O’qituvchi dars paytida 7-sinf o’quvchisi tirnoq o’stirib, labiga bo’yoq
surtib kelganligini ko’rib qolib, qattiq koyib ketdi: “Ota-onasining ko’zi qayerda
ekan, qizini shu ahvolga tashlab qo’ygan, bu qizni maqsadini tushunib turibman,
bu yerga o’qish uchun kelmagan! Hoziroq direktorga olib borib, onasini chaqirtirib
sharmanda qilaman”, - deb sinf jamoasi oldida g’azablangan holda chiqi ketdi. Qiz
bola yig’lagan holda palto va bosh kiyimini kiymasdan tashqariga o’qday otilib,
chiqib ketdi...
Bu vaziyatda o’qituvchining xatti-harakatini baholang:
1.
O’qituvchi qanday yo’l tutishi kerak edi?
2.
Darsda bunday muammoli vaziyatlar
chiqishiga kim sabab deb
o’ylaysiz?
3.
O’qituvchining pedagogik etikasiga baho bering.
Do'stlaringiz bilan baham: