O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti



Download 425,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana13.01.2022
Hajmi425,61 Kb.
#355867
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
mintaqaviy xavfsizlikni taminlashda ozbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi

Tadqiqotning tuzilishi  va xajmi.

 Bitiruv malakaviy ishi kirish, uch paragraf, 

xulosa va adabiyotlar ruyxatidan iborat. Ishning xajmi  betdan iborat. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 



1. Markaziy Osiyo mintaqasida 



xavfsizlik  muammolarining ijtimoiy-

siyosiy xususiyatlari  

O’tmishda  Turonzamin  –  Movaraunnahr  –  Turkiston  –  O’rta  Osiyo  va 

Qozog’iston,  xozirda  esa  Markaziy  Osiyo  deb  nom  olgan  bu  ulkan  xududda  5 

mustaqil  davlat  mavjud  bo’lib,  ular  O’zbekiston,  Qozog’iston,  Qirg’iziston, 

Tojikiston va Turkmaniston davlatlaridir. 

Ularning xududi 4,4 mln kv. km  aholisi 55 mln dan ortiqdir.

1

 

Bu  davlatlarda  yuzdan  ortiq  millat  va  elat  vakillari  istiqomat  qilmoqda. 



Ularning  dini,  tili,  dili,  suvi,  havosi  bir  va yeri  tutash,  madaniyati,  urf-odatlari, 

an’analari bir-biriga yaqin. Ular nafaqat qo’shni balki qon qardosh bo’lib ketgan. 

Markaziy  Osiyo  kuchli  iqtisodiy  potensialga  ega  bo’lgan  mintaqa.  Katta 

miqdorda  ishchi  kuchi,  suv-energetika,  transport-kommunikatsiyasi  va yer 

resurslariga, tabiiy boylikka ega bo’lgan, SHarq bilan G’arbni bog’lovchi “Buyuk 

Ipak yo’li” ustida joylashgan va geostrategik jihatdan katta qulaylikka ega bo’lgan 

bu mintaqa dunyodagi rivojlangan davlatlarning diqqatini o’ziga tortmoqda.  

Katta  boylikka  ega  bo’lgan  bu  mintaqada  diniy  ekstremizm  va  xalqaro 

terrorizm havfi kuchayib bormoqda.  

Markaziy  Osiyo  davlatlari  orasida  aholisining  soni,  iqtisodiy,  ilmiy-

texnikaviy  va  intellektual  salohiyati  jihatidan,  hamda  mintaqa  havfsizligini 

ta’minlash,  diniy  ekstremizm,  xalqaro  terrorizm,  narkobiznesga  qarshi  kurash 

jihatidan O’zbekiston yetakchi o’rinni egallaydi.

2

 



Istiqlol tufayli O’zbekiston Mustaqil tashqi siyosat olib borish imkoniyatiga 

ega bo’ldi. Bu siyosat davlatimiz milliy manfaatlarining ustuvorligi, xalqaro huquq 

normalariga qat’iy rioya qilish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, 

xududiy  da’volar  qilmaslik,  nizoli  masalalarni  tinch  yo’l  bilan  hal  qilish, 

tajovuzkor  xarbiy  bloklarga  qo’shilmaslik,  yadro  quroliga  ega  bo’lmaslik  kabi 

tamoyillarga  asoslanadi.  SHu  tufayli  ham  O’zbekiston  Jaxon  Hamjamiyatida 

                                                           

1

 Abdullayev O.B, Nurullayeva N. O’zbekiston – Markaziy Osiyoda tinchlik tayanchi. Ilm sarchashmalari. 2002y. 2-



son. 26-27 betlar.  

2

 Markaziy Osiyo: kecha, bugun, ertaga. Ishonch. 2001y. 29 dekabr.  




 

o’zining 



munosib 

o’rnini 


egallab,  xalqaro  maydonda  katta  obro’-e’tiborga 

ega  bo’lmoqda.  Bugungi  kunda  Markaziy  Osiyoda  joylashgan  mamlakatlarni, 

demokratik,  huquqiy,  dunyoviy  taraqqiyot  yo’lidan  qaytarishga  urinayotgan  turli 

xil ekstremistik kuchlar va markazlar bu yerdagi havfsizlikka raxna solmoqda. 

Bu yovuz kuchlar diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikni mintaqamizga 

yoyishga urinmoqda.  

Giyoxvand moddalar va qurol-yarog’larni noqonuniy yo’llar bilan olib o’tish 

va  sotish  nafaqat  Markaziy  Osiyo  balki  butun  dunyo  havfsizligiga  jiddiy  taxdid 

solmoqda.  

XX  asrning  oxiri  –  XXI  asr  boshida  jahon  siyosiy  xaritasida  yuz  bergan  tub 

o’zgarishlar  Markaziy  Osiyoda  ham  keskin  o’zgarishlarga  olib  keldi.  Markaziy 

Osiyo  respublikalari  mustaqilikka  erishgandan  so’ng  mintaqa  xavfsizligi  va 

barqarorligiga  tahdidlar  ana  shu  geosiyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  bilan 

uzviy  bog’liq.  Bu  tahdidlar  bir  qancha  omillar  zanjiridan  iborat.  Tojikistondagi 

birodarkushlik  urushi,  Afg’onistondagi  nizolar,  terrorizm,  diniy  ekstremizm  va 

fundamentalizm  shular  jumlasidandir.  Mustaqillikka  erishgan  Markaziy  Osiyo 

davlatlarida turli siyosiy, iqtisodiy, harbiy va ekologiyaga oid ko’plab muammolar 

to’planib qolganligi sir emas. 

SHuning 

uchun 


ham 

Prezidentimiz 

I.A.Karimov 

BMT 


Bosh 

Assableyasining  48-50  sessiyalari  va  “Ming  yillik”  sammitida  so’zlagan  nutqida 

ilgari  surilgan  “Markaziy  Osiyoda  tinchlik  va  barqarorlikni  ta’minlash”, 

“Mintaqani yadro qurollaridan xoli zonaga aylantirish”, “Fuqarolar urushi olovida 

yonayotgan  qo’shni  Afg’onistonga  qurol-yarog’ yetkazib  berishni  to’xtatish”, 

“Mintaqalar  havfsizligini  barqaror  etish  orqali  dunyo  tinchligini  ta’minlash”, 

“Xalqaro  terrorizm  va  ekstremizmga  qarshi  hamkorlikda  kurashish”  kabi  muhim 

takliflari xalqaro jamoatchilik tomonidan qo’llab-quvvatlandi. 

1

  

Afg’onistondagi  notinchliklar  dunyo  hamda  Markaziy  Osiyo  mintaqasi 



xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi eng muhim omillardan biriga aylandi. 

                                                           

1

 «Terrorizmga qarshi kurashda birdam bo’laylik». Oliy Majlisning O’zbekiston xalqiga Murojaati. Xorazm 



ќaqiqati. 2001y. 8 dekabr.  


 

10 


SHu  sababga  ko’ra  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari 

tinch 


yo’l 

bilan 


Afg’onistonda  tinchlikni  o’rnatishdan  va  shu  orqali  mintaqada  xavfsizlikni 

ta’minlashdan va uzoq muddatli barqarorlikka erishishdan manfaatdorlar.  

Afg’onistonda  birodarkushlik  urushlari  23  yildan  ortiq  davom  etdi.  Bu 

mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi. Bundan 

tashqari  insoniyat  uchun  katta  havf  bo’lgan  giyohvand  moddalar yetishtirilardi. 

Dunyoda yetishtirilgan giyohvand moddaning 70 foizi Afg’onistonda yetishtiriladi. 

Bu  zaxarli  moddani  O’rta  Osiyo  orqali  dunyoga  tarqatishga  harakat  qilinilgan. 

O’zbekiston bunga qarshi keskin kurash olib borayapti. Markaziy Osiyoda tinchlik 

va  barqarorlikni  qaror  toptirish  havfsizlikni  ta’minlash  O’zbekiston  tashqi 

siyosatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. 

Tadqiqot  tahlili  shuni  ko’rsatadiki,  mintaqada  mavjud  muammolardan  yana 

biri  bu  hududda  yadro  va  yalpi  qirg’in  qurollarini  saqlamaslik,  sinovdan 

o’tkazmaslik  bilan  bog’liq  masalalar  hisoblanadi.  Bu  sohadagi  yutuq  va 

kashfiyotlarni sinab ko’rish davom etayotganligi mintaqa davlatlari mustaqilligi va 

barqarorligiga xavf solmoqda.  

Mintaqada  mavjud  bo’lgan  muammolardan  yana  biri  turli  mafkuraviy 

vositalar orqali mintaqaviy va davlatlararo mojarolar keltirib chiqarishga qaratilgan 

harakatlar bilan bog’liq. Buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko’rsatayotgan 

ba’zi  g’oyaviy  mafkuraviy  markazlar  o’zlariga  maqsad  qilib  olganlar.  Ular  bir 

davlat  hududidan  boshqa  mamlakatlarga  giyohvandlik  moddalari,  ta’qiqlangan 

adabiyotlar,  turli  qurol-yarog’  kabilarni  noqonuniy  tarzda  olib  o’tishiga 

urinmoqdalar. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg’oniston hududida turib, Markaziy 

Osiyo davlatlariga – O’zbekiston va Qirg’iziston hududiga, bu yerda yashayotgan 

xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini 

to’kishga intilmoqda. 

Mintaqadagi  barqarorlikka  tahdid  soluvchi  omillardan  yana  biri  narkobiznes 

hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida olingan ma’lumotlarga ko’ra 2000 yilda Rossiya 

qora bozoridagi narkotik moddalarning 60 % ini, yevropa qora bozoridagi narkotik 

moddalarning 80 % ga yaqinini, AQSH qora bozoridagi narkotik moddalarning 35 



 

11 


%  ni,  jahon  qora  bozoridagi  narkotik  moddalarning 

75 % ni 


afg’on 

zaminidagi    yetishtirilgan  narkotik  moddalar  tashkil  qilgan.  Afg’onistonda  1998 

yilda  300  ming  tonna, 1999 yilda  450  ming  tonna, 2000 yilda  700  ming  tonna 

opium yetishtirilgan, va ma’lumotlarga ko’ra shu yillarda yetishtirilgan opiumdan 

30 ming tonna geroin tayyorlash mumkin ekan

1



Mazkur  paragrafda  biz  mintaqa  xavfsizligiga  tahdid  solayotgan  omillardan 

biri  sifatida  Orol  muammosi  ham  nazardan  chetda  qoldirmadik.  Ma’lumotlarga 

ko’ra,  XX  asrning  60  –  yillarida  Orol  dengizining  suv  hajmi  1064  kub.km., 

chuqurligi  69  metrni  tashkil  qilgan  bo’lsa, 90 –  yillarning  boshlarida  suv  hajmi  

400  kub.km.ga  tushib  qolgan, chuqurligi  39  metrgacha  pasaygan.  Bugungi  kunda 

Orol dengizining tuzli changlari 200 kilometrgacha borib, har yili atmosferaga 15-

75  mln.  tonnagacha  chang  ko’tarilmoqda.  Orol  bo’yi  rayonlarida  520  kg  /ga 

sho’rlanish  to’g’ri  keladi

2

.  Mana  shu  dalillarning  o’zi  ham  bu  muammoni 



nechog’liq ulkan ekanligidan dalolat beradi.  

Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun g’oyat muhim bo’lgan yana bir muammo 

–  suv  zahiralaridan  oqilona  foydalanish  masalasi  hisoblanadi.  Zero,  suv  ta’minoti 

va  transchegaraviy  suv  zahiralaridan  foydalanish  ushbu  mintaqa  taraqqiyotiga 

to’siq bo’lib kelayotgan omillardan biridir. 

Tojikiston  va  Qirg’izistondagi  mavjud  gidroinshootlarning  energetika 

rejimida  ishlashi  tufayli  O’zbekistonda  Sirdaryo  havzasi  bo’yicha  suv  taqchilligi 

yiliga 2,5 kub kilometr, Amudaryo bo’yicha esa yilning qanday kelishiga qarab 1,5 

dan 3 kub kilometrgacha tashkil etmoqda

3

.   



SHuningdek,  mazkur  pragrafda  biz  mintaqa  davlatlarining  tashqi  siyosatida 

xavfsizlik va barqarorlik masalalari ham o’z e’tiborimizni qaratdik.  

 O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillik  yillarida  strategik  manfaatlarini 

takomillashtirib  borib,  dunyoda  va  ayniqsa,  Markaziy  Osiyo  mintaqasida 

                                                           

1

  YEXHTning  O’zbekistondagi  vakolatxonasi  Joriy  arxivi  (JA).  Informatsionn



ыy  byulleten  o  narkosituatsii 

sentralno-aziatskiy region. OSCE, 2005. – S. 2. 

2

 YEXHT


ning O’zbekistondagi vakolatxonasi JA. yejegodnыy doklad za 2000 god o deyatelnosti OBSE. – S. 11. 

           

3

 Isoqov B. “Suv bosimi” poydevorga darz yetkazadi...mi? // Mavrid, 2010 yil 6 may



, №11. – B. 5. 


 

12 


barqarorlikni  mustahkamlash  sohasida  xalqaro va  mintaqaviy  tashkilotlar bilan 

faol hamkorlikni yo’lga qo’ydi. 

Afg’oniston  muammosini  hal  etish  yo’lida  O’zbekiston  mustaqillikni 

dastlabki kunlaridan boshlab o’z tashqi siyosatida faol  ish olib borganligi ko’rsatib 

o’tilgan.  Jumladan, 1992 yil  13  oktyabrda  Toshkentda  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti I.A.Karimov va Afg’oniston Islom davlati rahbari Burhoniddin Rabboniy 

tomonidan  ikki  qo’shni  davlat  o’rtasida  diplomatik  munosabatlar  o’rnatish,  havo 

yo’llari ochish to’g’risidagi hujjatlar imzolangan

1



Markaziy  Osiyo  mintakasida  xavfsizlikni  ta’minlash  yo’lida  O’zbekiston 



Respublikasi  Prezidenti  I.A.Karimov  xalqaro  tashkilotlarning  yig’ilishlarida  qator 

tashabbuslarni  ilgari  surgan.  Jumladan,  bunday  tashabbuslar  BMT  Bosh 

Assambleyasining  48-sessiyasidagi  ma’ruzasida,  1994  yil  dekabrda yevropada 

Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti  (EXHT)ga

2

  a’zo  mamlakatlar  davlat 



boshliqlarining  Budapesht  sammitida, 1997 yil  22–25  sentyabridagi yeXHT 

Parlament  Assambleyaning  kengaytirilgan  “Markaziy  Osiyo  va  Kavkazda 

mintaqaviy xavfsizlik, siyosiy va iqtisodiy, ijtimoiy va insonparvarlik masalalari” 

mavzusida Toshkent shahrida bo’lib o’tgan xalqaro seminarida bayon etilgan

3



SHu  bilan  birga,  1999 yil  19-20  iyul  kunlari  O’zbekiston  hukumati 



tashabbusi  bilan  Afg’oniston  masalasi  bo’yicha  “6+2”  guruhi  uchrashuvining 

Toshkent  shahrida  bo’lib  o’tganligiga  va  uning  ahamiyatga  ega  tomonlariga 

alohida e’tibor berilgan

4



 Ko’p  yillar  davomida  cho’zilib  ketgan  Afg’on  muammosining  hal 

bo’layotganligi  dunyodagi yetakchi  davlatlar  va  xalqaro  tashkilotlarning  sa’y-

                                                           

1

 Karimov I.A. Afg’onistonda tinchlik va xavfsizlik uchun. –Toshkent: O’zbekiston Islom universiteti, 2002. – B. 5. 



2

  yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkiloti  (EXHT)  dastlab yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Kengashi 

(EXHK)  ko’rinishida  1975  yil  Finlyandiyaning  poytaxti  Xelsinki  shahrida  vujudga  kelgan.  Jahonda  sodir  bo’lgan 

siyosiy  o’zgarishlar  natijasida yeXHKning  1990  yil  Parij  sammitida  qabul  qilingan  “YAngi yevropa  uchun  Parij 

xartiyasi”  xujjatiga  ko’ra  zamon  talabidan  kelib  chiqqan  holda    yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Kengashi 

(EXHK)ni yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT)ga aylantirish haqida qaror qabul qilindi. 1996 yil 

Budapesht  sammitida yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Kengashi  (EXHK)  yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik 

Tashkiloti (EXHT)ga rasmiy ravishda aylantirildi.     

3

  YEXHTning  O’zbekistondagi  vakolatxonasi  JA.  Informatsionn



ыy  byulleten  o  obshestvenno-politicheskoy  

situatsii v sentralno-aziatskom regione.OSCE, 1997. – S. 7.

 

4

 Xalq so’zi. 2000 y 7 iyul. 




 

13 


harakatlari natijasi deb qarash lozim. Bu  harakatda O’zbekiston ham faol ishtirok 

qildi. 


O’zbekiston  Afg’on  muammosini  hal  qilish  uchun  xalqaro  maydonda  va 

mintaqada  o’ziga  bog’liq  bo’lgan  barcha  chora-tadbirlarni  amalga  oshirdi  va 

oshirmoqda.  

1997 yilda  O’zbekistonning  tashabbusi  bilan, Afg’oniston  muammosini  hal 

qilish  bo’yicha  6+2  guruhi  tuzilgan  edi.  Bu  Afg’oniston  bilan  chegaradosh  6  ta 

davlat  (Eron,  Pokiston,  Xitoy,  O’zbekiston,  Tojikiston,  Turkmaniston)  hamda 

Rossiya  va  AQSH.  Bu  davlatlarning  3  tasi  BMT  havfsizlik  kengashining  doimiy 

a’zosidir (Xitoy, Rossiya, AQSH). 

Bu  davlatlar  vakillari  bir  necha  marta  uchrashib  mazkur  masala  yuzasidan 

muzokaralar  o’tkazdilar.  Nuqtai-nazarlari  turlicha  bo’lishidan  qat’iy  nazar  bu 

davlatlar Afg’onistonda tinchlik o’rnatishni yoqlab chiqdilar.  

1999 yil 19 iyulda Toshkentda 6+2 guruxining uchrashuvi bo’lib o’tdi.  

Uchrashuvda  mamlakatimiz  rahbari  “Tinchlik  va  barqarorlik  –  mintaqamiz 

taraqqiyotining  bosh  omili”  mavzusida  nutq  so’zladi.  Bu  nutqning  asosiy 

yo’nalishi  Afg’on  mojarosini  faqat  tinch  yo’l  bilan  hal  etish  natijada  Osiyo 

qit’asining markazida tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratildi.  

Uchrashuv  yakuni  bo’yicha  “Afg’onistondagi  mojaroni  tinch  yo’l  bilan 

bartaraf  etish tamoyillari” haqidagi  Toshkent  deklaratsiyasi qabul qilindi. Mazkur 

deklaratsiya BMT ning rasmiy hujjatlari sifatida qabul qilindi. 

1

      



O’zbekiston  mustaqillikka  erishishi  bilan yadro  quroli  sinovlariga  va  ularni 

ishlab chiqarishga qarshi ekanligini ma’lum qildi.  

SHu  maqsadda  Markaziy  Osiyoni  yadrosiz  xududga  aylantirish  tashabbusi 

ilgari surildi.  

Prezidentimiz taklifi bilan 1997 yil 15-16 sentyabrda Toshkentda “Markaziy 

Osiyo yadro qurolidan xoli xudud” mavzusida xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Unda 

20  ta  xalqaro  tashkilot  va  jahonning  50  dan  ortiq,  jumladan  AQSH,  Germaniya, 

                                                           

1

 Karimov I.A. «Biz uchun xalqimiz, vatanimiz manfaatidan ulu



ђ maqsad yo’q». T. «O’zbekiston» 2002y. 20-22 

betlar. 



 

14 


Fransiya,  Rossiya,  YAponiya,  Xitoy,  Xindiston,  Pokiston,  Eron  va  boshqa 

davlatlarning diplomatiya xamda xukumat vakillari ishtirok etishdi.  

O’zbekistonning  Markaziy  Osiyoni  yadro  qurolidan  xoli  zonaga  aylantirish 

lozimligi  to’g’risidagi  tashabbusini  BMT  ning  havfsizlik  kengashi  qo’llab-

quvvatladi.       

1997  yil  9  dekabrda  BMT  Bosh  Assambleyasining  52  sessiyasi  “Markaziy 

Osiyoda  yadro  qurolidan  xoli  zona  yaratish”  haqida  rezolyutsiya  qabul  qildi.  Bu 

O’zbekiston tashqi siyosatining ulkan g’alabasi bo’ldi.  

O’zbekiston  Prezidentining  tashabbusi  va  faol  harakati  natijasida  Markaziy 

Osiyo  mamlakatlari  o’rtasida  xalqaro  terrorizmga,  diniy  ekstremizmga,  uyushgan 

jinoyatchilikka  qarshi  birgalikda  kurashish  to’g’risida  ikki  va  ko’p  tomonlama 

hamkorlik  yo’lga  qo’yilgan.  Prezidentimiz  BMT  ning  “Ming  yillik  sammiti”dagi 

nutqida  YUNESKO  Bosh  direktorining  mamlakatimizga  safari  davomida 

muzokaralarda,  yurtboshimizning  MDH  mamlakatlari  va  rivojlangan  davlatlar 

rahbarlari  bilan  uchrashuv  paytidagi  muzokaralarda  Markaziy  Osiyoda  tinchlik, 

barqarorlik  va  havfsizlikni  ta’minlash,  Afg’oniston  muammosini  tinch  yo’l  bilan 

hal  etish,  xalqaro  terrorizm  va  ekstremizmga,  giyohvandlik  kantrabandasiga  va 

uyushgan jinoyatchilikka qarshi hamkorlikda kurashish to’g’risida fikrlar bildirildi.  

2000 yilning 19-20 oktyabrda Toshkentda “Markaziy Osiyoda havfsizlik va 

barqarorlikni  mustahkamlash,  narkotik  moddalar,  uyushgan  jinoyatchilik  va 

terrorizmga  qarshi  kurashga  hamkorlikda  yondashuv”  nomli  xalqaro  anjuman 

bo’lib o’tdi. 

Anjuman  BMT  ning  narkotik  moddalar  nazorati  boshqarmasi  va yevropa 

havfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan o’tkazildi.  

Unda  67  mamlakat, 44 xalqaro  tashkilot  vakillari  qatnashdi.  Anjuman 

ishtirokchilari  Markaziy  Osiyoda  narkotiklarning  noqonuniy  savdosi,  uyushgan 

jinoyatchilik  va  terrorchilikka  qarshi  kurash  bo’yicha  hamkorlikning  ustuvor 

yo’nalishlarini  belgilab  oldilar.  Anjuman  xujjatida  Markaziy  Osiyo  davlatlari 

hamkorlikni  milliy,  xududiy  va  xalqaro  miqyoslarda  mustahkamlash  va 

muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.  




 

15 


Bundan  ko’zlangan  maqsad  –  narkotiklarning 

noqonuniy 

savdosi, 

uyushgan  jinoyatchilik,  terrorchilik  illatlari  va  ularning  o’zaro  chirmashib 

ketishining  oldini  olish,  nazorat  qilish  va  tag-tomiri  bilan  yo’q  qilishdan  iborat. 

Bunda inson huquqlari, qonun ustuvorligiga to’la rioya qilinadi. 

1

        


Tinchlik 

va 


hamkorlikka 

bag’ishlangan 

ko’plab 

uchrashuv 

va 

anjumanlarning 



Toshkent 

shaxrida 

o’tkazilayotganligi, 

Respublikamiz 

poytaxtining  dunyodagi  siyosiy  markazlardan  biriga  aylanib  borayotganligidan 

dalolatdir.  

Jahonning eng taraqqiy topgan mamlakatlari bilan yaqindan aloqa o’rnatish, 

yetakchi  xalqaro  iqtisodiy,  moliyaviy  hamda  insonparvarlik  tashkilotlari  bilan 

hamkorlikni  kuchaytirish  davlatimizning  jahon  hamjamiyatiga  keng  miqyosda 

integratsiyalashuvi mintaqada havfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.  

SHanxay  Hamkorligi  Tashkilotining  2002  yilda  Toshkent  shahrida  tashkil 

etilgan  Regional  Antiterroristik  tuzilmasi  (RATS)ni  MDH  va  SHHTga  a’zo 

davlatlarning janubiy hududlarida operativ vaziyatlarni tahlil qilish va terrorizmga 

qarshi samarali kurashishda tutgan o’rni ko’rsatib berilgan.  

Qozog’iston  Respublikasining  tashqi  siyosatida  ham  mamlakat  xavfsizligi 

qo’shni  respublikalar  va yetakchi  davlatlardagi  barqarorlik  bilan  uzviy 

bog’liqligiga  alohida  e’tibor  qaratilishi  ifodalangan.  Bu  haqda  Qozog’iston 

Respublikasi 

Prezidenti 

N.A. 


Nazarboyevninig 

“Tanqidiy 

o’n 

yillik” 


(Kriticheskiye  desyatiletiya)  nomli  asarida  shunday  fikr  bildirilgan: “Qozog’iston 

Milliy  xavfsizligi  Markaziy  Osiyo  mintaqasi  xavfsizligi  bilan  mustahkam  bog’liq 

bo’lishi  lozim.  Markaziy  Osiy  mintaqasi  xavfsizligini  Markaziy yevroosiyo 

xavfsizligini tashkil etuvchi sifatida qarash kerak. Markaziy yevroosiyo mintaqasi 

global xavfsizlik tizimining bir qismi bo’lgan yevroosiyo xavfsizligining bir qismi 

bo’lishi lozim”

1

.  


                                                           

1

 O’zbekiston tashabbusi – tinchlik. O’zbekiston ovozi. 2001y. 27 dekabr.  



1

  Mejdunarodn

ыy  terrorizm:  problemы  bezopasnosti  i  sotrudnichestva  stran sentralno-Aziatskogo  regiona. // 

Material


ы mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii Kыrgizskoy Respubliki.                   – Bishkek, 17 

fevralya 2006 g. – S. 41. 




 

16 


Markaziy 

Osiyo 


davlatlarining  ayrim 

davlat 


rahbarlari 

xavfsizlik 

masalasiga  panja  orasidan  qarab  keldilar,  ogohlantirishlarga  e’tiborsiz 

munosabatda  bo’ldilar.  Jumladan, 1992 yil  6  iyuldayoq  Moskvada  o’tkazilgan 

MDH  davlatlari  boshliqlarining  Kengashida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti 

I.A.  Karimov  Tojikistonda  yaqinlashib  kelayotgan  fuqarolar  urushi  haqida 

xavotirlanib  gapirgan  edi.  Tojikistonning  o’sha  vaqtdagi  rahbari  R.  Nabiyev 

O’zbekiston Prezidentining so’zlaridan og’rinib, “begona davlatda yuz berayotgan 

voqealar  bilan  Karimovning  ishi  bo’lmasin,  bu  biz  tojiklarning  ishimiz  va 

kulfatimiz” deb javob bergan edi

1



Turkmaniston  hukumatining  mintaqaviy  xavfsizlik  muammolariga  nisbatan 



befarq  munosabati  ushbu  davlatning  Tojikistondagi  mojarolarga  yondashuvida 

yaqqol  ko’zga  tashlandi.  Turkmaniston  hukumati  Tojikistonda  ro’y  bergan 

voqealarni  bu  mamlakatning  mutlaqo  ichki  ishi  deb  qarab,  MDHga  a’zo 

mamlakatlarning tinchlikparvar faoliyatlarida qatnashishdan bosh tortdi.  

Keyinchalik  Turkmanistonning  yangi  rahbariyati  terrorizm,  ekstremizm, 

narkotrafik  kabi  xavfsizlik  va  barqarorlikka  tahdidlar  umumiy  ekanligini,  bu 

tahdidlar hech qanday betaraf davlatlarni tan olmasligini to’g’ri anglab yetdi. SHu 

boisdan  Turkmaniston  hukumati  xalqaro  tashkilotlar  va  qo’shni  davlatlar  bilan 

xavfsizlik  borasida  faol  hamkorlik  qilmoqda.  Jumladan, 2011 yil  11  mayda 

Turkmaniston 

Prezidenti 

G. 


Berdimuhammedov 

rasmiy 


tashrif 

bilan 


O’zbekistonga  keldi  va  Prezident  I.A.Karimov  bilan  uchrashdi.  Uchrashuv 

chog’ida  O’zbekiston  va  Turkmaniston  BMT  va  boshqa  nufuzli  xalqaro 

tashkilotlar  doirasida  izchil  hamkorlik  qilib  kelayotgani,  mintaqaviy  va  xalqaro 

ahamiyatga  molik  muammolarga  yondashuvlari,  munosabatlari,  qarashlari 

o’xshash  va  yaqin  ekani  ta’kidlandi.  SHuningdek,  ikki  davlat  rahbari  terrorizm, 

ekstremizm,  uyushgan  jinoyatchilik, narkotrafik  kabi  tahdidlarga  qarshi kurashish 

borasidagi hamkorlikka doir masalalarni ham muhokama etdilar

2



                                                           

1

 Levitin L., Karlayl D. S.  Islom Karimov – yangi O’zbekiston Prezidenti. – Toshkent: O’zbekiston, 1996. – B. 17. 



2

 To’raqulov O. Do’stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish yo’lida.// Xalq so’zi 2001 yil, 6 may , 

№89. 



 

17 


Markaziy  Osiyo  davlatlari  o’z  mustaqilligiga  erishganlaridan  so’ng 

xavfsizlik va  barqarorlikni ta’minlash  ularning  har  biri  uchun birlamchi  masalaga 

aylandi.  Biroq,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  orasida  mintaqadagi  mavjud 

muammolarning yechimiga  nisbatan  bo’lgan  yondashuvlarda  yakdillik  mavjud 

emasligi  ham  ko’zga  tashlanmoqda.  Jumladan,  ekologiya  va  suv  muammolari 

borasida  Qirg’iziston  va  Tojikiston  qarashlari  O’zbekiston,  Qozog’iston  va 

Turkmaniston qarashlariga mos kelmaslik hollari  tahlil qilingan.   

 


Download 425,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish