O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti



Download 425,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana13.01.2022
Hajmi425,61 Kb.
#355867
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
mintaqaviy xavfsizlikni taminlashda ozbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi

 

Xulosa  

Markaziy  Osiyo  mintaqasida  xavfsizlik  va  barqarorlikni  taminlashda  xalqaro 

tashkilotlarning  rolini  kuzatishga,  aniqlashga  va  tahlil  etishga  bag’ishlab  olib 

borilgan  quyidagi xulosalarga kelingan: 

1.  Tadqiqot  natijalari  shuni  ko’rsatdiki,  Markaziy  Osiyoga  va  ushbu 

mintaqada  vujudga  kelgan  yosh  mustaqil  davlatlarning  tinch  osoyishta  yo’l  bilan 

barqarorlikka erishishlari  uchun to’siq bo’lishi mumkin bo’lgan bir qator omillar 

mavjud  ekanligi  aniqlandi.  Bunday  omillar  qatoriga  xalqaro  terrorizm,  diniy 

ekstremizm  va  fundamentalizm,  separatizm  hamda  mintaqa  genofondiga  salbiy 

ta’sir etuvchi ekologik muammolar kiradi.  

2.  Markaziy  Osiyo  mamlakatlari  mustaqillikning  dastlabki  kunlardanoq 

o’zlarining  tashqi  siyosiy  faoliyatini  belgilovchi  strategiya,  tamoyillar  va  ustivor 

yo’nalishlarini  ishlab  chiqdilar.  Tashqi  siyosiy  faoliyat  olib  borish  yo’lida  eng 

dolzarb va ustivor yo’nalishlardan biri sifatida esa mamlakat ichida hamda mintaqa 

miqyosida xavfsizlikni va barqarorlikni ta’minlash masalasi belgilandi.  

3.  Markaziy  Osiyo  xavfsizligi  va  barqarorligiga  tahdid  soluvchi  omillarga 

qarshi kurashish yo’lida ushbu mintaqada o’zining yetakchilik mavqei bilan ajralib 

turuvchi O’zbekiston Respublikasining o’rni alohida ahamiyat kasb etmoqda.  

4.  Tadqiqot  natijalari  shuni  ko’rsatadiki,  Markaziy  Osiyo  mintaqasiga 

nisbatan  mavjud  bo’lgan  tahdidlar  asosan  janubda  joylashgan  qo’shni  davlat 

Afgonistondan esmoqda. XIX asr bo’sag’asida ushbu davlatning xalqaro terrorizm 

markaziga  aylanishi  nafaqat  Markaziy  Osiyo  mamlakatlariga,  balki  jahon 

hamjamiyatiga ham tahdid solayotganligiga butun dunyo ahli guvoh bo’lmoqda.  

Markaziy Osiyo davlatlari va jumladan O’zbekiston Respublikasi o’zining bor 

imkoniyatlaridan  foydalangan  hamda  xalqaro  tashkilotlarni  jalb  etgan  holda 

Afgonistonda tinch yo’li bilan muammolar yechimini topish uchun o’z hissalarini 

qo’shmoqdalar.  

5.  Markaziy  Osiy  mintaqasida  mavjud  bo’lgan  dolzarb  muammolardan  biri 

sifatida  bu  hududda  yadro  va  yalpi  qirg’in  qurollarini  saqlamaslik,  sinovdan 



 

53 


o’tkazmaslik  bilan  bog’liq  masalalar  hisoblanadi.  Qo’shni  davlatlarda  bu 

sohadagi  yutuq  va  kashfiyotlarni  sinab  ko’rish  davom  etayotganligi  mintaqa 

davlatlari  mustaqilligi  va  barqarorligiga  xavf  solmoqda.  SHu  sababga  ko’ra 

O’zbekiston Respublikasi BMT bilan hamkorlikda, yadro qurolini batamom yo’qo-

tishni,  yadro  qurolini  tarqatmaslik  to’g’risidagi  shartnoma  samarali  amal  qilishini 

va muddatsiz uzaytirilishini yoqlab chiqmoqda.  

6.  Tadqiqot  jarayoni  shuni  ko’rsatdiki,  Markaziy  Osiyo  mintaqasining 

ijtimoiy-iqtisodiy  holatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillardan  biri  sifatida 

ekologik  muammo  ham  muhim  o’rin  tutadi.  Orol  dengizining  qurib  borishi 

mintaqada  ko’plab  ijtimoiy  va  iqtisodiy  muammolarni  keltirib  chiqarayotganini 

kuzatish  mumkin.  SHu  bois  ham  bu  jarayonda  yuzaga  kelgan  muammolarni 

bartaraf  etish  yo’lida  Markaziy  Osiyo  davlatlari  va  jumladan  O’zbekiston 

Respublikasi  BMT,  yeXHT,  MDX  va  SHHTlarining  mavjud  imkoniyatlaridan 

unumli  foydalangan  holda  vaziyatni  yumshatishga  harakat  qilib  kelayotganini 

ko’rishimiz mumkin.   

7.  Markaziy  Osiyo  respublikalari  mustaqillikka  erishgach  o’z  oldiga 

rivojlangan  mamlakatlar  tajribasiga  tayanib  dunyoviy  demokratik  davlat  qurish 

yo’lini tanlashdi. SHu sababga ko’ra bugungi kunda ushbu mintaqa davlatlarida bir 

vaqtning o’zida demokratik o’zgarishlar amalga oshirib kelinmoqda. Demokratiya 

prinsiplariga  rioya  qilish  va  inson  huquqlari  himoyasini  ta’minlash  masalalarida, 

Markaziy  Osiyo  mamlakatlariga  asosan  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti  hamda 

yevropada  Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkilotining  faol  ishtiroki  yaqqol  ko’zga 

tashlanadi.  

8.  Tarixdan  ma’lumki,  Markaziy  Osiyo  mintaqasida  joylashgan  xalqlarning 

tarixiy  ildizi,  dini,  madaniyati,  urf-  odatlari  va  qadriyatlari  bir-  biriga  yaqindir. 

Ammo shunga qaramasdan tashqi omillar ta’siri ostida mintaqa xalqlari o’rtasidagi 

nizolarni  chiqarib,  Markaziy  Osiyo  davlatlari  o’rtasida  siyosiy  va  millatlararo 

to’qnashuvlarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatlar yuz berdi. Bunday holatni 

Qirg’iziston  Respublikasining  O’sh  viloyatida  sodir  bo’lgan  voqealarda 

ko’rishimiz  mumkin.  Bunday  holatni  oldini  olish,  mintaqadagi  barqarorlikni 




 

54 


ta’minlashda 

xalqaro 


tashkilotlar  tomonidan  beg’araz  gumanitar  yordam 

qo’li uzatilganligi ko’plab misollarda o’z tasdig’ini topdi.       

SHunday  qilib,  Markaziy  Osiyoda  xavfsizlik  va  barqarorlikni  ta’minlashda 

xalqaro  tashkilotlar  va  O’zbekistonning  o’rni  beqiyos  ekanligini  guvohi  bo’ldik. 

Bunday tashkilotlar qatorida eng avvalo BMT, yeXHT, MDH va SHHTlari alohida 

o’rin  tutadi  va  ularning  har  biri  bilan  mintaqadagi  barcha  mamlakatlar  yaqin 

aloqalarni  amalga  oshirib  kelmoqdalar  va  kelgusida  bunday  aloqalarni  yanada 

rivojlantirish siyosatini olib bormoqdalar.  

SHu  bilan  birga  yuqorida  keltirilgan  xulosalarga  asoslangan  holda  Markaziy 

Osiyo  davlatlari  va  xalqaro  tashkilotlar  o’rtasidagi  hamkorlik  aloqalarini  yanada 

jadallashtirish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalar berilgan: 

-  mintaqa  xavfsizligi  va  barqarorligiga  tahdidlar  va  chaqiriqlar  mintaqaning 

har  bir  davlati  uchun  bir  xilda  ta’luqli  ekanligini  hisobga  olgan  holda  xalqaro 

tashkilotlarni  mintaqadagi  iqtisodiy,  ijtimoiy,  milliy,  demografik  muammolarga 

ayrim  mamlakatlar  manfaatlari  nuqtai  nazaridan  emas,  balki  butun  mintaqa 

manfaatlari nuqtai nazaridan yondoshishga chaqirish zarur; 

-  narkotrafik  va  narkobiznesga  qarshi  mintaqa  davlatlarining  barchasi  bor 

imkoniyatlari  darajasida  kurashishlarini  ta’minlashda  SHHT  salohiyatidan  yanada 

samarali foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi;   

-  mintaqaga  qo’shni  mamlakatlar  yadro  quroliga  ega  bo’lganligi  va  shunga 

harakat qilayotganliklarini inobatga olib, yadro qurolini tarqatilishi ustidan xalqaro 

nazoratni  yanada  kuchaytirish  masalasida  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlik 

aloqalarini kengaytirish zarur deb hisoblanadi; 

-  Markaziy  Osiyoda  suv  resurslari va  transchegaraviy  daryolarning  taqsimoti 

masalasi  mintaqadagi  vaziyatni  keskinlashtirishi  ehtimolidan  kelib  chiqib,  bu 

muammoga  ikki  qutbli  qarashlarni  bartaraf  etish,  jahon  hamjamiyatda  ushbu 

muammoga nisbatan xolis fikrlarni shakllantirish maqsadga muvofiq. 

- Markaziy Osiyo mamlakatlarida demokratik va tarixiy o’zgarishlarni amalga 

oshirish  hamda  ekologik  muammolarni  bartaraf  etish  jarayonlarida yevropada 



 

55 


Xavfsizlik  va  Hamkorlik  Tashkilotining  amaliy  yordamlarini  maxsus  dasturlar 

asosida amalga oshirilsa aniq maqsadlarga erishish imkonini yaratadi; 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 


 

56 



Download 425,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish