umumiylikni ko’rsatib o’tish mumkin. Ularning xar ikkisi xam umuminsoniyat manfaatlari bilan xisoblashmaydigan, aksincha unga zid bo’lgan bir gurux shaxslarning, yoki tarixiy taraqiyot qonunlariga zid keluvchi siyosat, g’oya va mafkuraning maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan jinoiy va g’ayriinsoniy xatti xarakatdir.


Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish