O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti



Download 425,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana13.01.2022
Hajmi425,61 Kb.
#355867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mintaqaviy xavfsizlikni taminlashda ozbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

33 


3. O’zbekistonning Markaziy 

Osiyo mintaqa xavfsizligini 

ta’minlashdagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o’rni va roli 

Hozirgi  davrda  Markaziy  Osiyoda  strategik  barqarorlikni  ta’minlash, 

mintaqada  integratsion  jarayonlarni  kuchaytirish,  bu  hududda  joylashgan 

davlatlarning  iqtisodiy,  suv-  energetik,  ekologik  muammolarining yechimni 

topishda  yakin  hamkorlik  aloqalarini  yo’lga  quyish  va  mustahkamlash  muhim 

ahamiyat  kasb  etadi. SHulardan  ayniqsa, Markaziy  Osiyo  mintaqasida tinchlik  va 

xavfsizlikni  saqlashda  mintaqa  davlatlarining  hamkorligi  zarurdir.  So’nggi  yillar 

mobaynida  O’zbekiston  mintaqada  xavfsizlikka  erishish  va  uzoq  muddatli 

hamkorlik  yo’lida  o’zaro  oqilona  murosaga  tayyor  ekanligini  bir  necha  bor  isbot 

qildi. 


Bu borada O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov «Markaziy Osiyoda tinchlik 

va  barqarorlikni  saqlash,  bu  mintaqani  barqaror  xavfsizlik  hududiga  aylantirishni 

tashqi  siyosatimizni  muhim  ustuvor  yo’nalishi  etib  belgilab  olganmiz»

1

  deb 



ta’kidlagan edi. O’zbekiston mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, qurolli 

mojarolarni  tinch  yo’l  bilan  hal  etish  borasida  taklif  va  tashabbuslar  bilan  chiqib, 

BMT bilan hamkorlikda qator samarali ishlarni amalga oshirdi. yevropa Xavfsizlik 

va hamkorlik  Tashkiloti, o’nlab davlatlararo nohukumat  xalqaro tashkilotlar bilan 

ham  keng  hamrovli  aloqalarni  izchil  rivojlantirmoqda.  O’zbekiston  poytaxti 

Toshkent  bugungi  kunda  xalqaro  nufuzli  tashkilotlar  ishtirokidagi  xavfsizlik, 

barqarorlik, tinchlik va hamkorlik masalalari bo’yicha muhim  xalqaro anjumanlar 

markaziga  aylandi.  Ayniqsa,  xalqaro  tashkilotlar  -  yeXHT,  Iqtisodiy  hamkorlik 

tashkiloti  (EKO)  bilan  teng  huquqli  a’zo  sifatida,  yevropa  Ittifoqi,  NATO  bilan 

«Tinchlik yo’lida hamkorlik» dasturi doirasidagi aloqalari rivojlandi. 

BMTga  a’zo  bo’lishdan  maqsad  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  xavfsizlik, 

tinchlik, osoyishtalik hamda totuvlikni ta’minlashning keskin muammolariga jahon 

jamoatchiligi  e’tiborini  jalb  qilishdan  iboratdir. 1993 yil  28  sentyabr  BMT  Bosh 

                                                           

1

 Karimov I. A. Bizning bosh maksadimiz – jamiyatni demokralashtirish va yangilash,  mamlakatni modernizatsiya 



va islox etishdir // O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. – Toshkent:  O’zbekiston, 2005. 3-jild. 

–  B. 59. 




 

34 


Assambleyasining 

48-sessiyasida  Prezident  I.A.Karimov  nutq  so’zladi, 

unda  diqqat  e’tibor  Orol  dengizi  fojeasiga  va  mintaqadagi  mojaroli  o’choklarga 

qaratildi,  birinchi  bor  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  holi  hudud  barpo  etish 

tashabbusi ilgari surildi. Bu tashabbus 1996 yil dekabr oyida bo’lib o’tgan yeXHT 

uchrashuvida yig’ilganlar diqqatiga havola etildi, 1997 yil 14–16 sentyabr kunlari 

Toshkentda  yuqoridagi  mavzuga  doir  anjuman  o’tkazildi. 1999 yil  22  oktyabrda 

Afg’onistondagi  mojarolarni  tinch  yo’l  bilan  hal  etish  masalasiga  doir  BMTning 

Xavfsizlik  Kengashi  a’zolari  nomidan  Bayonot  e’lon  qilindi, 1999 yil  19-20  iyul 

oyida «6+2» guruhining bu masalaga doir uchrashuvi bo’lib o’tdi.

1

 

 BMT  Bosh  Assambleyasining  «Ming  yillik»  deb  nom  olgan  sessiyasida 



Prezident  I.  A.  Karimov  nutq  so’zladi,  unda  «Bugungi  kunda  mintaqalar 

xavfsizligini  taminlamay  turib,  umumiy  xalqaro  xavfsizlikka  erishib  bo’lmasligi 

hammaga ravshan» degan edi

2



 Ming yillik Assambleyada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Ikkinchi chaqiriq, birinchi sessiyasida, 

ya’ni  2000  yil  22  yanvarda  so’zlagan  ma’ruzasida  xavfsizlik  va  osoyishtalikni 

ta’minlash  sohalariga  alohida  to’xtalib  o’tgan  edi.  BMT  bilan  faol  hamkorlik  va 

O’zbekistonning obro’sining ortib borayotganligini biz Prezident I.A.Karimovning 

«Ming  yillik  Assambleyasi»  raisi  o’rinbosarligiga  saylanishida  ham  ko’rishimiz 

mumkin. 

O’zbekiston  tashqi  siyosat  sohasidagi  vazifalarni  hal  etishda  Birlashgan 

Millatlar  Tashkiloti  doirasidagi  hamkorlikni  rivojlantirishga  alohida  e’tibor 

qaratadi. 

O’zbekiston  Tashqi  ishlar  vazirligining  tashabbusi  bilan  tashkil  etilgan 

"Markaziy  Osiyo  —  yadro  qurolidan  xoli  zona"  Xalqaro  konferensiyasi  ishida 

jahondagi 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotning muxtor vakillari qatnashdi. Bular 

                                                           

1

 O’zbekiston va xalqaro tashkilotlar. – Toshkent: Akademiya , 2005. – B. 9. 



2

 Karimov I. A. BMT Bosh Assambleyasida so’zlangan nutq //

 

Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. – 



Toshkent: O’zbekiston, 2001. 9-jild. – B. 106. 

 

 




 

35 


orasida  BMT,  yeXHT,  NATO,  Atom   energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentlik, 

"Islom  konferensiyasi"  Tashkiloti,  Lotin  Amerikasida  yadro  qurolini  taqiklash 

bo’yicha  agentlik  va  boshqa  xalqaro  tuzilmalardir.  Ushbu  anjuman  ishida  BMT 

Xavfsizlik  Kengashi-ning  doimiy  a’zolari  —  yadro  davlatlari  hisoblanmish  besh 

davlat vakillari faol qatnashdilar. Bu esa Toshkent konferensiyasi katta ahamiyatga 

ega  ekanligini  ko’rsatdi.  Toshkent  konferensiyasida  qatnashish  uchun yevropa 

Ittifoqi  mamlakatlarining  katta  delegatsiyasi  ham  keldi.  Ularning  integratsiya 

hamda  xavfsizlik  va  tinchlik  o’rnatish  borasidagi  tajribasi  Markaziy  Osiyo 

davlatlari  uchun  ayniqsa  qadrlidir.  Konferensiyaning  hamma  ishtirokchilari 

O’zbekistonning  Markaziy  Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zona  tashkil  etish 

haqidagi g’oyasini qo’llab-quvvatlayotganliklarini ma’lum qildilar. 

O’zbekiston  Prezidenti  I.  Karimov  "Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli 

zona"  Toshkent  konferensiyasida  so’zga  chiqib,  bunday  dedi: "... jahon 

hamjamiyati  bugungi  kunda  yadro  xavfidan  ogoh  qilish,  uning  oldini  olish 

borasidagi tashabbus va chora-tadbirlarga jiddiy e’tibor bilan qarashi va ularni har 

tomonlama qo’llab-quvvatlashi lozim. Biz Markaziy Osiyo —dunyodagi aholi eng 

zich  joylashgan  mintaqalardan  biri  ekanini,  aholi  har  tomonlama  nochor,  tabiiy 

halokatlar  tez-tez  sodir  bo’lib  turadigan  sharoitda  istiqomat  qilishini  hech  qachon 

unutmasligimiz kerak"

1



Prezident  I.  A.  Karimov  tashabbuslari  natijasida  2006  yil  8  sentyabrda 

Semipalatinsk  shahrida  O’zbekiston,  Qozog’iston,  Qirg’iziston,  Tojikiston,  va 

Turkmaniston davlat rahbarlari tomonidan Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli 

zona  deb  e’lon  qilinganligi  haqidagi  shartnoma  imzolandi.  SHartnomaga  ko’ra 

tomonlar  yadro  qurolini  ishlab  chiqarishni,  sotib  olishni,  xududlariga 

joylashtirishni taqiqlash kabi majburiyatlarni o’z zimmalariga oldilar

2

. O’zbekiston 



tomoni mazkur shartnomani 2007 yil 2 aprelda ratifikatsiya qildi 

3

.  



                                                           

1

 Karimov I. A. Markaziy Osiyo – yadro qurolidan xoli zona» xalqaro konferensiyasida so’zlangan nutq, // Xavfsizlik va 



barqaror taraqqiyot yo’lida. – Toshkent: O’zbekiston, 1998. . 6-jild. – B. 356. 

2

 Xalq so’zi 2007 yil 3 aprel. 



3

 O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi. – 2007. – 

№ 4 (1372). – B. 9.  



 

36 


O’zbekiston 

Prezidenti 

I. 

A.  Karimov yeXHT  ning  Xelsinki  (1992 



yil),  Budapesht  (1994  yil),  Lissabon  (1996  yil),  Istambul  (1999  yil)  sammitida 

qatnashdi va nutqlarda qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Bular jumlasiga, 

Markaziy Osiyoda barqarorlikni mustahkamlash, mojarolarni bartaraf etish, qurol-

yaroq  kontrabandasiga  qarshi  kurashda yeXHT  ning  ishtirokini  kengaytirish, 

xalqaro Terrorizmga qarshi kurash markazini tashkil etish kabi masalalar kiradi. 

  1994  yilning  dekabr  oyida  Budapeshtda yeXHTga  a’zo  davlatlar 

boshliqlarning xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti ham bu 

nufuzli anjumanda ishtirok etdi. Butun dunyo ahli ko’z o’ngida ona sayyoramizda 

barqarorlikni hukm surishi uchun fidoyilik qilayotgan davlat rahbari sifatida keng 

jamoatchilikda ijobiy fikr uyg’otdi. 

  Ayniqsa,  O’zbekiston  Prezidentining  Budapesht  minbaridan  turib  aytgan 

ushbu  gapi  jahoniy  ahamiyatga  molik,  davr  qiyofasini  aks  ettirgani  bilan  ajralib 

turadi: «Bizningcha,  mojarolar  bo’layotgan  joylardagi  barcha  tinchlikparvarlik 

ishlari  faqatgina yeXHT  ning  mandati  bo’yicha  amalga  oshirmog’i  kerak. 

 

Nazarimizda  davlatlarning  umumiy  qirg’in  qurollarini  tarqatmaslik  va 



aytgan  bo’lardimki,  bu  qurollarning  sayyoramiz  bo’ylab  yoyilishiga  yo’l 

qo’ymaslik  yuzasidan  olgan  majburiyatlarga  qat’iy  rioya  etishga  e’tiborni 

kuchaytirish zarur…»

1



  Bu  o’rinda  O’zbekiston  Prezidenti  o’z  pozitsiyasini  aniq  tiniq  qilib  bayon 

etgandi. Ayniqsa, O’zbekistonga chegaradosh davlatlardagi ahvolni to’g’ri baholab 

shunday  degandi: «Afg’onistonda  davom  etayotgan  fuqarolar  urushi,  Tojikiston-

Afg’oniston  chegarasidagi  keskin  vaziyat  va  Tojikistonning  o’zidagi  notinchlikni 

hisobga  oladigan  bo’lsak,  hududimizga  ekstremizm  va  aqidaparastlikni  bostirib 

kirish  xavfiga  yo’l  qo’ymaslik  biz  uchun  –  hayotiy  ahamiyatga  egadir…»

2



O’zbekiston  davlati  rahbari  birgina  O’zbekistonni  emas,  balki  mintaqadagi 



mamlakatlarning  kelajagi  va  manfaati  yuzasidan  kelib  chiqib  so’zladi.  Qolaversa, 

                                                           

1

  Karimov  I.A.  Barqaror  tinchlik  va  o’zaro  manfaatli  hamkorlik  uchun.  yevropada  Xavfsizlik  va  hamkorlik 



kengashiga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Budapeshtda bo’lib o’tgan konferensiyasida so’zlangan nutq.// 

Bizdan ozod va obod vatan qolsin. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. 2-jild. – B. 157.

 

2

 Karimov I.A. Barqaror tinchlik va o’zaro manfaatli hamkorlik uchun. ... – B. 156. 




 

37 


Afg’onistondagi  urushga  jamoatchilik  fikrini  qaratdi.  yer  yuzida  tinchlikni 

saqlab  qolish  bevosita  Afg’oniston  masalasi  bilan  chambarchas  bog’liqligini 

ta’kidladi.  

  Tashkilotning  Lissabonda  bo’lgan  sammitida  mamlakatimiz  rahbari 

mintaqamizda  barqarorlikni  mustahkamlash,  mojarolarni  bartaraf  etish,  qurol-

yaroq  kontrabandasiga  qarshi  kurashda yeXHTning  ishtirokini  kengaytirishi 

taklifini  ilgari  surgan  edi.  Bu  taklif  sammit  so’ngida  qabul  qilingan  Lissabon 

deklaratsiyasida o’z ifodasini topdi


1996  yil  3-4  dekabrda  O’zbekiston  tashabbusi  bilan yeXHT  davlat  va 



hukumat  boshliqlarining  Lissabon  deklaratsiyasiga  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 

barqarorlikni  qo’llab-quvvatlash  hamda  mojarolarning  oldini  olishga  qaratilgan 

sa’y-harakatlarni  faollashtirish  haqidagi  band  kiritildi.  Jumladan  deklaratsiyada 

shunday  deyiladi: “ Biz yeXHT  da  Markaziy  Osiyo  davlatlarining  muhim  rol 

o’ynashini  ta’kidlaymiz.  Biz yeXHT  ning  bu  mintaqada  demokratik  tuzilmalarni 

rivojlantirish,  qonun  ustuvorligini  mustahkamlash,  barqarorlikni  qo’llab-

quvvatlash  va  nizolarni  oldini  olishga  qaratilgan  sa’y  –  harakatini  faollashtirish 

maqsadidamiz”


O’zbekiston  o’z  tarkibida  demokratik  davlatlarni  biriktirgan  NATO  kabi 



tashkilotlarning ahamiyatini ham to’g’ri baholab, uning nafaqat yevropa mintaqasi 

barqarorligini  saqlashga  xizmat  qilishi,  aksincha,  o’z  siyosiy  ustqurmasini 

mustahkamlashi  va  “Tinchlik  yo’lida  hamkorlik”  dasturi  doirasida yevropa 

mintahasida  ham  muhim  o’rin  tutishi  mumkinligiga  e’tibor  qaratdi.  O’zbekiston 

“Tinchlik yo’lida hamkorlik” dasturida ishtirok etar ekan, asosan o’z mustaqilligini 

mustahkamlash,  zamonaviy  xarbiy-texnik  imkoniyatlarini  qo’lga  kiritish,  harbiy 

kadrlar tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirishni maqsad qilib qo’yadi. 

O’zbekiston 

NATO 

faoliyatidagi 



barcha 

yirik 


tadbirlarda 

faol 


qatnashmoqda. "Tinchlik  yo’lida  hamkorlik"  dasturidagi  muvaffaqiyatli  ishtiroki 

                                                           

1

 Kubayev O. Maqsad- mintaqaviy xavfsizlik // Jamiyat va boshqaruv. – 2002. – 



№ 1. – B.70 

2

 YEXHT Oliy darajadagi Lissabon uchrashuvi. 1996 yilgi Lissabon  hujjatlari // Inson huquqlari bo’yicha xalqaro 



shartnomalar (to’plam) , Muharrir A. Saidov – Toshkent: Adolat, 2004. –  B. 451–480.

 



 

38 


esa  taqsinga  sazovor.  AQSH  tomoni  yaqinda  NATO  da  Janubiy  Kavkaz  va 

Markaziy Osiyo bo’yicha vakil tayinlaganini nazarda tutadigan bo’lsak, kelgusida 

bunday rejaning amalga oshishiga shubha qolmaydi.  

O’zbekiston  o’z  havfsizligini  mustahkamlash  maqsadida  ham  NATO  da 

ishtirok etishdan manfaatdor.   

Umuman yevropa va butun g’arb – bu yuqori texnologiya va investitsiyalar 

manbai,  zamonaviy  demokratiya  va  inson  huquqlari  ramzidir.  O’z  oldiga 

havfsizligi ta’minlangan, taraqqiy etgan davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan yosh 

O’zbekiston uchun bunday sheriklar bilan teng munosabatlarga kirishish, tabiiyki, 

beqiyos ahamiyat kasb etadi. 

1

 

Ta’kidlab  o’tganimizdek,  O’zbekiston  o’z  tashqi  aloqalarida  ko’p 



tomonlama  munosabatlar  barobarida  ikki  tomonlama  hamkorlikka  ham  tayanadi. 

Zero,  ikki  tomonlama  aloqalar  o’zaro  manfaatlarni  yorqinroq  his  etish,  bir-birini 

yaqindan  bilish  imkonini  beradiki,  bu  o’zaro  hamkorlikning  o’zoq  davom  etishi 

uchun mustahkam asos bo’lib xizmat qiladi. O’zbekistonnning Germaniya, Buyuk 

Britaniya, Fransiya, Belgiya, Portugaliya, Avstriya, Gretsiya, CHexiya, Slovakiya, 

Ruminiya  kabi  qator  mamlakatlar  bilan  o’rnatgan  to’g’ridan-to’g’ri  ikki 

tomonlama munosabatlari ham shundan dalolat berib turibdi.   

Respublikamiz  Prezidenti  Oliy  Majlis  Qonunchilik  palatasi  va  Senatining 

qo’shma  majlisida  so’zlagan  ma’ruzasida  “mustaqillikka  erishganimizdan  beri 

o’tgan  tarixan  qisqa  davr  ichida  mamlakatimiz  dunyo  hamjamiyatida  o’zining 

munosib  o’rin  egallaganligiga”

1

  alohida  urg’u  bergan  edi.  Bu,  birinchi  navbatda, 



xalqaro siyosiy maydonda olib borilayotgan har tomonlama puxta ishlangan tashqi 

siyosatimiz  bilan  bog’liqdir.  Mustaqillik  qo’lga  kiritilgan  dastlabki  kunlardanoq 

O’zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri mintaqaviy xavfsizlik 

va barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo’lib kelmoqda. 

                                                           

1

 Kubayev O. Maqsad – mintaqaviy 



ќavfsizlik. Jamiyat va boshqaruv. 2002y. 1-son. 71 bet. 

 

1



 Karimov I. A. Bizning bosh maksadimiz – jamiyatni demokralashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya 

va isloh etishdir... – B- 59 

 



 

39 


Markaziy 

Osiyo 


respublikalari  hamkorligi  doirasida  O’zbekiston  diniy 

ekstremizm,  xalqaro  terrorizm  va  narkobiznes  xavfini  o’zaro  birgalikda  bartaraf 

etish bo’yicha qator tashabbuslarni ilgari surib, ularni ro’yobga chiqarib kelmoqda. 

Jumladan, 2000 yil 21 aprelda Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Tojikiston va 

Qirg’iziston terrorizm, siyosiy va diniy ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik hamda 

tomonlarning barqarorligiga xavf tug’diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda 

hamkorlikda  harakat  qilish  haqida  shartnoma  imzolagani  ham  buning  isboti  bo’la 

oladi.   

O’zbekiston  Tashqi  ishlar  vazirligining  tashabbusi  bilan  1997  yil  14-15 

sentyabr  kunlari  tashkil  etilgan  “Markaziy  Osiyo  -  yadro  qurolidan  xoli  hudud” 

mavzusidagi  Xalqaro  konferensiyasi  ishida  jahondagi  56  davlat  va  16  xalqaro 

tashkilotning  vakolatli  vakillari  qatnashdi

1

.  Bular  orasida  BMT,  yeXHT,  NATO, 



Atom  energiyasi  bo’yicha  xalqaro  agentlik, “Islom  konferensiyasi”  Tashkiloti, 

Lotin  Amerikasida  yadro  qurolini  ta’qiklash  bo’yicha  agentlik  va  boshqa  xalqaro 

tuzilmalardir.  Ushbu  anjuman  ishida  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  doimiy 

a’zolari - yadro davlatlari hisoblanmish besh davlat vakillari faol qatnashdilar.  

O’zbekiston  tashabbusi  bilan  BMT  homiyligida  1995  yilda  Toshkentda 

Markaziy  Osiyoda  mintaqaviy  xavfsizlik  muammolari  bo’yicha  xalqaro  seminar 

muvaffaqiyatli o’tdi. Unda 20 ta xalqaro tashkilot vakillari, shuningdek dunyoning 

30  dan  ortiq  mamlakatidan,  jumladan  AQSH,  GFR,  Fransiya,  Rossiya,  Buyuk 

Britaniya,  YAponiya,  Xitoy,  Hindiston,  Pokiston,  Eron  va  boshqa  davlatlardan 

kelgan diplomatlar va hukumat vakillari qatnashdi

2



Turkmaniston  o’zining  betaraf  pozitsiyasini  ro’kach  kilib,  mintaqa  atrofida 



kechayotgan  asosiy  geosiyosiy  jarayonlardan  chetda  turishni  afzal  ko’rdi. 

Qirg’iziston  va  Tojikiston  ham  bir  necha  yillardan  buyon  mintaqa  atrofida 

kechayotgan  geosiyosiy  jarayonlar  sinovidan  o’tib  kelmoqda.  Tabiiyki, 

mintaqadagi  ayrim  davlatlarning  iqtisodiy  imkoniyatlari  va  siyosiy  holatlari 

                                                           

1

 YEXHT O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodn



ыy doklad za 2002 god o deyatelnosti OBSE. – S. 5.  

2

 Diniy  ekstremizm  va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari. O’quv qo’l. / Mas’ul muharrir A. 



Ochildiyev, - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2008.  – B. 200. 


 

40 


yetakchi  davlatlarning  doimiy  kuzatuvi  va 

diqqat 


markazidan 

o’rin 


olib 

kelmokda.  Ammo  O’zbekiston  o’z  tashqi  siyosiy  faoliyatni  mamlakat  milliy 

manfaatlarini inobatga olgan holda qat’iyat bilan mustaqil ravishda amalga oshirib 

kelmoqda.  

Tojikiston 1992 yil 2 martda barcha Markaziy Osiyo davlatlari qatori BMTga 

teng  huquqli  a’zo  davlat  sifatida  qabul  qilindi.  SHu  davrdan  BMT  va  Tojikiston 

o’rtasida  qizg’in  aloqalar  boshlandi.  BMT  Bosh  kotibi  Kofi  Annan  bu  haqida 

2002  yil  21  oktyabrida  Tojikiston  parlamentiga  qilgan  murojaatida  quyidagilarni 

ta’kidlagan  edi: “Tojikiston  va  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  ikki  tomon  ham 

g’ururlansa  arziydigan  mustahkam  va  sermahsul  hamkorlik  aloqalar  tajribasiga 

ega”

1

. SHuni  alohida ta’kidlash lozimki,  mazkur  aloqalar  asosan  BMTning 1992-



1997 yillarda ichki harbiy-siyosiy nizolar girdobida qolgan Tojikistonga yordami, 

milliy birlik va tinchlikni tiklashga ko’maklashishdan iborat bo’ldi

2

.  


O’zbekistonning  Afg’onistonga  qurol-yarog’lar yetkazib  berishni  qattiq 

ta’qiqlab qo’yish haqidagi taklifi BMTning Xavfsizlik Kengashida ko’rib chiqildi. 

Bu  esa  O’zbekiston  afg’on  muammosini  hal  qilishda  asosiy  tinchlik 

o’rnatuvchilardan  biri  sifatida  yuksak  xalqaro  obro’-e’tiborga  egaligidan  dalolat 

beradi.  Markaziy  Osiyo  hududida  geosiyosiy  o’ringa  ega  bo’lgan  O’zbekiston 

Respublikasi  doimiy  ravishda  Afg’onistonda  tinchlik  o’rnatilishini  va  qarama 

qarshilik  to’xtatilishini  amalda  istayotganligini  isbot  qilib  kelmoqda.  Jumladan, 

Afg’onistonga  qurol-yarog’ yetkazib  berishni  ta’qiqlash  haqidagi  O’zbekiston 

taklifi  BMT  Xavfsizlik  Kengashining  1996  yildagi  rezolyutsiyasi  bilan  qo’llab-

quvvatlandi. Afg’onistondagi vaziyat BMT Xavfsizlik Kengashida 1996 yilda ikki 

marta - 15 fevral va 22 oktyabrda muhokama qilindi. 1996 yil 22 oktyabrda qabul 

qilingan  BMT  rezolyutsiyasida,  xususan, “Afg’onistonning  ichki  ishlariga 

aralashmaslik  hamda  Afg’onistondagi 

mojaroda  qatnashayotgan  hamma 

                                                           

1

 Sotirov V. OON i Tadjikistan: Plodotvornoye vzaimodeystviye i sotrudnichestvo.// Tadjikistan i sovremenn



ыy mir. 

Vestnik, Dushanbe

, 2004, № 1, S.13  

2

 O’sha joyda. 




 

41 


tomonlarga  qurol-yarog’lar  va  o’q- dorilar yetkazib  berishning  oldini  olish 

muhimligi” ta’kidlanadi

1

.  


Evropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkilotining  faoliyati yevropada 

xavfsizlik  va  tinchlikni  ta’minlashga  qaratilgan.  yeXHT  nafaqat yevropa  balki 

umumjahon miqyosida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish, mintaqaviy 

va  yalpi  xavfsizlik,  iqtisod,  fan-texnika,  atrof-muhit  muhofazasi,  chegaralar 

daxlsizligini,  kuch  ishlatmaslik  va  tahdid  solmaslik,  mojarolarni  tinch  yo’l  bilan 

hal  etish  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  yirik  va  nufuzli  xalqaro  tuzilmadir. 

Aytish joizki, Afg’onistonda beqarorlikning saqlanib qolishi nafaqat mintaqa, balki 

yevropa xavfsizligiga ham tahdid solmoqda.  

1992 yil 30 yanvarida yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Kengashi (hozirgi 

yeXHK)  tashqi  ishlar  vazirlarining  Pragada  bo’lib  o’tgan  majlisida  O’zbekiston 

ushbu  xalqaro  tashkilotga  qabul  qilindi

2

.  1992 yil  26  fevralda  O’zbekiston 



Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  Finlyandiyaga  qilgan  rasmiy  safari  chog’ida 

yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Kengashining  Xelsinki  (1975  y.)  yakuniy 

aktiga  imzo  chekdi

3

.  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  tomonidan 



olib borilayotgan tashqi siyosiy faoliyat, xalqaro doiradagi munosabatlar yevropada 

Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining (EXHT) maqsad hamda qarashlariga ham mos 

keladi.  SHu  asosda  O’zbekiston  Respublikasining yeXHT  bilan  munosabatlari 

samarali rivojlanib bormoqda. Tadqiqotning ushbu bobida yevropada Xavfsizlik va 

Hamkorlik  Tashkiloti  Markaziy  Osiyodagi  barcha  mamlakatlar  bilan  ham  keng 

qamrovli hamkorlik aloqalarini olib borishligi aniq dalillar asosida ta’kidlab o’tilgan

4

.  


Markaziy  Osiyo  mamlakatlarining  mintaqa  xavfsizligini  ta’minlashdagi 

tashabbuslariga e’tibor bergan holda bevosita ularning boshqa xalqaro tashkilotlar 

bilan birgalikda amalga oshirgan ishlari ham ko’rsatish lozim. Ma’lumki, mintaqa 

va  dunyo  xavfsizlik  tizimini  ta’minlashda  SHanxay  hamkorlik  tashkiloti  (SHHT) 

                                                           

1

  Gafarli  M.  S.,  Kasayev  A.  CH.  Rivojlanishning  o’zbek  modeli:  tinchlik  va  barqarorlik  –  taraqqiyot  asosi.  – 



Toshkent: O’zbekiston,2001. – B. 77. 

2

 YEXHTning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yeje



godnыy doklad za 1992 o deyatelnosti OBSE. – S. 7. 

3

 



YEXHTning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1992 o deyatelnosti OBSE. – S. 7. 

4

  YEXHTning  insoniylik  mezonlari  bo’yicha  hujjatlari.  Ikkinchi  nashri.  Ma’sul  muharrir  yu.f.d.                 A. 



Saidov. – Toshkent, 2005. – B. 159. 


 

42 


faol  ish  olib  bormoqda.  Uning  bosh  vazifalaridan  biri  mintaqa  davlatlari 

bilan  hamkorlikda  xavfsizlikni  ta’minlashdir.  Bu  borada  O’zbekiston  poytaxti 

Toshkent  shahrida  joylashgan  SHHTning  mintaqaviy  aksilterror  tuzilmasi 

tomonidan amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, 2005 yilning 5 iyulidan 2006 yilning 

15  iyunigacha  SHHT  hududida  450  ta  terrorchilik  harakatining  oldi  olindi. 

Tashkilot  maxsus  xizmat  xodimlari  tomonidan  terrorchilik  tashkilotlarining  15 

nafar  rahbari  ushlandi  yoki  yo’q  qilingan. 400 nafar  jinoyatchi  ustida  qidiruv 

ishlari olib borilmoqda

1

.  


Markaziy  Osiyo  davlatlaridan  biri  Tojikistondagi  vaziyatga  ham  alohida 

e’tibor  qaratish  zarur.  Ma’lumki, 90 yillar  boshida  ushbu  mamlakatda  ichki 

vaziyatning  keskinlashuvi  natijasida,  1992  yil  noyabr  oyidagi  Tojikiston  Oliy 

Kengashining murojaatiga binoan MDH davlatlari unga insonparvarlik yordamini 

ko’rsata  boshladilar.  Natijada,  MDHga  a’zo  davlatlar  rahbarlarining  birgalikda 

qabul  qilgan  qaroriga  binoan  tojik-afg’on  chegarasi  hududiga  Rossiyaning  201-

diviziyasi chegarachilari kiritildi. SHu bilan birga Tojikistonda tinchlikni saqlash 

maqsadida  ushbu  respublika  hududiga  qo’shimcha  O’zbekiston,  Qozog’iston  va 

Qirg’iziston harbiy bo’linmalari kiritildi

2

.   



MDH ga a’zo davlatlar xavfsizlik va barqarorlikni saqlash borasida bir qator 

bitimlarni  imzolaganlar.  Jumladan,  MDH  davlatlari  ichki  ishlar  vazirliklarining 

Jinoyatchilikka  qarshi  kurash  doirasidagi  o’zaro  harakati  haqida  bitim  (1992  yil), 

Giyohvand  vositalar  va  psixotrop  moddalarining  noqonuniy  aylanmasi  bilan 

kurashda  hamkorlik  haqidagi  bitim  (1992),  Uyushgan  jinoyatchilik  bilan  kurash 

doirasidagi  o’zaro  harakat  haqidagi  bitim  (1994),  Transportdagi  jinoyatchilik 

bilan  kurashdagi  hamkorlik  haqidagi  bitim  va  boshqalar,  idoralararo  bitimlar 

toifasiga  kiradi.  Bu  turdagi  shartnomalar,  odatda,  tilga  olingan  jinoyatlarni  sodir 

etgan  shaxslar  haqida  ma’lumotlarni  ayirboshlash,  tayyorlanayotgan  va  sodir 

etilgan  jinoyatlar,  shuningdek,  ularni  sodir  etish  usullari  haqidagi  ma’lumotlarni 

                                                           

1

  

Po’latov A . O’zbekiston raisligi samarali bo’ldi .// Milliy tiklanish, 2011. 

2

 



YEXHT O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1992 god o deyatelnosti OBSE. – S. 10. 


 

43 


ayirboshlash,  tegishli  mutaxassislar  va  texnologiyalarni 

ayirboshlash 

va 

hokazolar bo’yicha hamkorlikni nazarda tutadi



1

SHunday  qilib,  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  barqarorlikni  ta’minlash 



yo’lida  O’zbekiston  Respublikasining  mintaqadagi  geosiyosiy  o’rni  va  mavjud 

muammolarni  bartaraf  etishdagi yetakchilik  roli  alohida  ko’rsatib  o’tish  lozim. 

SHu bilan birga Markaziy Osiyo davlatlarining nufuzli xalqaro tashkilotlar – BMT, 

yeXHT,  MDH  va  SHHT  bilan  birgalikda  mintaqada  xavfsizlik,  tinchlik  va 

barqarorlikni  qaror  toptirishdagi  tashabbuslari  muhim  ahamiyat  kasb  etganligi 

ta’kidlab o’tish zarur.    

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                           

1

 YEXHT O’zbekistondagi vak



olatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 1995 god o deyatelnosti OBSE. – S.8. 


 

44 



Download 425,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish