Tayanch tushunchalar
: ijtimoiy pedagogika, pedagogik sotsiologiya,
jamiyat, sotsium, shaxs, jtimoiy pеdagogikaga extiyoj, O`zbеkistonda ijtimoiy
pеdagogika fani paydo bo`lishining shart-sharoitlari, amaliy ijtimoiy faoliyat.
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlar va ularning ijtimoiy
hayotga ta'siri.
Ijtimoiy pedagogika–garchi u avvaldan yurtimizda pedagogik bilim sohasi va
fan sifatida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, O’zbekiston uchun yangi xodisa va
tushunchadir. Uning mustaqil fanga aylanganligi va amaliy tajribalari
tizimlashtirilmaganligining sabablari O’zbekiston tarixiy rivojlanishining
murakkabliklari va qarama-qarshiliklari bilan izohlanadi. Ijtimoiy pedagogikaga
salbiy ta’sir ko’rsatgan hodisalarga XX asrning 30 yillarida boshlangan ijtimoiy
tarbiyaning diskreditatsiyalashuvi milliy olimlar va pedagoglarni xorij tajribasi va
chet ellik hamkasblaridan ajratgan “temir parda”ning tushirilishi, umuminsoniy
qadriyatlarni sinfiy qadriyatlarga almashtirilishi, ijtimoiy muammolar haqida jim
turish siyosati, rahmdillik, mehr-muruvvat an’analarining yo’q qilinishi kiradi.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil
amalga oshirilmoqda.
Mamlakat taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ushbu sohalarda amalga
oshirilayotgan islohotlar, asosan insonga, uning manfaatlariga qaratilgandir. Buni
biz Yurtboshimizning “Islohot-islohot uchun emas, balki islohot inson uchun,
mamlakat
aholisining
farovonligi
va
turmush
darajasini
ko`tarishga
qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot, bozor iqtisodiyotiga o`tish, isloqotlar jarayonida ya'ni jamiyat
a'zolarining, fuqarolarning ongida qanday o`zgarishlar ro`y bermoqda, fuqarolik
jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda
o`z yo`lini topayaptilaru, kimlar adashmoqda, jamiyat insonlarga qanchalik va
137
qanday ta'sir o`tkazmoqda hamda qolaversa, insonlar jamiyatga qanday ta'sir
ko`rsatmoqda.
Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda
insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi
demokratik qadriyatlar paydo bo’lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning
ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk
kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:
1)
kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo’nalishi
sifatida e’lon qilinishi;
2)
aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir
qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;
3)
sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining
yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;
4)
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning har tomonlama barkamol shaxsni
shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy
qilinishi.
O’zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi
prezident I.Karimov asarlari va chiqishlarida ham muhim o’rin tutmoqda. Ularda
insoniylik, mehribonlik o’zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi
va ijtimoiy xarakterdagi ko’pgina muammolar- sog’liqni saqlashni, maktab va
shifoxonalarning
moddiy-texnik
bazasini
yaxshilash,
yashash
va
sport
majmualarini qurish, ko’p bolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o`zining mustaqil taraqqiyot yo`lini
belgilab oldi. Bu yo`l jamiyatimizning kelajagini o`z qo`llariga oluvchi - yoshlarga
beriladigan ta'lim-tarbiya asosida belgilandi. Shu nuqtai nazardan 1997 yili 29
avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta'lim to`g`risida”gi qonun qabul
qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda
ShAXS bosh va markaziy o`rinni egallab, modelning qolgan qismlari shaxs
manfaatlari uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga
kelgandan boshlab to maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani”
qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya muassalari o`z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin,
ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa
jamiyatning barcha a'zolari ushbu ziddiyatlarni yengib, ulardan to`g`ri xulosa
chiqara oladilarmi! Demak, ta'lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy
ta'sirlar, ya'ni kundalikli ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko`rsatayotgan ta'siri,
ularni ijtimoiy pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o`rganish, pedagogikada shu
kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga
keltirmoqda. Kursning nomidan ham ko`rinib turganidek, ijtimoiy qayotning turli
jabqalari shaxsga, ayniqsa yoshlarga, albatta o`z ta'sirini ko`rsatadi. Bunga misol
tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
Ommaviy axborot vositalari
Iqtisodiyot
Ko`cha-kuy, mahalladagi voqe'liklar
138
Ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosbatlar
Do'stlaringiz bilan baham: |